Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari:
Dastgoh elektr tarmog‘idan o‘chiriladi.
Ilmoq va cho‘tka yordamida dastgoh qirindidan tozalanadi.
Dastgohning ishqalanuvchi bazalari artib tozalanadi va ularga yupqa qilib moy surtiladi.
Asboblar, moslamalar va kerakli asboblar tozalanadi va shkafdagi joy-joyiga qo‘yiladi.
Qirindi va ishlatib bo‘lingan artish metariallari maxsus yashiklarga solib qo‘yiladi.
NAZORAT VA TOPSHIRIQ SAVOLLARI:
Chilangarlik ishlarida texnika xavfsizligi qoidalari haqida so‘zlab bering.
Chilangarlik dastgohlarining tuzilishini ayting.
Qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida so‘zlab bering.
O‘lchash va rejalash asboblarining qanaqangi turlarini bilasiz?
Mavzu: TOKARLIK GURUXIDAGI DASTGOHLARIDA MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIK JARAYONLARIDA XAVFSIZLIK CHORALARINI O‟RGANISH
Mashg„ulot maqsadi: Talabalarga tokarlik guruxidagi dastgohlarida mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarida xavfsizlik choralarini o‘rgatish.
Tokarlik vintqirqish dastgohlari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Bu dastgohlarda sirtqi silindrik, konusaviy va shakldor yuzalar yo‘nish; silindrik va konusaviy teshiklarni yo‘nib kengaytirish; tores yuzalarni yo‘nish; sirtqi va ichki rezbalar qirqish; teshiklar parmalash, zenkerlash, va razvyortkalash; zagotovkalarni qirqib tushirish, u qisman kesish va boshqa ishlar bajarish mumkin.
Hozirgi vaqtda tokar vintqirqish dastgohlarining bir necha rusumlari mavjud bo‘lib, 1D62M; 1D63-A; 1A62; 163; 1K62; 16K20 shular jumlasidandir. Tajriba ishlarida ko‘proq 1K62 rusumli dastgohdan foydalaniladi. Bu dastgohlarning asosiy parametrlari ishlov beriladigan zagotovkaning staninadan yuqoridagi eng katta diametri va stanok markazlari orasidagi eng katta masofadir, bu masofa ishlov beriladigan detalning maksimal uzunligini belgilaylaydi.
1K62 rusumli dastgohda (1- rasm) tashqi diametri 400 mm gacha bo‘lgan zagotovkalarning sirtqi silindrik, konus shaklidagi va shakldor yuzalarini yo‘nish, tores yuzalarini yo‘nish, sirtqi va ichki rezbalar qirqish, teshiklarini yo‘nib kengaytirish, parmalash, zenkerlash va razvyortkalash kabi ishlarni bajarish mumkin.
1- rasm. 1K62 rusumli tokar vint-qirqish dastgohining umumiy ko‘rinishi.
A-oldingi babka (shpindel babkasi); B-support; V-ketingi babka; G-fartuk; D-stanina; Ye-surishlar qutisi; 1, 4-shpindelning aylanish tezliklarini o‘zgartirish dastaklari; 2-qirqiladigan rezba qadamini oshirish zvenosiniqayta ulash qulog‘i; 3-o‘naqay va chapaqay rezbalar qirqishda reversni boshqarish qulog‘i; 5-supportni bo‘ylama yo‘nalishda dastaki surish chambaragi; 6-fartukning reykaviy shesternyasini ulash va ajratish polzunogi; 7-supportni ko‘ndalang yo‘nalishda qo‘lda surish dastasi; 8-elektrodvigatelni asosiy boshqarish knopkalari; 9-supportni yuqorigiqismini qo‘lda siljitish dastasi; 10-supportni jadal siljitish knopkasi; 11-supportni bo‘ylama va ko‘ndalang surish, to‘xtatish va revers (surish yo‘nalishini o‘zgartirish) dastasi; 12,14-shpindelni aylantirish, to‘xtatish va reverslash
(aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish) dastalari; aylantirish,; 13-fartukdagi asosiy gaykani (surish vinti gaykasi) ishga solish dastasi; 15,16-surishlar qutisini boshqarish dastalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |