G
т
G
Tajribada sabzavot saqlash omborxonalarida faqat har orat rejimini avtomatik boshqarish jarayonidan foydalaniladi.Namlikni avtomatik boshqarish usulidan chidamli va sezgir datchiklar yo‘qligi sababli keng foydalanilmayapti. Kerak bo‘lganda ventilyatorlarni ishga tushirib namlikni qo‘lda rostlash mumkin. Xozirgi paytda omborxonada mikroiqlimini boshqarish uchun ikkita: OXRU tipidagi uskunasi va «Sreda» kompleksidan foydalaniladi.
Omborxona har oratini rostlash uskunasi (OXRU) berilayotgan xavoni berilgan texnologik har oratda ushlab turishni ta‘minlaydi.OXRU tipdagi uskunasiga quyidagi asosiy qurilmalari kiradi: (12.1.1-rasm)
Qizdirgichli 1 va ijrochi mexanizmli 4 aralashtirgich klapani 3, keltiruvchi 2 va chiqarib yuboruvchi 5 shaxtalar, ikkita retsirkulyasiya – isituvchi agregat 12.1.1 va 12.1.2- rasmlarda ikkinchi agregat ko‘rsatilmagan), shamollatish-tarqatgich kanali 7, ventilyator 8 va aktiv shamollatishli avtomatik boshqarish shkafi (SHAU- AV). SHkafda har orat rostlagichlari R1..R5, programmali vaqt relesi KT, boshqarish tugmasi va kalitlari joylashtirilgan.
Aktiv shamollatish tizimi masofadan qo‘lda yoki avtomatik boshqarish tartibida ishlashi mumkin.Qo‘lda boshqarishda SA1 va SA3 almashlab ulagichlar R holatiga qo‘yiladi va SB1 va SB 2 tugmasi yordamida ventilyatorlar va ikkita retsirkulyasiya –isitish tizimi kaloriferlari bosh-qariladi, SB3 va SB4 tugmalari aralashtirgich klapani isitgichini, SB5 va SB6 tugmalari xavo beruvchi ventilyatorni boshqaradi. Bu rejimda RU rostlagichi (PTR-2 tipidagi) yordamida tashqi xavo har orati minimal ruxsat etilgan qiymatgacha kamayganda faqatgina xavo beruvchi ventilyator avtomatik ravishda ishdan to‘xtaydi. Har orat ruxsat etilgan qiymatga ko‘tarilganda esa R4 kontaktlari qo‘yiladi.
12.1.1.-rasm. Sabzavot saqlash omborxonalarida har orat rejimini avtomatik boshqarish texnologik sxemasi
Avtomatik tartibda SA1 almashib ulagich A holatiga qo‘yiladi. Sxemaning ishlash ketma-ketligi saqlash davriga bog‘liq. Davolash davrida SA2 almashlab ulagich A holatiga,SA3 esa N holatiga qo‘yiladi, buning natijasida faqat xavo beruvchi ventilyator harakat ga keladi. Uni programmali vaqt relesi KT kontaktlari yordamida boshqariladigan KM magnit ishga tushirgich orqali vaqti-vaqti bilan
ishga tushiriladi va to‘xtatiladi KT programmali rele sutkasiga olti marta 30 minutdan xavo beruvchi ventilyatorini ishga tushiradigan qilib sozlanadi.
Sovutish davrida SA almashib ulagich 0 holatga qo‘yiladi va R1 differensial har orat rostlagich ishga tushiriladi. U o‘z nav-batida VK1 va VK2 datchiklari yordamida tashqi xavo va saqlanayotgan maxsulot har oratini taqqoslaydi. Agar orasidagi farq 2..30dan oshib ketsa, har orat rostlagich R1 ishlab ketadi va KV oraliq relesini qo‘shadi. KV2 relesi o‘zining KV2:1 kontaktlari orqali R3 avval keyin R4 har orat rostlagichini, ishga tushiradi. Buning natijasida KM4 ishga tushirgich xavo beruvchi ventilyatorni qo‘shadi, KM2:2 kontaktlar esa R5 (PTR-P tipidagi) har orat rostlagichini ishga tushiradi. U VK6 datchigi va KM ijrochi mexanizmi yordamida ventilyasiya tizimidagi xavo har oratini boshqaradi. Xavo har orati berilgandan o‘zining R5:2 qo‘shuvchi va R5:1 ajratuvchi kontaktlari yordamida aralashtirgich klapanining aylanuvchi to‘sig‘ini ijrochi mexanizm yordamida shunday holatga keltiriladiki, bunda retsirkulyasiya va aralashtirilgan tashqi xavolarning kerakli har orati o‘rnatiladi.
Sovitish saqlanayotgan maxsulot har orati kerakli qiymatga etguncha davom etadi, shundan keyin VK3 datchigi va R3 har orat rostlagichi orqali xavo beruvchi ventilyatori ishdan to‘xtatiladi.
Agar tashqi xavo har orati maxsulot har oratidan uzoq vaqt davomida yuqori bo‘lib tursa, unda shamollatish faqat retsirkulyasiyali xavo bilan olib boriladi. Ventilyator qo‘shilishiga signal programmali reledan Kt kontaktlari orqali beriladi. Bu vaqtda aralashtirgich klapan yopiq va tashqi issiq xavo omborxonaga kirmaydi.
Saqlash davrida SA2 almashlab ulagich X holatiga qo‘yiladi. Xavo xaydovchi ventilyator programmali vaqt relesi KT kontaktlari yordamida maxsulot har oratini bir xilda ushlab turish uchun sutkasiga 4..6 marta qo‘shilib turiladi. Bunda magnit ishga tushirgichining KM4:3 blok-kontaktlari SA1 va SA2 almashlab ulagichi orqali R1 har orat rostlagichi, KV2 relesi va R3 har orat rostlagichi qo‘shiladi. Undan keyin sxema sovitish rejimidagiday ishlaydi.
Agar har orat Kt vaqt relesi qo‘ygan ish sikli davomida kerakli qiymatgacha kamaymasa, ventilyator R3 rostlagichi kontaktlari ajralmaguncha ishlashni davom ettiradi. Ventilyator o‘chirilganda aralashtirgich klapan IM ijrochi mexanizm ishini boshqaruvchi KM4:4 blok kontaktlari yordamida avtomatik ravishda yopiladi.
Har orat omborxona yuqorisida berilgandan past bo‘lgan holatda maxsulot ustiga kondensat (suv) tushishi mumkin. Bunda VK3 datchikdan R2 har orat rostlagichi ishga tushadi va KM1 va KM2 magnit ishga tushirgichlari orqali retsirkulyasiya-isitish uskunalarini ishga tushiradi. Retsirkulyasiya-isitish uskunalari faqat xavo beruvchi ventilyatori o‘chirilgandagina (KM4:1 blok kontaktlari qo‘shilgan) ishlaydi. Ularni o‘chirish R2 har orat rostlagichi kontaktlari yordamida qiymatga to‘g‘ri kelganda amalga oshiriladi.
Aralashtirgich klapanini isitgichini avtomatik boshqarish tashqi xavo har orati minus 150 S gacha soviganda SA3 almashlab ulagichi bilan amalga oshiriladi (A holat). U avtomatik ravishda KT relesidan yoki qo‘lda SB3 va SB4 tugmalari (SB3 R holatida) bilan qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |