O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Kurs ishining dolzarbligi



Download 1,04 Mb.
bet2/4
Sana22.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#838256
1   2   3   4
Bog'liq
Pirnazar kurs ishi FÓM

Kurs ishining dolzarbligi: Fizikadan o'quv mashg'ulotlarining majburiy shakli, darslardan tashqari, ekskursiyalar hisoblanadi. Ular fizika hodisalarining hayotdagi, ishlab chiqarishdagi ulkan rolini ko'rsatib beradi. Bu esa o'quvchilarga politexnik ta'lim berish va ularni kasbga yo'naltirishda katta ahamiyatga egadir. Ekskursiyada o'quvchilar ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va jadallashtirish bilan tanishadilar, ilg'or ishchilar, muhandislar, ilg'or texnika ijodkorlari bilan uchrashadilar. Bu esa o'quvchilarga katta tarbiyaviy ta'sirda fizikadan ekskursiya o’tkazish dolzarb ekanligini ko’rsatadi.
Kurs ishining maqsadi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tuzilgan bo'lib, u mazkur qonunni joriy etishni, umumiy o’rta talim maktablarda ekskursiya o'tkazishni, uzluksiz ta'lim tizimini barpo etishning yangi bosqichlarini, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni, yangi o'quv rejalarini, dasturlarini, darsliklarini yaratishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni va ekskursiya o’tkazish hamda ularni amalga oshirish maqsadi qilib belgilandi.
Shularni hisobga olib o'rta maktabda fizika o'qitish uslubi asoslarini yangi talablar asosida bayon qilish ushbu qo'llanmaning asosiy maqsadi qilib qo'yildi. Bulardan tashqari qo'llaniladigan o'qitishning zamonaviy uslublari va o'qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, kompyuterlardan foydalanish va boshqa uslublar to'g'risida ham to'xtalib o'tilgan.
Kurs ishining vazifalari

  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ekskursiyalarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalarni bayon etish;

  • Ekskursiya ob’yektlarini namoyish etish (oldindan ko’rib, tanishib chiqish);

  • Ekskursiyadagi eksponatlarni o’quv materiali bilan bog’lash;


II. Asosiy qism


2.1.Umumiy o’rta talim maktablarida o'quv ekskursiyalar

O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.


Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ekskursiya –yunon yoki grek tilidan olingan bo’lib, (Excirro – yugurib chiqaman) degan ma’nolarni anglatadi. Ekskursiya maktab sharoitida, litsey sharoitida hamda universitet sharoitida olgan bilimlarni chuqur tushunish uchun tasavvurdan tushunchaga o’tkazish uchun asosiy manbadir. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo’yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o’tkazish uchun o’qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va marshrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to’la rejani ishlab chiqishi, o’quvchilarni bo’lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o’quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko’rsatiladi. Ekskursiyani o’tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o’quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog’liq bo’ladi.
Ta'limning yordamchi shakllari: to'garak, kolleklium, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi fakultativ mashg'ulot, o'quv ekskursiyalari va boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O’quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o’quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko’nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o’quv qo’llanmalarini to’plash va tayyorlash va boshqalar.
Ular: maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish