O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta


Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar



Download 6,15 Mb.
bet139/193
Sana11.04.2022
Hajmi6,15 Mb.
#542095
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   193
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi (1)

Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar


Tasodifiy to‘plamni (randomizatsiya) yig`ish oddiydir. To‘plam uchun xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni tanlab olish usulidan foydalanish mumkin. Agar siz ikkita umumiy elementni tanlab olgan bo‘lsangiz, ulardan bittasini, eng ummiyrog`ini tanlashingiz lozim. Umumiy elementlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa ularning yagona eng umumiyrog`ini ajratib olish darkor. Ko‘pgina matematik ma`lumotnomalarda maxsus jadvallar keltirilgan bo‘lib, ularda tasodifiy tanlanma sonlar qatori keltirilgan. Aynan shu qatorlar yordamida tanlanma tasodifiy sonlarni aniqlash mumkin. Agar siz qandaydir sharoitni tasodifiy o‘zgaruvchiga aylantirmoqchi bo‘lsangiz, unda siz ushbu sharoit haqiqatdan ham tasodifiy tarzda o‘zgarayotganiga amin bo‘lishingiz lozim, chunki, tasodifiy tuyulgan har qanday sharoit aslida bunday bo‘lmasligi mumkin. Masalan, agar siz o‘zingiz sharoit yaratib eksperimentni randomizatsiyalamoqchi bo‘lsangiz, siz ularni randomizatsiyalamagan bo‘lasiz. Bizga ma`lumki, insonlar tasodifiy hodisalarni qiyinchilik bilan boshqaradilar. Agar siz sinaluvchilar kun yoki semestr davomida eksperimentdagi tasodifiy ishtirokchi bo‘la oladilar deb hisoblasangiz adashasiz. Insonlarning kunduz kuni, kechqurun yoki bir oy davomida qilishni istagan narsalari turli harakterga ega bo‘ladi. Yangi eksperimentatorlar ko‘pincha randomizatsiyalashda xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Tasodifiy o‘zgaruvchilarni qo‘llanilishining asosiy afzalligi – natijalarni umumlashtirish mumkin va tashqi validligi kuchli bo‘ladi. Yuqorida biz ta`kidlab o‘tganimizdek barcha sharoitlar eksperiment davomida nazorat qilib borilsa uning natijalarini umumlashtirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Aynan mana shunday holatni oldini olish uchun eksperiment davomida tasodifiy o‘zgaruvchilarni ishtiroki ta`minlansa, tadqiqot natijalarini umumlashtirish imkoniyati Yuzaga keladi. Shundagina randomizatsiya samarali eksperiment vositasiga aylanadi.
Endi randomizatsiya o‘zi nima ekanligiga to‘xtalib o‘tsak.
Ayrim vaziyatlarda sharoitlarni tasodifiy yoki idora qilsa bo‘ladigan o‘zgaruvchilar sifatida ko‘rib chiqishning o‘zi etarli emas. Randomizatsiya va idora qilinadigan o‘zgaruvchilar ikki qutbda joylashgan holatlardir. Mana shu ikki qutb oralig`ida cheklangan randomizatsiyaning turli darajalari joylashadi. Bunday vaziyatda hodisalarni bir qismi idora etiladi va boshqa qismi randomizatsiyalanadi. Aytaylik, bizning reaksiya vaqtini aniqlashga qaratilgan tadqiqotimizda bir necha bor mashq qilish muhim o‘zgaruvchi bo‘lishi mumkinligini bilamiz. Agar dastlabki urinish yorug`lik intensivligining zaifligi bilan harakterlanib, keyingi urinishlar yuqori yorug`lik intensivligiga etib borsa, bizni eksperiment natijasiga ta`sir etganlikda ayblashlari mumkin: chunki, yorug`likning har qanday zaif va kuchli intensivligiga nisbatan reaktsiya vaqti orasidagi farq bir necha bor mashq qilganlik bilan shartlangan bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday muammodan qochish uchun mashq qilish ko‘rsatkichini nazorat qilishimiz va har bir sinaluvchiga bir marotabadan urinib ko‘rish imkoniyatini berishimiz mumkin. Yoki zaif va kuchli intensivlikda urinishlarni tasodifiy tarzda tashkil etishimiz mumkin. Masalan, 12 marotaba tanga tashlab, agar rasmli tomoni tushsa Yuqori intensivlikdagi chiroqni, raqamli tomoni tushsa zaif intensivlikdagi chiroqni yoqishimiz mumkin. Biroq, bu ham unchalik ishonchli usul emas, chunki bitta tomon bir necha bor ketma-ket tushib qolishi va eksperimentga noadekvat tarzda ta`sir etishi mumkin. Bu muammodan qochish uchun ehtimollar nazariyasiga muvofiq teng miqdordagi urinishlarni hisobga olamiz. Shu tariqa urinishlarga bir qancha cheklovlarni kiritamiz va ularni taqsimlashda tasodifiylik qoidasiga amal qilamiz. Buning uchun 6 ta qog`ozga ―Yuqori intensivlik‖ va 6 ta qog`ozga ―zaif intensivlik‖ so‘zlarini yozib qo‘yamiz va ularni tanlab ketma-ketlikni aniqlab olamiz. Mana shundagina ikki toifadagi intensivlikning tanlanish miqdori teng bo‘ladi.
Bundan boshqa cheklovlar ham mavjud. Biz bir intensivlikda urinishlar soni ortib ketishini muayyan tarzda nazorat qilishimiz mumkin. Bunday sharoitda bloklar ichidagi randomizatsiya amalga oshadi, natijada bloklar cheklov vazifasini o‘taydi. Ushbu muqobil variantni qo‘llash orqali biz to‘rtta blok, shundan ikkitasi yuqori intensivlikka, ikkitasi zaif intensivlikka ega bo‘lgan bloklarni ajratib olsak, har bir blok ichida tasodifiy tanlanishlar sodir bo‘ladi.
Biz ideal eksperiment o‘tkazish maqsadida manipulyatsiyalashga mustaqil o‘zgaruvchini, o‘rganishga tobe o‘zgaruvchini, qolgan sharoitlarni esa idora etiladigan hamda tasodifiy
o‘zgaruvchilarga aylantirib, cheklangan randomizatsiyani tanlasak ham ayrim o‘zgaruvchilar borki, ular eksperimentga o‘z ta`sirini o‘tkazmay qolmaydi. Biroq, har qanday eksperiment ideal tarzda tashkil etilmaydi, chunki real hayotda ayrim hodisalar eksperiment jarayoniga o‘z ta`sirini o‘tkazadi. Bunday vaziyatda eksperimentator aralashuvchi o‘zgaruvchilar qachon ―boshini jarayonga suqmasligini‖ bilishi lozim. Mustaqil o‘zgaruvchini boshqaruvi ta`sirida tizimli ravishda o‘zgaruvchi har qanday ko‘rsatkich aralashuvchi o‘zgaruvchilar deb ataladi.
Masalan, yuqorida keltirilgan reaktsiya vaqti tajribamizga asoslanib chiroq yorug`ligining uch intensiv darajasini ajratib olishimiz mumkin: dastlabki 20 ta urinishni o‘zida mujassamlashtirgan zaif, keyingi 20 ta urinishni o‘zida aks ettirgan o‘rta va nihoyat oxirgi 20 ta urinishlarni yuqori deb baholashimiz mumkin. Shunga muvofiq ―insonlar chiroq yorug`ligi qanchalik intensiv bo‘lsa shunchalik tez reaktsiya bildiradilar‖, deb xulosa qilsak, kimdir e`tiroz bildirishi mumkin ―yo‘q, insonlar bir necha bor urinib ko‘rib tajriba orttirganlaridan so‘ng tez reaktsiya qaytaradilar‖, deb. Agar kuzatuvlarga tayanadigan bo‘lsak, har ikki holat ham to‘g`ri. Muammo shundaki, biz eksperiment jarayoniga bevosita mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirida tizimli ravishda o‘zgarib turadigan ko‘rsatkichlarni aralashishiga beixtiyor imkoniyat yaratib berdik.Eksperimentator murakkab o‘lchamlarni aniq tizimli tekshirishi va natijalarni Xeminguey uslubida talqin etishi mumkin, biroq, aralashuvchi o‘zgaruvchilar uning barcha urinishlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bunday qiyinchiliklar Coca-Cola va Pepsi-Cola brendi taqdimotida ham uchragan. Pepsi brendi o‘z mahsulotini Coca-Colaga qarshi qo‘yib degustatorlar ishtirokida test sinovi o‘tkazadi, unga ko‘ra odatda Q yozilgan stakandan Coca-Cola, M yozilgan stakandan Pepsi- Cola ichimliklarini iste`mol qilganlar. Deyarli aksariyat degustatorlar pepsi ichimliklari solingan stakanlarni ma`qul ko‘rganlar. Ushbu vaziyatni kuzatib turgan Coca-Cola rahbariyati tezda chora ko‘rish maqsadida boshqa eksperiment o‘tkazadi. Unga ko‘ra, ichimliklar emas balki, Q va M harflarining qaysi biri insonlarga ma`qulligini aniqlaydilar. Ushbu eksperiment natijasiga asoslanib, shunday xulosaga kelinadi: aksariyat insonlar M harfini ma`qul ko‘radilar. Shu boisdan, ular M harfi yozilgan stakanlarni ularni ichidagi ichimlikning ta`miga qarab emas, balki, shunchaki M harfi Q harfiga nisbatan ko‘proq ularga ma`qul bo‘lganligi uchun ushbu stakanlarni tanlaganlarini ma`lum qiladilar. Ushbu farazni tasdiqlash uchun eksperimentni keng miqyosda quyidagi tartibda ham o‘tkazilgan, unga ko‘ra Q va M harflari yozilgan stakanlarga Coca-Cola ichimligi quyib berilganda ham sinaluvchilar M harfi yozilgan stakandagi ichimlikni afzal deb hisoblaganlar. Ajablanarlisi, ushbu tadqiqotlarda harflar aralashuvchi o‘zgaruvchi vazifasini bajargan. Dastlabki test davomida harflar ichimliklar bilan birga o‘zgarib borgan, vaholanki, degustatorlar keyinchalik ichimliklarning harfi o‘zgargani bilan ta`mi bir xil ekanini aniqlaganlar. Mavzuning boshida Kuk va Kempbellar tomonidan validlikning bir qancha turlari ajratib o‘tilgani haqida gapirgan va tashqi validlikka to‘xtalib o‘tgan edik. Validlikning yana bir turi – bu ichki validlikdir. Bunda mustaqil o‘zgaruvchilarni manipulyativ holati haqiqatdan ham tobe ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ldimi yoki bunga boshqa omillar ta`sir etdimi aniqlash lozim. Agar bunday o‘zgarishlar mustaqil ko‘rsatkichlar ta`sirida yuz bermasa, unda sabab aralashuvchi o‘zgaruvchilardadir. Shu boisdan, eksperiment jarayonidagi aralashuvchi o‘zgarishlardan qanday qochishni o‘ylashda ichki validlikka tahdid haqida ham bosh qotirish lozim. Eksperimentatorning vazifasi aralashuvchi o‘zgaruvchilar ta`sirida ichki validlikka havf soluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishdir.

    1. Download 6,15 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish