O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet8/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja
O‟TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALLARI

  1. Maruzalar matni



Mavzu: KIRISH.TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGINING NAZARIY


ASOSLARI


Reja:


  1. Texnologik jarayonlar xavfsizligining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va mazmuni;

  2. Fanning asosiy tushuncha, atama va aniqlashlar;

  3. Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitini yaratishning asosiy yo‘llari;

  4. Xalq xo‘jalik texnologik jarayonlaridagi ish sharoitlarini asosiy xususiyatlari.



Tayanch iboralar: Ergonomika, mehnatfiziologiyasi, mehnatgigiyenasi, mehnatkodeksi, xavf- xatar, xavflartaksonomiyasi, xvflarro‘yxati, xavflarkvantifikatsiyasi, sababvaoqibatlar, Odam-texnika- muhit» tizimi, aprior, aposterior

Inson hayotining xavfsizligini ta‘minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bog‘liq. Bu hozirgi vaqtda ilmiy–texnik taraqqiyot keltirib chiqargan murakkab muammolarni har tomonlama yechishni, katta miqdorda mablag‘ va ishlab chiqarishning yuqori madaniyatini talab qiladigan muammodir. Bu esa faqat iqtisodiy qudratli, kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlatning qo‘lidan keladi. Boshqa tomondan xavfsizlik muammolarining yechimi jamiyatning barcha a‘zolarining faol ishtirokini, yuqori fuqarolik ongini, ayrim hollarda jamiyat, kelajak avlod manfaati uchun, shaxsiy manfaatlardan kechishini talab qiladi. Bu esa jamiyat a‘zolaridan yuksak madaniyatli va kuchli ma‘naviyatlikni talab qiladi. Bu tamoyillarning yechimi chuqur tahlil qilingan va tashkil qilingan uzluksiz, ya‘ni ta‘limning barcha o‘timlarini qamrab olgan ta‘lim va tarbiya tizimlaridagina mumkin.


Xavfsizlikni ta‘minlash ruhida o‘qitish va tarbiyalash ayniqsa texnik o‘quv yurtlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki yangi texnika va texnologiyalarni bo‘lg‘usi yaratuvchilarini va ishlab chiqarish rahbarlarini shu ruhda tarbiyalash ushbu muammoni samarali bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.
Bo‘lg‘usi mutaxassislarni shakllantirishdan asosiy maqsad har qanday muhandislik masalasini hal qilishda, bu ilmiy izlanish bo‘ladimi, loyiha–konstruktorlik ishi bo‘ladimi, ishlab chiqarishning tashkiliy va boshqaruv masalasi bo‘ladimi asosiy tamoyil–inson salomatligi va hayotini muhofaza qilish ekanligini unutmaslikdir.
Inson xavfsizligini ta‘minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda o‘z dolzarbligini ko‘rsatadi. Chunki zamonaviy korxonalarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir korxonaning o‘zida turli–tuman va tez o‘zgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qo‘llanilmoqda. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga maxsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zo‘riqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Texnologik jarayonning murakkabligi, texnologik rejimlarga bo‘lgan talablarning yuqoriligi mehnat muhofazasi tadbirlariga bo‘lgan talablarining ortib borishini talab qilmoqda. Ishlab chiqarish xavfsizligi muammolarini o‘rganish uslubiy jihatdan murakkablashib, aktuallashib boryapti.
―Mehnat muhofazasi‖ kursi ijtimoiy–huquqiy–maqsadlarni o‘z ichiga olgan muxandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy–mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, ergonomika, muhandislik, sanoat estetikasi va boshqa fanlardan tashkil topgandir.
Bu fanning metodologik asosi–mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo‘ladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Bu tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi,
ularni oldini olish va yo‘qotish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalalarni hammasi o‘zaro bog‘langan holda, kelajak rejalarni hisobga olgan holda ko‘riladi.
―Texnologik jarayonlar xavfsizli‖ kursi besh bo‘limdan iborat: mehnat muhofazasining nazariy asoslari, mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari, mehnat gigiyenasi va sanoat sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in va portlash xavfsizligini ta‘minlash.
―Texnologik jarayonlar xavfsizli‖ kursining maqsadi – mehnat xavfsizligining muhandislik va ilmiy asoslarini biladigan, xavfli vaziyatlar tug‘ilganda ularni amalda qo‘llay oladigan, mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, jarohatlarni, kasbiy kasallik, avariya, yong‘in va portlashlarning oldini ola biladigan bakalavr kadrlar tayyorlashdir.
Kursning vazifasi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, ularning inson sog‘ligiga ta‘siri va mazkur xavfli moddalarni o‘lchash va tadqiq qilishning zamonaviy usullari va ulardan samarali himoyalanish tadbirlarini o‘rganishdan iboratdir. Shu bilan birga ―Texnologik jarayonlar xavfsizli‖ ijtimoiy fan ham hisoblanadi, chunki mehnat sharoiti aksariyat hollarda kollektivning mehnat intizomini, kadrlar qo‘nimini, jamoadagi ruhiy iqlimni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ifodalovchi omildir. Ma‘lumki inson hayoti asosan texnosferada (ishlab chiqarish zonasi) yoki atrof tabiiy muhit (yashash muhiti)da kechadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligining ilmiy nazariyasi yashash muhiti, faoliyat,
xavf, tavakkal va xavfsizlik kabi tushunchalar bilan bog‘liq.
Odamning hayotiy faoliyati uning yashash muhiti bilan chambarchas bog‘liqdir. Hayotiy faoliyat jarayonida odam va uni o‘rab turgan muhit doimo bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib ―Odam - yashash muhiti‖ sistemasini tashkil qiladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish