Injiniring firmalari - ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish bilan shug’ullanadi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi.
Konsalting firmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug’ullanadi, xo’jalik yuritishning yangi shakllariga o’tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o’xshash faoliyat turlariga ko’maklashadi.
Venchur firmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo’lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug’ullanadi.
Seleng firmalari - ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o’z ehtiyojlari bo’yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug’ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul, qimmatli qog’ozlar kiradi.
Trast firmalari - bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradi Ular ishonchli vakil sifatida faoliyat ko’rsatadi. Trast firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradi:
korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
nomli aktsiyalardan foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;
moliyaviy mablag’lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog’ozlar va hokazolardan foydalanish.
Iqtisodiyotn boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, tеng xuquqli tashkilotlarga bo’linadi. Yuqori tashkilotlar rеspublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Rеspublika Konstitutsiyasiga asoslangan xolda faoliyat yuritadi.
Tashkilotlar moslashuvchan va atrof-muhit ekologik tendentsiyalarga moslashishi sabab, jarayonlarni amalga oshirishda demarkazlashtirishga ko’proq moyillik kuzatildi.
Bu tendentsiya esa xodimlarning xuquq va imkoniyatlarini kengaytirish tendentsiyasi deb tanilgan, shunigngdek unda xodimlarga qaror qabul qilishda ko’proq vakolat (erkinlik) beriladi.
Yirik kompaniyalarda, pastki bo’g’in boshqaruvchilari «qilinayotgan ishlarga» yaqinroq bo’lib, odatda ular muammolar to’g’risida ko’proq ma’lumotga ega va uni qanday xal qilish mukinligini korxonaning birinchi shaxsidan farqli yaxshiroq biladilar.
Masalan, Terex korporatsiyasining bosh direktori Ron DeFeo boshqarish jarayo-nini demarkazlashtirish tarafdori bo’lib, u boshqaruvchilarga «Kompaniyani sizlar o’zlaringiz boshqarishingiz lozim». Ular bunga rioya qilganlar! Va natijada kompaniya 2009 yilda 4 milliard dollar daromad olib va EES xizmati uchun o’zining xodimlariga dune bo’ylab 16000 ga yaqin korporativ shtab-xonalar ochib berishdi.
Yana bir misol kilib, Pedras Negras, Koauila, Meksikadagi General Cable zavodini keltirish mumkin, korxonaning boshqaruv jarayoni uchun mas’ul shaxslar 6000 ta aktsiya birliklariga va zavod SKUs asbob - uskunasiga ega bo’lgan mulk sohiblari bo’lishdi. Kompaniya menejerlari esa ishni yanada mas’uliyatli qo’llarga topshirish usullarini izlashda davom etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |