О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Download 1,81 Mb.
bet40/91
Sana21.07.2022
Hajmi1,81 Mb.
#832813
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Bog'liq
MADANIYAT VA SAN`AT SOHASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH

Rejalashtirish -boshqaruv jarayonidagi birinchi qadam sanaladi.Vazifasi quyidagicha:
- qanday maqsad sari harakatlanish, harakat rejasini ishlab chiqish, mana shu loyiha doirasida faoliyat kо‘rsatadigan xodimlar guruhini shakllantirish, ularning mehnat va ilmiy-ijodiy salohiyatlarini hisobga olish, ishga xalaqit berayotgan omillarning о‘z vaqtida bartaraf etilishi, imkon va miqdor mutanosibligi,rejaning maqsadga muvofiqligi, moliyalashtirish manbalarining barqarorligi, eng muhimi axborot olish, uzatish, foydalanish manbalarini hisobga
olish.
Misol uchun, har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro festivali bо‘lib о‘tadi, mutasaddi madaniyat va san’at xodimlari ushbu nufuzli anjumanga oylar davomida tayyorgarlik kо‘rishadi, yuqorida yozilgan rejalashtirish manbalari aniq va puxta bajarilmasa, bu xalqaro tadbirni jahon ahlining havasini keltirar darajada о‘tkazish imkoni bо‘lmay qoladi.
Tashkil qilish kо‘zlangan maqsadga mos ravishda tayyorgarlik kо‘rish masalasi. Vazifasi quyidagicha : har bir ijodkordan о‘z ijodiy salohiyati va imkoniyatiga qarab foydalanish, bо‘g‘indagi xodimlar mehnatini ratsional – tо‘g‘ri taqsimlash va talab qilish mexanizmini yaratish, barcha topshiriq va kо‘rsatmalarning sо‘zsiz va ijodiy bajarilishini ta’minlash, moliyaviy manbalar mutanosibligini tekshirib turish, tashkilotchilar mehnatini baholab borishdan iborat bо‘ladi.
Birgina misol, har yili respublika markazidan tortib, barcha viloyat, shahar, tumanlarda ham Yilboshi – ya’ni Navrо‘z tantanalari keng nishonlanadi, xalq sayillari shaklida о‘tayotgan tadbirlarda nafaqat sahnada, balki kо‘chalarda, qir-adirlar, kengliklarda ham bayram tantanalari nishonlanadi, madaniyat va san’at mutasaddilari ishtirokida kichik detal (boshlovchilar, ovoz kuchaytirgich apparatlari, bayram ssenariysi yoki dekoratsiyalarning о‘z vaqtida tayyorlanmasligi) ham tadbir saviyasiga katta ta’sir kо‘rsatadi, shuning uchun ham har bir xodimning mas’uliyati, jonkuyarligi madaniyat va san’at muassasasi boshqaruviga katta madad bо‘ladi.
Xodimlar mas’uliyatini oshirish esa majburiyatni yuklash, natijalarga erishish yо‘lida yakdillik, vakolatlar va majburiyatlar kerakli va о‘z о‘rnida ishlatilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Motivatsiya- xodimlarni ruhan qо‘llab quvvatlash, mehnati natijasiga kо‘ra rag‘batlantirish, xodimni moddiy va ma’naviy omillar ta’sirida mehnati natijasiga qiziqtirish omili hisoblanadi.
Motivatsiya jarayonini 2017 yil 3 avgustda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori” mavzuida ijodkor ziyolilar bilan
uchrashdi. Uchrashuvda badiiy ijod sohasi vakillarini bolalar musiqa va san’at maktablariga rahbar qilib biriktirish, madaniyat va san’at muassasalariga homiylik borasida qator iqtisodiy baquvvat tashkilotlar bilan “Dо‘stlik klublari”ni tuzish, yosh ijodkorlar seminarini tiklash, bastakorlar va kompozitorlar uchun qulay shart- sharoit yaratish, ijodkorlarni har tomonlama qо‘llab quvvatlash borasida davlat e’tiborini kuchaytirish masalasida gapirdi va mana shu motivatsiya ijodkorlarni yangi, yorqin asarlar yaratishga undadi.
Undan tashqari ijodiy tashkilotlardan hisoblanmish О‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, 80 yillik tarixga ega, mamlakatning obruli ijodiy tashkilotini qо‘llab-quvvatlash borasidagi ibratli say- harakatlar, “Ijod” jamoat fondi,Adiblar xiyobonining barpo etilishi, Prezidentimizning azim poytaxt Toshkentda о‘tkazilgan “О‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda о‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yо‘llagan tabriklari, “О‘zbek adabiyotining xorijiy dо‘stlari “ kengashini tuzish haqidagi tashabbuslar tom ma’noda madaniyat, ma’rifat, san’at ahlining ijodiga davlatning z’tirofi va e’zozidir.
Motivatsiya – deb ana shunday xayrli tashabbuslar uchun soha vakillariga yaratilgan shart-sharoitlar, ma’naviy va moddiy qо‘llab-quvvatlashlarga aytiladi.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish