O‗zbekiston Respublikasida insonning hayot faoliyati xavfsizligini qaysi hujjatlar kafolatlaydi?
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qachon qabul qilingan?
Mehnat muhofazasi bo‗yicha muhandisni vazifasi nimalardan iborat?
Jamoa shartnomasi nima?
O‗zbekiston Respublikasi mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlari?
Uch pog‗onali nazorat nima?
Mehnat muhofazasi qonunlari buzilgandagi javobgarlik turlarini ayting?
Jarohat va kasb kasalliklari nima?
Mavzu: TEXNOLOGIK JARAYONLAR TURLARI. XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‟YICHA YO‟RIQNOMALAR
Mashg„ulot maqsadi: Texnologik jarayonlar turlari, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni o‘rganish.
Yo„riqnoma. Yo‗riqnomalar ikki xil bo‗ladi: kirish va ish joyida o‗tkaziladigan yo‗riqnoma. O‗z navbatida ish joyida o‗tkaziladigan yo‗riqnomalar dastlabki, davriy, joriy va navbatdan tashqariga bo‗linadi.
Kirishyo‘riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo‗natilganlar (ish malakasi va stajidan qat‘iy nazar) amaliyot o‗tayotganlar va shog‗irdlar kirish yo‗riqnomasini o‗tadilar. Kirish yo‗riqnomasini korxonadagi xavfsizlik texnikasi bo‗yicha muxandis, korxona raxbari eki bosh muxandis hamda kasaba uyushmasi qumitasi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida utkazadi. Uni xo‗jalikning mehnat muhofazasi bo‗yicha mas‘ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim mehnat muhofazasiga oid zamonaviy vositalar va ko‗rgazmali kurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi kabinetlarda o‗tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tormoq ish joylarida amalga oshirilsa, kirish yo‗riqnomasini shu tormoq boshlig‗i o‗tkazishi kerak. SHikastlanganlarga dastlabki yordam ko‗rsatish, yong‗in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo‗yicha yo‗riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib boradilar va maxsus jurnallarga ramiylashtirib boradilar. Kirish yo‗riqnomasi «SN va PM-4-80» asosida tuzilib, qo‗yidagi masalalarni o‗z ichiga olishi mumkin:
korxonaning ish rejimi va ichki tartib qoidalari bilan tanishtirish;
mehnat intizomi va uni mehnat xavfsizligiga ta‘siri;
mehnat muhofazasi bo‗yicha jamoa (kollektiv) shartnomalari;
korxonada sodir bo‗lgan baxtsiz hodisalar va ularni kelib chiqish sababalari;
yong‗inni oldini olish tadbirlari;
elektr xavfsizligining asosiy qoidalari;
yuklarni ko‗tarish va tushirishdagi, ximikatlar va kislotalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari;
ishga kelish eki ishdan qaytishdagi xavfsizlik qoidalari;
maxsus kiyim boshlar va saqlash qurilmalaridan foydalanish qoidalari;
jarohatlanganlarga birinchi tibbiy erdam ko‗rsatish tartib-qoidalari;
ichkilikbozlikka qarshi kurash tadbirlari;
jamoa o‗rtasida ma‘naviyat va ma‘rifatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar.
Kirish yo‗riqnomasi dasturiga kiritilishi lozim bo‗lgan masalalar mahalliy sharoitlar, ishlab chiqarish xarakteri va ishga qabul qilingan ishchining kasbiga bog‗liq holda qo‗shimcha tadbirlar bilan tuldirilishi mumkin. Ushbu yo‗riqnoma maxsus jurnalga yoki maxsus shakldagi «kartochka» orqali hujjatlashtiriladi.