Mato bezaklar:
Mato bezak sifatida barcha kiyim turlarida vaqtlar aro keng qo`llangan. Bezak sifatida materialni qo`llanishida asosiy gazlama bilan bog`lanish uch edagogi`lishi mumkin:
- asosiy va astar gazlamasi bir fakturali va har xil rangli;
- har xil fakturali gazlamalar, rangi esa bir xil;
- har xil fakturali va rangli gazlamalar.
Ilgaklar. Kiyim yoki ashyoning vazifasi,turiga qarab unda tugma , knopka (shiq –shiq tugma), ilmoq(oddiy va turli fasonda) tuqa halqa “molniya”, bog`ich (kamarcha) kabi ilgak ishlatilishi mumkin.(5-rasm) Ayrim kiyim va ashyolar ilgak ko`zga tashlanmaydigan qilib qadaladi. Bunday ilgaklarning ilinadigan xalqalari kiyim yoki ashyoning ostki qismi – astarida ishlanadi. Masalan yashirin tugmalar o`tkazadigan teshiklar matodan qilingan lenta va tasmaga ishlanadi. U kiyimning astar tomoniga tikib chiqiladi, ba`zan bunday tugmalar uchun matodan vitichka qilinishi ham mumkin.
5-rasm
Ilgak va izmalar o'zining vazifasi va o'lchovlari jihatidan har xil. Ustki kiyimlar va ko'ylaklar uchun ishlatiladigan ilgak va izmalar po'lat yoki mis-rux qotishmalaridan qilingan simdan tayyorlanadi. Ularni zanglanishdan saqlash uchun lak bo'yoqlar, nikel yoki kumush bilan bo'yaladi. O'lchovlari jihatidan ko'ylaklik ilgak va izmalar quyidagi nomerlarga bo'linadi: № 2— ilgakning uzunligi 24 mm; № 3—20 mm; № 5—16 mm; № 6—11 mm; № 7—9 mm. Nomeriga qarab ilgaklar mo'yna po'stinlari (№ 2), palto va shinellar (№ 3), kitel va gimnastyorkalar (№ 5), ayollar va bolalar ko'ylagiga (№ 6 va № 7) mahkamlab qo'yish uchun ishlatiladi.
Ilgak va halqalar bir xil o‘lchamdagi metallardan tayyorlanadi. Ularni qadash uchun gazlamaning rangiga mos 50 yoki 60-iplardan foydalaniladi. Ilgak halqalar mustahkamroq turishi uchun ularning quloqlari orasi ochiqroq qilib qadaladi. Ilgaklar uch joyidan, halqalar esa to‘rt joyidan qadaladi. Bunda uchto‘rttadan chok qilinadi. Ilgak va halqaning qadalgan joylarini gazlama bilan berkitish mumkin. Ortiqcha kuch tushmaydigan joylarga kichkina ilgaklar qadaladi va ularning halqasi ipdan yasaladi.
Ilmoq ilgakla). Ilmoqlarning oddiy, shim ilmog`i turli fasonlardagi turlari bor. Ilmoqlar ochilib ketavermasligi uchun birining halqasi chap tomonda , ikkinchisiniki esa o`ng tomonda tikilgani ma`qul. Ilmoq va uning halqasi mustahkam bo`lmog`i uchun ularning ikki qavat matoga qadab tikish lozim. Buning uchun qadaladigan aniq belgilanib teshiladi, orqada qolga qismi teshigiga kamarcha yoki tesma o`tkazilib mato tikiladi. Ilmoq uch joydan teshiklari va ilinadigan kremi tagidan tikiladi, foydalaniladigan ip 20- 30- nomerli, matoning rangida bo`lishi kerak. Ilmoqning metal halqasi bo`rtib ko`zga hunuk ko`rinmasligi uchun ilinadigan qismigina qoldirilib qolgan qismini matoga tekis qadab tikib chiqiladi. Shim ilmog`i qadalayotganda orqa qismidan mato tesma kamarcha o`tkazilib shimning kamar qismi astariga tikiladi. Ilmoqning o`tkaziladigan qismi o`tkazilib yuqori va pastki ikki teshigidan tikiladi. Molniya” ilgaklar. Moolniyani kiyim ashyoga qiyshaytirmay to`g`ri tikish kerak. Tikayotgan molniya tarang tortib turiladi lekin, kiyim matosi tortilmasligi lozim. Molniya tikishga mo`ljallangan kesikning ikki yoni 1.5-3 chamasi orqaga ayriladi, ko`klab chiqiladi, dazmollanadi (u ensiz tasma tarzida molniyani qoplab turishi kerak). Keyin “molniya” ko`klab chiqiladi, uning lantasi 0.5-1 sm ichkariga kiritib baxyalab tikiladi.”Molniya ” o`rnatilgan kesikning orqaga qayirib tasmasimon qilib tikilgan cheti “molniya” tasmasi rangini to`sib turishi lekin, uning ochib yopilishiga xalaqit bermasligi kerak. Molniya agar kisik chuntakka tikilsa, chuntakni uzunligi bilan “molniya” uzunligi teng bo’lmogi lozim. “Molniya” uzunligiga teng qilib kisik tayyorlanadi, ikki yonida astarlik mato tasmasi tikiladi , so`ng “molniya” baxyalab tikiladi. “Molniya” agar rangli jiloli lentaga ishlangan bo’lsa, uning rangidan bezak sifatida foydalansa bo`ladi, ikki yonida ozgina qoldirib tikilgan lenta chiroyli ko`rinadi.
Molniya taqilmasi gazlama to'qish usulida olingan ikkita bort jiyaklaridan iborat bo'lib, jiyaklarda metall yoki plastmassa halqalar joylashgan. Ulardan tashqari qulfi ham bo'ladi. Bularning po'lat detallari nikellanadi, bo'yaladi yoki laklanadi. Halqalarning eni 3—10 mm va undan ortiq. Taqilmaning uzunligi 120, 150, 180, 200, 250, 300 mm va undan ortiq. Pistonlar nikellanib, kumushlanib yoki laklanib ishlab chiqariladi va ko'ylaq bluzka, yubka, bolalar buyumlari va bosh kiyimlariga qadash uchun ishlatiladi. Piston ikkita qismdan: chiqig'i bor asosi hamda prajina va chuqurchasi bor ustki qismidan iborat. Prujina silliq va qayishqoq bo'lishi lozim. Pistonlar 7 va 9 mm li diametrda ishlab chiqariladi.
Pistonli ilgaklar . Oyoq va kiyimlarda , ba`zan sport tipidagi kurtka ko`ylaklarda piston ilgaklar ishlatiladi. Piston teshigiga maxsus tiqilgan ip o`tkazib bog`lanadi. (piston ishlatmay shuning o`rniga teshib yo`rmab chiqsa ham bo'ladi)
Bezak material sifatida lentalardan ham foydalaniladi.Lentalar sarja,atlas kabi matolardan foydalaniladi(6-rasm). Shuningdek lentalaniqr qo'yma lentalar shim lentalari ko'rsak lenta kiper lenta mag'izbop lenta bezak lentalar turlariga bo'linadi. Tesmalar ham.furnituraning bir qismi hisoblanadi.
6-rasm
Knopkalar ortiqcha tortishmaydigan joylarga qadaladi(7-rasm). Ularning
rangi iloji boricha gazlamaning rangidan farqlanmaydigan bo‘lishi lozim. Knopka ikki qismdan: boshcha va prujinali qoplagichdan iborat bo‘ladi. Ular ichki tomondan gazlamaning eni ikki qatlamiga qadaladi. Knopkaning boshchasi ilgakning yuqorigi yarmida turadi va kiyimning ustidan ko‘rinmaydigan choklar bilan qadaladi. Bunda kiyimning ichki tomonidan knopka ostiga pishiq gazlamadan qistirma qo‘yish
mumkin.
7-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |