O'zbekiston o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining tarixiy va ma'naviy- ma'rifiy sarchashmalari.
Hozirgi zamon kasb-hunar ta'limi tizimi faqatgina XX asr oxiri ilmiy- pedagogik tafakkurining natijasigina bo'lmay, balki uning poydevori inson jamiyatining uzoq tarixi davomi to'plangan tajribasiga hamda olimlar, mutafakkirlar, pedagoglar, ishlab chiqarishning turli sohalaridagi mutaxassislarning mehnatlariga asoslangan. Markaziy Osiyoda, ya'ni hozirgi zamon O'zbekiston hududida kasb- hunar ta'limining tub asoslari bundan uch ming yil avval Avestoda bayon etilgan desak xato qilmaymiz. Lekin bu boradagi tajribalar bizda etarli darajada o'rganilmagan. Shu bois , bugun butun dunyoda xususan Sharq xalqlarining tarixiy merosini zamonaviy kasb-hunar ta'limi mazmuni va tuzilmasiga singdirilishini davr o'zi taqozo etmoqda.
Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida yoshlarning kasb-hunar ta'limi va tarbiyasiga katta ahamiyat berib, kasb-hunar o'rganishni jismoniy, aqliy va zamonaviy kamolotgan erishishning asosiy vositasi deb bilganlar.
Buyuk ajdodlarimiz aqliy, jismoniy ma'naviy tarbiya kasb-hunar ta'limi sirlarini egallashning asosiy omili deb talqin etganlar. Ular uchun inson timsoli kamolotga etgach , ilmli yoki kasb-hunarga ega ijobiy fazilatlar sohibi bo'lgan.
Kasbiy ta'lim berish, kasb hunar sirlarini o'rgatish juda qadim zamonlarda paydo bo'lgan. Kasbiy malaka bevosita mehnat faoliyati jarayonida berilgan. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi, hunarmandchilikning ixtisoslashib borishi, mehnat tajribasi, jumladan tizimlashgan bilim, malakalarini ma'lum bir tarzda avloddan avlodga o'tkazish zaruriyatini tug'dirdi. Bu ehtiyoj dastlab ustoz-shogird yo'li bilan tartibsiz, ya'ni xaotik tarzda amalga oshirildi. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli darajadagi va sohadagi kasb-hunar o'kuv yurtlari paydo bo'ldi. Kasb-hunar ta'lim tizimi mustaqil tarmoq sifatida dastlab YEvropada, so'ng Amerikada shakllandi.
O'zbekiston Respublikasiga kasbiy ta'limning rivojlanishi.
Respublikamiz kasb-hunar ta'limining butun rivojlanish yo'liga yangicha nazar tashlashni talab etadi. Bu holat o'z navbatida ushbu ta'limning rivojlanish yo'li va turli bosqichlarini tarixiy nuqtai nazaridan tahlil etib, qonuniyatlari va o'ziga xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Respublikamiz kasb-hunar ta'limida miqdor ko'rasatkichlari va tashkiliy shakllaridagi o'zgarishlar dinamikasining taxlili bizga shartli ravishda tabiatiga ko'ra kasb-hunar ta'limi tizimining farqlanuvchi quyidagi rivojlanish bosqichlarini ajratib ko'rsatish imkonini berdi.
1924-1940 yillarda ta'lim tizimi sifatida vatanimiz kasb-hunar ta'limining tarkib topishi va rivojlanishi barqaror bo'lmagan davri;
1987-1990 yillar-rivojlanishdagi sifat o'zgarishlar (inqiroz) davri;
1991-1996 yillar inqirozdan asta-sekin chiqish va barqarorlik (moslashish)
davr;
1997-2002 yillar-kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga joriy
etishning birinchi bosqichi (yangitdan rivojlanish) davri;
2003 yildan hozirgi davrgacha bo'lgan davri.
Zirk etilgan bosqichlarga ajratish mezoni sifatida kasb-hunar ta'limi tizimining quyidagi ko'rsatkichlariga asoslangan: o'quv muassasalari miqdori va har yilgi bitiruvchilarning soni; shuningdek, yangi turdagi o'quv yurtlariga va ularning turli darajalarga bo'linishi. Tarixiy manbalarni o'rganish bizga o'tgan asrning 20 yillaridan boshlab respublikada kasb-hunarga o'qitish bo'yicha maxsus kurs va maktablar tashkil etila boshlaganligidan darak berib, ular tugallangan bilimlar berishni emas, balki ma'lum ish o'rinlarida ishlash uchungina zarur bo'lgan tor doiradagi bilim, ko'nikma va malakalarni berishni maqsad qilib qo'ygan edi.