NAZORAT VA TOPSHIRIQ UCHUN SAVOLLAR:
Xo‗jalik rahbarining mehnat muhofazasini ta‘minlashga vazifasi nima?
Mehnat muhofazasi uchun mablag‗ qanday ajaratiladi va nimaga asosan?
Bosh energetik vazifasi nimadan iborat?
Mehnat xavfsizligi me‘yoriy-axbarot nima?
Davolash va sog‗lig‗ini ta‘minlash tadbirlari nima?
Tibbiy ko‗rik nima va u qachon o‗tkaziladi?
Mavzu: XAVFSIZLIK ISHLARINI TASHKIL ETISH.
Mashg„ulot maqsadi: Talabalarga xavfsizlik ishlarini tashkil etish, mutaxassis va rahbar shaxslarning huquq va vazifasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi va boshqa meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq mehnat xavfsizligini ta‘minlash uchun yo‘riqnoma tuzish, o‘tkazish va uni rasmiylashtirish tartibini o‘rgatish, Baxtsiz hodiasalar bo‗yicha tekshiruv o‗tkazish, hisobga olish va hisobot berish.
Mehnat xavfsizligi bo‗yicha tashkiliy va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va joriy qilishni, uning umumiy kompleksini boshqarish, shuningdek mehnat xavfsizligi bo‗yicha qoida va me‘yorlarga rioya hamda nazorat qilishni va mehnat qonunchiligini maxsus xizmat organlari olib boradi.
Respublika Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi qoshida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi guruhi ish olib boradi. Tumanlarda qishloq xo‗jaligi boshqarmalarida - mehnat muhofazasiga va texnika xavfsizligiga katta muhandislar, davlat korxonalari va jamoa xo‗jaliklarida texnika xavfsizligiga katta muhandislar javob beradilar. O‗zbekiston Respublikasi mehnat muhofazasi qonuniga asosan davlat
korxonalari va jamoa xo‗jaliklarida shtat ro‗yxati bo‗yicha texnika xavfsizligi va yong‗in xavfsizligi bo‗yicha katta muhandis lavozimi tayinlanadi. Agar xo‗jalikda ishchilar soni 50 dan ortiq bo‗lsa va ular xizmat ko‗rsatayotgan transport vositalari 50 dan ortiq bo‗lsa, yo‗l harakati xavfsizligi xizmati tashkil qilinadi. Xo‗jaliklarda shtat asosida texnika xavfsizligi bo‗yicha muhandisni ishga olish mumkin bo‗lmasa, u holda texnik xavfsizlik ishlarini va ular ko‗radigan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi bosh mutaxassislarning biri zimmasiga buyruq bilan yuklanadi. Mehnat xavfsizligi bo‗yicha ishlab chiqarish uchastkalari va xo‗jalikdagi javobgar shaxslarni asosiy ish yo‗nalishlari berilgan.
1. Tashkiliy ishlar
|
|
|
Mehnat xavfsizligi bo‗yicha ishlarning
asosiy yo‗nalishi
|
|
|
4. Mehnat xavfsizligi
holatini nazorat qilish
|
|
|
v. Ma‘muriyat
|
Yuqoridaga chizmada mehnatni muhofaza qilishining asosiy to‗rt yo‗nalishi bayon etilgan. Har bir yo‗nalishga qanday asosiy masalalar kirgani quyida keltirilgan:
Tashkiliy ishlarga - yo‗l-yo‗riqlar berish, ishchilarni maxsus kiyimlar va shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta‘minlash, ishlab chiqarish uchastkalarini va yong‗indan xavfli joylarni birlamchi o‗t o‗chirish vositalari bilan ta‘minlash, mehnat xavfsizligi bo‗yicha reja va tadbirlarni ishlab chiqish, xavfsiz mehnat bo‗yicha o‗qish kurslarini tashkil qilish, texnika xavfsizligi bo‗yicha ishchilarni attestatsiyadan o‗tkazish, uchastkalar va xavfli ish turlari joylarida javobgarlikni taqsimlanishi, texnika xavfsizligi bo‗yicha xona va burchaklarni tashkil qilish, texnika xavfsizligi bo‗yicha yozuv va ogohlantiruvchi belgilarni osib qo‗yish, xo‗jalikdagi barcha yo‗llarga yo‗l harakati belgilarini o‗rnatish, mehnat sharoitlarini pasportizatsiya qilish, baxtsiz hodisalarni tekshirish, jarohatlanish va kasalliklar sababini tahlil qilishlar kiradi.
Ish sharoitlarini yaxshilashga - xonalarning isitilishini yaxshilash, namlikni, yoritilganlikni me‘yorlashtarish, elvizaklarni yo‗qotish, xonalardagi zararli gazlar miqdorini kamaytirish, changishini oldini olish, shovqnin va titrashlarni kamaytirishlar kiradi.
Texnika xavfsizligini takomillashtirishga - to‗siqlarni yaxshilash, himoyalovchi vositalar, avtomatik signalizatsiya va blokirovkalarni o‗rnatish, qozonxonalar va yuk ko‗taradigan mexanizmlar sinovini va hujjatlashtirishni vaqti-vaqtida o‗tkazish, elektr qurilmalarni erga ulash holatini vaqtida nazorat qilish; asbob va uskunalarning sozligi va holatini tekshirish, mashina va mexanizmlarning ishlashini ko‗zatish va shaxsiy himoya vositalari bilan mustaxkam ta‘minlash kiradi.
5. Mehnat xavfsizligi holatini nazorat qilish uch yo‗nalish bo‗yicha olib boriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |