Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori buginda qabul qilingan rejalari, shuningdek, shu rejalar asosida quyi buginlar (tsex, uchastka, brigada, smena, xar bir xodim) uchun tuzilgan reja ¸ki topshirikldarni bajarish ¸ki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so‘ngra u ma’muriy Hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va xakozalar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish - bu firma, korxona, tsex, uchastka, brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish ¸ki xizmat ko‘rsatish jara¸niga rahbarlik qilish bo‘yicha aniq masalalarni xal etish demakdir.
Bunda xar bir bo‘linma o‘zining funksional vazifasini bajarish bilan band bo‘ladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv bo‘linmalari bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib bosh rejalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va o‘zi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Qarorlarni bajarishga rahbarlik qilish jara¸nida rahbarning vazifasi xodimlarningshaxsiy manfaatlarini umum manfaatlar bilan muvofiklashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriklarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini xam talab qiladi.
Mavjud yutuqlarni rahbar faqat o‘zining xizmatlari etib ko‘rsatilmasligi lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin uning sabablarini diqqat bilan o‘rganish zarur.
Ko‘pgina rahbarlar yaxshi qarorlar qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o‘z lavozimlarga moe kelmay qoladilar. Ba’zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qilinadi.
Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari xam shundadir.
Qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun ko‘rgazmali sxema -grafikni tuzish lozim. Unda ijrochilar, bajarish muddatlari, taqsimlangan ish xajmi, ob’ektlarga bo‘lish, sarflanadigan o‘rtacha vaqt, moddiy va moliyaviy resurslarga bo‘lgan exti¸j qayd qilinadi.
Tashkiliy reja ijrochilarga etkaziladi, tushuntiriladi, zarur bo‘lgan taqdirda yo‘l-yo‘riq uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.
Boshqarish jara¸nidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilishdir.
Nazorat - bu qaytma (javoban) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va o‘rnatilgan rejalarning joylarda bajarilish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir.
Xaqiqiy holatni bilib olmasdan va dalillarni tekshirmasdan turib, to‘g‘ri va oqilona rahbarlik qilib bo‘lmaydi. 1quyi zvenolarni boshqarishda asosan hisobga olishning tezkor va buxgalteriya turlaridan foydalaniladi.
Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hisob samarali qarorlar ishlab chiqish, ularning bajarilishini kuzatib borish imkonini beradi. Hisobga olishdagi chalkashlik odatda ishlab chiqarishni boshqarishda axvolning ¸monligidan va katta kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |