Sizning fikringizcha ”Carlsberg Uzbekistan kompaniyasining xodimlar bilan ishlash strategiyasi qoniqarli darajadami? Fikringizni asoslang.
Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning roli qanday bo’lgan deb o’ylaysiz?
“Carlsberg Uzbekistan” kompanpiyasining bu darajaga erishish sabablarini ayting va u xodimlar bilan ishlashning qaysi elementlaridan doimiy holda foydalanadi deb o’ylaysiz?
Sizning fikringizcha, bugungi kunda ushbu kompaniya qanday strategiya asosida rivojlanmoqda?
Kompaniyaning bozordagi ulushini kengaytirish bo’yicha strategik vazifalari nimalardan iborat deb o’ylaysiz va sizning tavsiyalaringiz?
Agar sizni kompaniyadagi menedjerlik lavozimiga ishga taklif qilishsasiz bu kompaniyadagi xodimlar bilan ishlash tizimida qanday o’zgarishlar qilgan bo’lar edingiz?
Talabalar uchun metodik ko’rsatmalar
Muammo: Mehnat unumdorligini oshirishda xodimlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.
Vazifalar
Xodimlar talablari, istak va hohishlarini o’rganib chiqish.
Xodimlar guruhlarini aniqlash va ularning o’zaro munosabatini o’rganish, hamda yaxshilash yo’llarini aniqlash.
Korxonada xodimlarni ishga joylashtirish va ularning ishlash sharoitlarini yaratib berish imkoniyatlarini aniqlash.
Kadrlar siyosatini ishlab chiqish va yangi kadrlar tayyorlash g’oyalarni o’rganib chiqish.
Korxonani mamlakat bozorida tutgan o’rni va nufuziga baho berish.
Yechish ketma-ketligi
Xodimlarning talab va takliflari asosida mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash. Ularning takliflariga muvofiq ish sharoitlarini uzgartirish
Xodimlarning rahbarlar bilan va o’zaro munosabatlarini o’rganish asosida yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni o’rganish ularni bartaraf etish yoki oldini olish choralarini qidirib topish.
Xodimlarga qo’yiladigan talablar ularning mehnat salohiyatini aniqlash ish staji, malakasi erishgan yutuqlari notiqlik va ijodkorlik qobiliyatiga baho berish.
Tashkilotning xodimlar bilan ishlash tizimida kadrlar siyosatining faolyatini tahlil qilish
“Carlsberg Uzbekistan” kompaniyasining raqobatbardoshlikka qaratilgan tizimini ko’rib chiqib, tahlilni amalga oshirish bozorda raqobatchilarning egallab turgan o’rni va ularning ahvolini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan identifikatsiya, taqqoslash va sifat baholari tahlilini aniqlanadi.