O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta


Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‟lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari



Download 6,15 Mb.
bet140/193
Sana11.04.2022
Hajmi6,15 Mb.
#542095
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   193
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi (1)

Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‟lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari


Laboratoriya sharoitidagi eksperimentlarda qisqa muddat ichida mustaqil o‘zgaruvchilarning barcha darajalari bo‘yicha ma`lumotlar to‘plash mumkin. Bu vaziyatda fon bilan shartlangan tobe ko‘rsatkichning o‘zgarishi ehtimoli kam, qolaversa, arim vaziyatlar mustaqil o‘zgaruvchining darajasiga bog`liq bo‘ladi.
Masalan, tasavvur qiling siz katta guruhlardagi umumiy psixologiya kursi bo‘yicha tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasi kompyuter texnologiyalariga asoslangan videoroliklar bilan o‘tilgan dars yoki an`anaviy plakatlar, turli qo‘lyozmalarga asoslangan darsga bog`liq ekanligini qiyosiy tahlil qilmoqchisiz. Shuningdek, umumiy psixologiya kursi bir yilda bir
marotaba o‘tilishini taxmin qilaylik. Bu yil siz kompyuter vidiorolik materiallari va amaliy materiallarni to‘plab dars o‘tasiz va o‘tgan yilgi guruh o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bilan solishtirasiz. Agar bu yilgi guruhning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilgi guruh ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lsa, unda siz kompyuter texnologiyalari qo‘llanilgan dars samaraliroq deb xulosa chiqarishga haqlisiz. Biroq, bu o‘zgarish qandaydir fonli hodisa ta`sirida ro‘y bergan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, fakultetga qabul talablari qat`iy bo‘lganligi sababli guruh talabalarining akademik qobiliyatlari rivojlangan bo‘lishi mumkin. Yoki kollej rahbariyati bitiruvchi talabalar umumiy psixologiya kursini o‘qishi kerakligi haqidagi talabni qo‘ygan bo‘lsa, bu ham guruhning ko‘rsatkichlariga ta`sir etgan. Balki, psixologiya kursiga qiziqish shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan bog`liq ravishda ortgan bo‘lishi mumkin. Bunga boshqa omillar ham ta`sir etgan bo‘lishi mumkin, ya`ni talabalar yuqori kurs talabalaridan o‘tgan yilgi imtixon savollarini nusxasini olib tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Siz ikkita guruh o‘zlashtirishidagi farqni aynan kompyuter texnologiyalarini darsga joriy qilinishi bilan bog`liq vaziyatda aniq xulosa chiqarishingiz uchun ichki validlikka tahdid soluvchi yuqoridagi fonli hodisalarni chetlab o‘tilganligiga ishonchingiz komil bo‘lishi lozim.
Etilish – bu ichki validlikka xavf soluvchi omillardan biri bo‘lib, ishtirokchilarning yoshi kattaligi va tajribaliligi bilan bog`liq. Ajablanarlisi, etilish aynan kichik bolalarga nisbatan munosabatlarda tahdidlidir, masalan, bu maktabgacha ta`lim muassasasi dasturlarini baholashda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq, etilish kattalar hayotini tadqiq qilishga qaratilgan uzoq vaqtli eksperimentlarda masalan, oddiy hodimlikdan rahbar lavozimiga ko‘tarilgan holatdagi vaziyatda ham ta`sir etishi mumkin.
Saralash ko‘pincha ishtirokchilarni tanlashda, ayniqsa, ko‘ngilli ishtirokchilarni saralashda ichki validlikka tahdid soladi. Agar yuqoridagi misolni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, guruhlar bahorgi va kuzgi bo‘ladi, bu esa muammo tug`diradi. Kuzgi 1-kurs talabalarining guruhi psixologiyaga ixtisoslashtirilgandir. Bahorgi guruh talabalari bitiruvchi kurs bo‘lib, ularning ixtisosligi texnologdir. Sizningcha, bu guruhlar orasida psixologiyani o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan boshqa vaziyatlarda ham farq kuzatilishi mumkinmi? Eksperimentatorlarga ma`lumki, semestr boshida o‘z ixtiyori bilan tadqiqotda ishtirok etish xohishini bildirgan ishtirokchilar bilan semestr oxirida ishtirok etish xohishini bildirgan ishtirokchilar orasida potentsial farqlar mavjud. Semestr boshidagi ko‘ngilli ishtirokchilarning psixologiyani o‘rganishga nisbatan motivatsiyasi, qiziqishi kuchli bo‘lishi tabiiy hol va ular o‘z vaqtlarini unumli rejalashtira oladilar. Saralashdagi noxush tahdidlar bevosita mustaqil o‘zgaruvchilar bilan bog`liq bo‘ladi. Aytaylik, siz ishlab chiqarish amaliyotidagi yangi dasturni samaradorlik darajasini baholamoqchisiz. Siz hodimlarni o‘z xohishlariga ko‘ra ushbu dasturda ishtirok etishlarini so‘raysiz va tadqiqot yakunida dastur doirasida ishtirok etishni xohlamagan ishtirokchilarning ko‘rsatkichlari bilan tadqiqotda ishtirok etgan hodimlarning ko‘rsatkichlarini solishtirasiz. Sizningcha ikkita guruh orasida farq mavjud bo‘ladimi? Bu kabi holatlar, ya`ni ishtirokchilarni saralashga oid muammolar deyarli barcha tadqiqotlarda uchrab, ichki validlikka xavf soluvchi omil hisoblanadi.
Sinaluvchilarning eksperimentdan chiqib ketishi, ya`ni o‘lim (bu tushuncha Kuk va Kempbell tomonidan qo‘llanilgan, lekin ayrim manbalarda otsev deb nomlanadi) ham ichki validlikka tahdid solishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda sinaluvchilarning biologik o‘limi emas, balki shunchaki eksperimentdan chetga chiqish ham o‘lim deb Yuritiladi. Bu erda asosiy muammo umumiy xarakterga ega emas, balki, o‘limning differentsial harakterga egaligidadir. Guruhlar mustaqil o‘zgaruvchilarning turli xarakteristikalariga muvofiq taqsimlanganda ayrim ishtirokchilarning tadqiqotdan chetlanishi bu muammoni Yuzaga keltiradi. Masalan, tasavvur qiling bir firma saralangan o‘rta zveno menejerlariga ijtimoiy stressli vaziyatlarga qarshi
―emlash‖ ishlarini olib borish orqali yangi bir dasturni amaliy sinovdan o‘tkazmoqchi. Ular firmadagi menejerlarning teng yarmini tavakkaliga tanlab oladilar va har kuni menejerlarni boshqa hodimlar bilan shaxsiy nizoga undovchi sharoit yaratilgan qismga joylashtiradilar. Boshqa guruh menejerlari bu turdagi treninglardan o‘tmaydilar. Tadqiqotdan keyin besh yil davomida bu ikki guruh ishtirokchilarining stress bilan bog`liq ravishda salomatliklaridan shikoyat qilish holatlari hisoblab borilgan. Aniqlanishicha, stressga qarshi emlangan guruh
menejerlarining shikoyatlari kamroq bo‘lgan va kompaniya dasturni muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xulosa bergan. Lekin, bu qanday amalga oshgan?
Tadqiqotchi tomonidan aniqlanishi lozim bo‘lgan savollar ichida quyidagilar ham bo‘lishi kerak: o‘quv dasturini o‘tash vaqtida guruhlardan qancha menejerlar tadqiqotni tark etgan? Stressli guruh menejerlarining aksariyati tadqiqotdan chiqib ketishi bilan bir qatorda ularning aksariyatida stressga nisbatan sezgirlik ham Yuqori bo‘lishi ehtimoli mavjud. Maxsus
―emlangan‖ guruhning muvaffaqiyati faqatgina dastur bilan bog`liq emas, balki ushbu guruhni tark etuvchilar natijasida guruh ishtirokchilarining xususiyatlarini o‘zgarishi ham guruhdagi xarakteristikani o‘zgarishiga ta`sir etgan.
Endi ichki validlikka xavf tug`diruvchi yana bir omil testlashtirish xususida to‘xtalib o‘tamiz. Testlashtirish har qanday manipulyativ jarayonga qaramay ishtirokchilarning xulq-atvorini o‘zgarishiga ta`sir etadi. Test qachonki dastlabki testlashtirish yoki ko‘p marotaba testlashtirish bilan bog`liq ishlar rejalashtirilganda ichki validlikka tahdid tug`diradi. Aytaylik, yangi reklama kompaniyasi sizni firmangizda ishlab chiqarilayotgan yumshatuvchi qo‘l kremi haqida insonlarga etarlicha ma`lumot bera olish olmasligi sizni qiziqtiryapti. Siz katta tasodifiy to‘plamni tanlab olib, ular orasida so‘rovnoma o‘tkazasiz. Siz ularga turli yumshatuvchi qo‘l kremlari va ularning reklama roliklari bilan bog`liq qator savollarni berasiz. Uch oy muddat o‘tib sizning firmangizni qo‘l kremini yangi reklama roligi taqdim etiladi va ushbu kremdan foydalanuvchilar sonini ortganini ko‘rib yana avvalgi guruhda qayta savolnoma o‘tkazsangiz, ularni sizning firmangiz kremi haqidagi ma`lumotlari ortganini guvohi bo‘lasiz. Natijada reklama kompaniyasini muvaffaqiyatiga tan berasiz. Biroq, siz haqmisiz?
Muammo shundaki, bu erda insonlarning qo‘l kremi haqidagi ma`lumotlari darajasini ortishiga reklama bilan bir qatorda dastlabki o‘tkazilgan test ham xizmat qilgan. Bunday testni o‘tkazilishi ushbu guruh ishtirokchilarida qo‘l kremiga nisbatan qiziqishni orttirgan bo‘lishi mumkin. Testlashtirishdan so‘nggina ular ushbu krem bilan bog`liq reklama roliklarini e`tibor bilan kuzatib, ushbu firma haqida ko‘proq ma`lumotga ega bo‘la boshlagan bo‘lishlari ham ehtimoldan yiroq emas.
Qolaversa, ishtirokchilarning eksperimentga va uning ilmiy faraziga nisbatan qiziquvchanligi ham bu kabi ma`lumotlarni to‘plashga ularni undagan bo‘lishi mumkin. Dastlabki testning o‘zi ham ularga ushbu firma va krem haqida ancha ma`lumotlarni berib qo‘yadi. Shu misolga asoslanib, testlashtirish ham qaysidir ma`noda ichki validlikka tahdid qiladi deb aytish mumkin. Biz ichki validlikka xavf soluvchi turli omillar xususida to‘xtalib o‘tdik, lekin ularning ichida shundaylari borki, u yashirin shaklga ega bo‘ladi – bu statistik regressiyadir. Bu vaziyat qachonki tadqiqotchilar sinaluvchilarning muayyan testdagi juda Yuqori yoki juda past natijalariga asoslanib guruhlarga taqsimlaganlarida yuzaga keladi. Chunki, juda past yoki juda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan sinaluvchilarning boshqa test natijasi aralash, ya`ni o‘rtacha ko‘rsatkichga ham ega bo‘lishi mumkin. Ajablanarlisi shundaki, regressiya nega aynan o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan sodir bo‘ladi. Misol bilan tushuntirsak. Siz engil darajadagi aqliy rivojlanishdan orqada qolgan (IQ 53 dan 68 gacha bo‘lgan daraja) maktabgacha yoshdagi bolalarning IQni oshiradigan dastur ishlab chiqdingiz. Buning uchun siz IQ testini o‘tkazib engil darajadagi aqliy rivojlanishi sust 30 nafar bolani tanlab oldingiz. Bolalarni bir yil davomida maxsus dastur asosida o‘qitgandan so‘ng yana test o‘tkazasiz. Test natijalariga ko‘ra siz guruhdagi o‘rtacha IQ ko‘rsatkichi 7 ballga oshganini guvohi bo‘lasiz va sizningcha bu ahamiyatli ko‘rsatkich. Siz o‘z dasturingizni muvaffaqiyatli deb e`lon qilasiz. Lekin, o‘ylab ko‘ringchi aslida ham shunday ekanmi?
Bu natijalarda qanday qilib statistik regressiyaga erishildi? Tasavvur qiling dastlabki IQ testi ikkita mustaqil komponentdan iborat: ideal yo‘l bilan aniqlanadigan ―tabiiy‖ IQ va ―xatoliklar‖. Ideal test shundayki, siz bitta bolada ushbu testni necha marotaba o‘tkazishingizdan qat`iy nazar u bir xil natija ko‘rsataveradi. Agar siz shunday testni tanlay olganingizda edi statistik regressiya hech qanday muammoga sabab bo‘lmagan bo‘lar edi. Biroq, siz o‘tkazayotgan IQ testida xato komponentlari ham uchraydi.
Bu xatoliklar turli o‘zgaruvchilarning ta`siri bilan shartlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, ehtimollar nazariyasiga muvofiq, bolaning shunchaki omadi chopib bilmagan savollariga ham to‘g`ri yoki buning aksi omadi chopmay noto‘g`ri javob bergan bo‘lishi ham mumkin. Balki bolaning ertalabdan kayfiyati yo‘q bo‘lib, o‘tkazilgan dastlabki test davomida ham diqqatini bir joyga jamlay olmagan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Xattoki, tadqiqotchining shaxsiy holati tufayli bola bilan yaxshi munosabat o‘rnata olmaganligi ham test natijasiga ta`sir etgan bo‘lishi mumkin. Biz bu kabi ta`sirlarni miqdori va yo‘nalishini oldindan aytib bera olmaganimizdek, har qanday xato natijalarga nisbatan ham ularni haqiqatga aylantirishdan oldin tanqidiy ko‘z bilan qarashni o‘rganishimiz kerak.


Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, eksperiment shunday murakkab jarayon bo‘lib, o‘zida qator o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarni mujassamlashtiradi.


Eksperimentda validlik degan muhim ko‘rsatkich ham mavjud bo‘lib, uning ikki turi keng tarqalgan: ichki va tashqi. Aynan ichki va tashqi validlikka xavf soluvchi omillarning ta`sirini kamaytirish orqali tadqiqotdan olingan natijalarni amaldagi samaradorlik darajasini orttirish mumkin.

Download 6,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish