Portlash chegaralari
Gaz va bug‘larning havo bilan aralashmasining yonish va portlash havfi, alanganing tarqalish tezligi, chaqnash, alangalanish, o‘z-o‘zidan alangalanish haroratidan tashqari ularning havodagi konsentrasiya chegarasi (gaz va bug‘lar uchun) hamda harorat chegarasi (bug‘lar uchun) bilan xarakterlanadi.
Portlashning kosentrasiya chegarasi deb yopiq tigel ichida yonuvchi gaz va bug‘larning havodagi miqdori tashqi alanga ta‘siri ostida alangalanib keta oladigan miqdorga aytiladi.
Havo bilan to‘ldirilgan berk idish olib, unga ma‘lum miqdorda yonuvchi gaz yoki bug‘ qo‘shib boramiz va har gal uni yoqib ko‘ramiz. Bu gazning miqdori (foizlarda yoki og‘irlik konsentrasiyasida) kam bo‘lganda alangalanmaydi, ya‘ni idish ichidagi bosim atmosfera bosimiga tengligicha qolaveradi. 46-rasmda ordinata o‘qlarida yonuvchi gazning yoki bug‘ning idish ichidagi konsentrasiyasi, abssissa bo‘yicha portlash bosimi ko‘rsatilgan.
Yonuvchi gaz va bug‘larning portlash konsentrasiyasi chegaralari. A-portlashning pastki chegarasi; B-portlashning yuqori chegarasi
Yonuvchi moddaning konsentrasiyasi oshirib borilishi natijasida shunday holat yuzaga keladiki, bunda aralashma kuchsiz portlaydi (rasmda ―A‖ nuqtasi). Yopiq idish ichida yonuvchi gaz yoki bug‘ning havo bilan aralashmasining yondirilganda portlash paydo qiladigan minimal qiymati portlashning pastki chegarasi deb ataladi. Idish ichiga berilayotgan gaz yoki bug‘ning konsentrasiyasi yana oshira borilsa, portlash kuchi orta boradi va biror maksimal qiymatga erishadi. Konsentrasiyaning yanada oshib borishi endi portlash kuchini oshirmay, balki pasaytiradi va asta-sekin so‘na boshlaydi va ma‘lum konsentrasiyada esa butunlay to‘xtaydi (―B‖ nuqta).
Yopiq idish ichida yonuvchi gaz yoki bug‘ning havo bilan aralashmasining, yondirilganda portlaydigan maksimal qiymati portlashning yuqori chegarasi deb ataladi.
Portlashning pastki va yuqori chegaralari orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, moddaning portlash havfi shuncha yuqori bo‘ladi.
Har bir yonuvchi moddaning bug‘lari va gazlari, hamda changlar o‘zlarining pastki va yuqorigi portlash chegaralari qiymatlariga ega.
Yonuvchi changlar va tolalar, ularning pastki portlash chegarasi 65 g/m3 dan past bo‘lsa, portlash havfi mavjud hisoblanadi. Agar uning pastki portlash chegarasi 65 g/m3dan yuqori bo‘lsa ular yong‘in havfi bo‘lgan changlar hisoblanadi.
Suyuqliklar bug‘lari uchun ham portlashning harorat chegaralari pastki va yuqorigi qiymatlarga egadir.
Portlashning pastki harorat chegarasi deb, yopiq idish ichidagi, suyuqlikning to‘yingan bug‘larning tashqi manba ta‘sirida alanga olishi mumkin bo‘lgan eng pastki harorat tushuniladi.
Portlashning yuqorigi harorat chegarasi deb, yopiq idish ichidagi suyuqlikning to‘yingan bug‘larining tashqi manba ta‘sirida alanga olishi mumkin bo‘lgan eng pastki harorat tushuniladi.
Portlashgning yuqorigi harorat chegarasi deb, yopiq idish ichidagi suyuqlikning to‘yingan bug‘larining tashqi manba ta‘sirida alanga olishi mumkin bo‘lgan eng yuqorigi harorat tushiniladi.
Yonuvchi suyuqliklarning gaz va bug‘larining havo bilan aralashmasini yuqorida ko‘rsatilgan chegaralardan tashqari qiymatlarida hyech qanday manba bilan alangalatib bo‘lmaydi. Masalan: aseton to‘yingan bug‘lari uchun portlashning pastki harorat chegarasi -200S, yuqorigisi – 70S, serouglerod uchun tegishlicha – 140S va – 70S.
Do'stlaringiz bilan baham: |