Sirk sohasida
Mamlakatimizda faoliyat kо‘rsatayotgan ushbu soha mutaxassislari bilan hamkorlikda sirk dasturining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish, xalqaro maydonda о‘zbek sirk san’ati nufuzini yanada oshirish, buyuk ma’naviy merosimiz,betakror qadriyatlarimizni ulug‘laydigan tomoshalar bilan boyitib borish va rivojlantirish, sirk dasturining badiiy saviyasi va qamrovini, sirk sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, faoliyatini baholash hamda rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish borasida dadil islohotlar о‘tkazish vazifalari belgilangan.
Musiqa sohasida
Moziydan sado beruvchi, tarixan uzoq vaqtlardan beri bebaho meros bо‘lib kelayotgan musiqa merosini asrab-avaylash, yangi sharoitlarda rivoj lantirish, о‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini tо‘plash, tadqiq va targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, xalq orasidan yetishib chiqqan havaskor sozanda va xonandalar faoliyatini moddiy-ma’naviy qо‘llab-quvvatlash, iste’dodli ijrochilarni aniqlash maqsadida turli darajadagi kо‘rik-tanlovni о‘tkazish, an’anaviy kasbiy musiqa janrlarini yangi shart- sharoitlarda rivojlantirish maqsadida ustoz-shogird tahsil tizimini atroflicha о‘rgangan holda hayotga tadbiq etish, turli darajadagi tadbirlar (festival, kо‘rik- tanlov va h.k.)ni о‘tkazish;akademik yо‘nalishdagi janrlarni (opera, balet, orkestr va h.k.) ansambl ijrochiligi (simfonik, xalq cholg‘ulari, estrada, damli, kamer turlari), kompozitorlar ijodiyotini insoniyat intellektual xazinasi sifatida xalq orasida targ‘ibot qilish va rivojlantirish,О‘zbekiston filarmoniyasi, uning tarkibidagi jamoalar faoliyatining badiiy va tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda respublika aholisi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ‘ib qilish borasidagi say- harakatlar kо‘lamini kengaytirish.
Milliy raqs san’ati sohasida
Milliy raqs san’ati, uning shakllanish tarixi, rivojlanish bosqichlari, о‘ziga xos xususiyatlari, jahon madaniyatida tutgan о‘rnini ilmiy jihatdan chuqur о‘rganish va tahlil etish hamda uning yangidan yangi milliy namunalarini yaratish, bolalar musiqa va san’at maktablarida “Xoreografiya” yо‘nalishi bо‘yicha ta’lim- tarbiya ishlarini yanada rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita bо‘lib xizmat qiladigan о‘quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, yurtimizning chekka hududlarida soha mutaxassislari va о‘qituvchilarining yetishmasligini inobatga olgan holda viloyatlar va tumanlar kesimida maqsadli kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish, о‘zbek milliy raqs san’ati faoliyatini yanada mustahkamlash, yosh iste’dodli raqqos va raqqosalar, baletmeysterlarni
kashf etish,milliy raqs san’atining noyob merosini, shu jumladan milliy sahna liboslarini tiklash, rivojlantirish va targ‘ib etish,milliy raqs va xoreografiya san’atining о‘zbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi о‘rnini yanada oshirish borasida galdagi vazifalarni amalga oshirish haqida amaliy tadbirlar yо‘lga qо‘yilishi ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |