О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Download 1,81 Mb.
bet39/91
Sana21.07.2022
Hajmi1,81 Mb.
#832813
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
Bog'liq
MADANIYAT VA SAN`AT SOHASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH

Boshqaruv mehnatini ilmiy-ijodiy tashkil qilish jarayoni– tashkilot resurslarini ilmiy-ijodiy tarzda о‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bо‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, о‘zaro bog‘langan harakatlar majmuasi hisoblanadi. Bu harakatlar madaniyat va san’at sohasidagi boshqaruv vazifalari deb ataladi. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yig‘indisi hisoblanadi.
Madaniyat va san’at sohasi ilmiy-ijodiy jarayonlari borasidagi boshqaruv vazifalari – bu sohada boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan, ijodiy tendensiyalar asosiga qurilgan turlaridir. Bunday deb hisoblanish uchun boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va bir sо‘z bilan aytganda ma’lum tuzilmaga ega bо‘lish kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bо‘lgan harakat tushuniladi.
Boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar va vazifalarining mazmuni madaniyat va san’at muassasalari turi , faoliyat kо‘lami, ularning xizmat kо‘rsatish sohalari, boshqaruv iyerarxiyasidagi darajasi- vazirlikdan tortib oddiy bolalar musiqa va san’at maktablarigacha olib borilayotgan madaniy – ma’rifiy tadbirlar tashkilot va bir qator boshqa omillarga bog‘liq.
Buxoro, Samarqand, Shahrisabz,Xiva shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi rо‘yxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom musiqasi”, “Navrо‘z”, “Katta ashula”,”Askiya”, “Palov madaniyati va an’analari” nomzodlari kiritilgani yurtimiz madaniy-ma’rifiy merosining jahonaro e’tirofi sanaladi.
Har bir tashkilotda boshqaruvning vazifalari rang-barang ekaniga qaramasdan faoliyat turlari asosan bir xilda davom etadi : aniq vazifalarni rejalashtirish, maqsadga loyiq ishlarni tashkil qilish, har tomonlama tashkillashtirish va boshqarish, motivatsiya- ya’ni ishning maqsadi va kо‘lamiga qarab oldinga harakat qilish , umumiy rahbarlik, maqsadga mos muvofiqlashtirish, har tomonlama nazorat, axborot-kommunikatsiyalar samaradorligi, ilmiy-ijodiy tadqiqot qilish, adolatli baholash, tо‘g‘ri va aniq qarorlar qabul qilish, xodimlarni ish qobiliyati va mehnat salohiyatiga mos ravishda tanlash, muzokaralar olib borish va bitimlar tuzishdagi izchillik.
Barcha sohalarda bо‘lgani kabi madaniyat va san’at sohasida ham boshqaruvning beshta asosiy vazifasi bor:

  • Aniq vazifalarni rejalashtirish (tashkilot mehnat jarayoniga maqsad, vazifa, strategiya, dasturlarni tuzib olish);

  • Puxta tayyorgarlik va har tomonlama mos ravishda tashkil qilish (topshiriqlar yuqoridan quyiga, tо‘g‘ri va xolis taqsimlanishi);

  • Motivatsiya (muayyan topshiriqlarni bajaruvchi xodimlarni ruhan

qо‘llab-quvvatlash, mehnatlarini e’tirof etish va rag‘bat);

  • Maqsadga mos muvofiqlashtirish (ishning hajmi va uning bajarilishini

ta’minlash yо‘lidagi ratsional taqsimot);

  • Nazorat (muayyan ish hajmini maqsadga mos natijaga kо‘ra

qiyoslanishi).

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish