O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet208/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan tisklari. Chilangarlikda metallarni sovuqlayin ishlashda materiallarni tez va puxta mahkamlash (qotirish) imkonini beradigan tutqich moslamalardan biri - tiskilardan foydalaniladi. Chilangarlik tiskilari zagotovkalarning turi va o‘lchamlariga, ularga ishlov berish usullariga, tayyorlanadigan buyum yoki detalning shakl va o‘lchamlariga qarab har xil bo‘ladi.

1-rasm. Chilangarlik tiskisi.


Parallel tiskilar (1-rasm). Bu tiskilarning parallel deb atalishiga sabab shuki, ularning qo‘zg‘aluvchi lari qo‘zg‘almas jag‘lariga nisbatan parallel ravishda siljiydi. Parallel tiskilar burilma, burilmas va strubsiiali tiskilarga bo‘linadi. Parallel to‘g‘ri jag‘lari kul rang cho‘yandan quyilgan bo‘lib, ularga detal yoki zagotovkalarii siljitmasdan maxkam tutib turish imkonini beradigan taram-taram kertmakli toblangan po‘lat qistirmalar o‘rnatiladi. Tayyor detal va buyumlarni pardozlashda po‘lat qistirmalarning kertmaklari buyum sirtida iz qoldirmasligi, sirtning sifatini buzib qo‘ymasligini ta‘minlash uchun tiski jag‘lariga alyuminiy, mis, jiz kabi yumshoq materiallardan tayyorlangan qo‘shimcha qistirma plastinkalar qoplanadi.


Metallarga ishlov berishda parallel tiskilardan sandon sifatida foydalanmaslik, tiski jag‘lari ustida bolg‘alash ishlarini qilmaslik kerak. Aks holda po‘lat qistirmalarni tutib turuvchi vintlar uzilishi, jag‘lar sinib ketishi mumkin. Parallel tiskilar dastgohlarga ikkita yoki uchta bolt bilan qotirib qo‘yiladi. Ularni dastgohga o‘rnatishda qo‘zg‘almas jag‘larini dastgohning qirg‘og‘iga moslab yoki undan biror santimetr o‘tkazib qotirish kerak. Bu hol uzun o‘lchamli ensiz zagotovkalarni dastgohdan pastga tushirib o‘rnatish imkonini beradi. Burilma tiskilar doira taglikka o‘rnatiladi, taglik esa dastgohga bolt yordamida qo‘zg‘almaydigan qilib qotirib qo‘yiladi.
Tiski shu taglikning o‘qi atrofida ixtiyoriy burchakka burila oladi. Bu narsa detallarni ishlash vaqtida ularni qulay vaziyatga burib olish imkonini beradi. Tiski kerakli vaziyatga burib olingandan so‘ng qotiruvchi vint yordamida taglikka qotirib qo‘yiladi. Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng tiskini normal vaziyatga keltirib taglikka qotirib qo‘yiladi.
Tiskini taglikka qotirmasdan ishlashga ruxsat etilmaydi. Bu - ish sifatining buzilishiga va ko‘ngilsiz hollar ro‘y berishiga sabab bo‘ladi. Ba‘zi kichik o‘lchamli detal va buyumlarni ko‘chma staninali parallel tiskilar yordamida ishlanadi. Bu xillarni duradgorlik, chilangarlik dastgohlariga va yozuv stollariga o‘rnatib foydalanish mumkin. Yozuv stollariga o‘rnatib foydalanishda tiskini taxtaning chetiga o‘rnatmasdan, balki uch qismlariga o‘rnatish kerak. Aks holda yozuv stoli taxtasi yorilib ketishi mumkin. Stul tiskilarida zarb bilan bajariladigan ishlar bajariladi.
Bu xildagi tiskilar po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, uning jag‘lariga asbobsozlik po‘latidan tayyorlangan kertmakli qistirmalar payvandlab qo‘yiladi.
Stul tiskilari dastgohning yon tomoniga o‘rnatiladi. U uzun (poddan tiski jag‘i balandligicha) zagotovkalarni ishlash imkoniii beradi. Biroq tiski jag‘larining bir tekislikda siljimasligi va bir-biriga parallel joylashmasligi sababli ularga zagotovkalarni puxta o‘rnatish qiyin bo‘ladi. Dastaki tiskilar kichik o‘lchamli, bolg‘alanadigan, egovlanadigan, parmalanadigan detal va zagotovkalarni tutib turish uchun ishlatiladi.
Tiskilarga qarov berish:

  1. Tiskilarning dastgohlarga puxta o‘rnatilganligini doimo tekshirib turish kerak.


Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish