Avtomatika sxemalari va ularning vazifalari. Avtomatikaning funksional, prinsipial, strukruraviy va tarkibiy sxemalari
Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish asosan ishlab chiqarishni elektrlashtirish va avtomatlashtirishga asoslanadi. Bu tushunchalar orasidagi umumiylik va farqi nimadan iborat.
Elektrlashtirilganda, inson ishlab chiqarish jarayonida doimiy ishtiroki talab etiladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirilganda insonning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtiroki va qisman va butunlay texnik vositalarni va boshqarish tizimlarini qo‘llash orqali ozod etiladi. Avtomatlashtirish insonning aqliy mexnatini engillashtiradi, uni axborot olish, uzatish, o‘zgartirish va undan foydalanish insonning bevosita ishtirokisiz amalga oiriladi.
g(t) T.E
g(t) y(t)
1.2.1- Rasm. Avtomatik boshqarish sistemasining funksional sxemasi..
Bu sxemada: BO – boshqarish ob`ekti; D – datchik; T – topshiriq beruvchi element; Te – taqsimlovchi element; K – kuchaytiruvchi element; IM– ijro
mexanizimi
Amalda elektr energiyasi yordamida ishlaydigan avtomatik element va qurilmalari keng tarqalgan. Avtomatikaning elementi deganda, avtomatik boshqaruv qurilmalarini tashkil etuvchi turli texnik vositalar tushuniladi. Avtomatik boshqarish sistemasi avtomatik boshqarish qurilmasi va boshqarish ob‘ektidan iborat.
Topshiriq beruvchi qurilmadan g(t) topshirq beruvchi ta‘sir chiqadi.
Datchikdan esa, y( t) boshqarish ob‘ektini holati to‘g‘risidagi axborot beriladi.
Taqqoslovchi element, topshiriq beruvchi axborot bilan, ob‘ektning xaqiqiy holati
to‘g‘risidagi axborotlarni taqqoslab, ularni farqini aniqlab beradi. Kuchaytirgich kuchi siginallarni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ijro mexanizimi boshqarish ob‘ektiga bevosita boshqaruvchi ta‘sir etadi. Boshqaruvchi ta‘sir rostlanayotgan
kattalik y(t) topshiriq berilgan qiymati g(t) ga teng bo‘lmaguncha boshqarish
ob‘ektiga ta‘sir qiladi.
Har kanday boshqarish sistemasi, bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan, alohida elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. SHuning uchun sistemaning xossa va tenglamalari kup jixatdan, shu sistemani tashkil kilgan elementlar xossalari bilan aniqlanadi.
Sistemaning statik teknglamasini olish uchun, shu sistemani tashkil etgan har
-bir elementning alohida statik tenglamasi tuziladi, sungra bu tenglamalar, oraliqdagi barcha uzgaruvchan kattaliklarni mustasno qilgan holda, birgalikda echiladi.
Avtomatik rostlash tizimlari prinsipial va funksional sxemalardan tashqari, tarkibiy sxema ko‘rinishida ham ifodalanishi mumkin.
ART ning tarkibiy sxemasi deganda shunday sxema tushuniladiki, bunda barcha tizim yo‘naltirilgan ta‘sir bo‘g‘inlariga bo‘linadi. Bu bo‘g‘inlar dinamik xossalari jixatidan bir-biridan farq qiladi. Tarkibiy sxemalar tizimlarining elementlari to‘g‘ri to‘rtburchakliklar ko‘rinishida tasvirlanadi; biror konkret qurilmaga yo‘naltirilgan bir nechta ta‘sir bo‘g‘in bilan tasvirlanishi mumkin. Aksincha, bir bo‘g‘in bir nechta konkret qurilmani tasvirlashi mumkin.
Tizim har bir bo‘g‘inning chiqish miqdorini kirish miqdoriga bog‘laydigan tenglama yoki uzatish funksiyasining turiga qarab bo‘g‘inlarga ajratiladi. To‘g‘ri to‘rtburchak ichida har bir bo‘g‘inning uzatish funksiyasi W(p) ko‘rsatiladi, bo‘g‘inlar o‘rtasidagi bog‘lanish esa strelkali chiziqlar bilan tasvirlanadi; strelkalar ta‘sirlarning yo‘nalishini va qo‘yilgan nuqtasini ko‘rsatadi.
Prinsipial sxemasi 1.2.2-rasmda ko‘rsatilgan o‘zgarmas tok generatorining kuchlanishini avtomatik rostlash tizimining tarkibiy sxemasi tasvirlangan. Elektron kuchaytirgich (EK)ning kirishidan (kirish miqdori Ukir) elektr mashinali
kuchaytirgich (EMK)ning ko‘ndalang zanjirigacha bo‘lgan zanjir qismi birinchi yo‘naltirgich ta‘sir bo‘g‘ini deb qabul kilingan. Bu bo‘lakning chiqish miqdori EMK yakori ko‘ndalang zanjirining e.yu.k. Eq bo‘ladi. Uzatish funksiyalarini topish uslubiga muvofiq birinchi bo‘g‘inning uzatish funksiyasi quyidagicha bo‘la di:
Do'stlaringiz bilan baham: |