“Rozentsveyg frustratsiya testi” proektiv metodikasi
Metodika 1945 yilda S.Rozentsveyg tomonidan taklif etilgan bo‘lib, olim tomonidan ishlab chiqilgan frustratsiya nazariyasiga asoslanadi.(lot. Frustration-aldash, ruxsizlik holati). Metodikada stimul material bo‘lib frustratsion vaziyatlarga tushgan shaxslar tasvirlangan 24 ta rasm xizmat qiladi.Chap tomonda turgan shaxs o‘zining yoki boshqa shaxsning frustratsiyasini so‘z bilan tasvirlaydi. O‘ng tomondagi shaxsning tepasida bo‘sh kvadrat bo‘lib, sinaluvchi miyasiga kelgan birirnchi fikrni ifodalashi zarur. Rasmlardagi personajlarda mimikalar aks etmagan. Rasmlarda tasvirlangan vaziyatlar kundalik turmushdan olingan bo‘lib, ularni ikki guruxga ajratish mumkin: 1)to‘siq- vaziyatlar yoki S.Rozentsveyg terminologiyasi bo‘yicha «egoblokinglar». Bunda har qanday usul bilan o‘ng tomondagi personajning jahlini chiqarishga harakat qilinadi.
ayblash vaziyatlari, yoki «superegoblokinglar».Bu vaziyatlarda o‘ng tomonda chizilgan personaj nimadadir ayblanadi yoki uni javobgarlikka tortiladi.
Olingan javoblarni baholash S.Rozentsveyg nazariyasiga mos ravishda reaktsiyalar va ularning yonalishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yo‘nalishiga ko‘ra reaktsiyalar uchga bo‘linadi: a) ekstrapunitiv – frustratsiyaning sababi tashqaridan izlanadi, vaziyatni hal qilish boshqa odamlarga bog‘liq bo‘ladi; b) intropunitiv – reaktsiya aybni o‘ziga olishga qaratilgan bo‘lib, frustratsiya vujudga keltirilgan holat muhokama qilinmaydi; c) impunitiv – frustratsiya vujudga keltiruvchi vaziyat vaqt o‘tishi bilan hal bo‘ladigan ahamiyatsiz holat deb baholanadi, atrofdagilar yoki o‘zi ayblanmaydi. Ekstrapunitiv, intropunitiv, impunitiv yonalganlikni belgilash uchun E, I, M – harflari mos ravishda foydalaniladi.
Bundan tashqari reaktsiya tipiga ko‘ra ham uchga bo‘linadi: a) to‘sqinlik dominantlik (E‘, I‘, M‘) – frustratsiya vujudga keltiradigan to‘siqqa qulay, noqulay va ahamiyatsiz bo‘lishidan qat‘iy nazar urg‘u beriladi; b) o‘zini himoya qiluvchi (E, I, M)- o‘z «men»ini himoya qilishga qaratilgan, o‘z aybiga iqror bo‘lish yoki rad etish;
ehtiyojga qaratilgan - nizoli vaziyatlarni kimdandir yordam olib yoki o‘zi hal qilishni bo‘yniga olib konsruktiv hal qilish.
Frustratsiya vaziyatidagi xulq-atvor haqida qo‘himcha ma‘alumotni Rauxfmeysh (1971) indexsi beradi.Ularga quyidagilar kiradi:
«Agressiyaning yonalganligi» indexsi- E/I;
«Agressiyaning trasformatsiyasi» – E/e;
«Muammolarni hal qilish» indexsi – i/e.
S.Rozentsveyg nazariyasiga ko‘ra frustratsiya organizm qandaydir hayotiy ehtiyojlarni qondirish yo‘lida to‘siqlarga duch kelgan holatlarda Yuzaga keladi. Frustratsion vaziyatlarda organizm himoyasi uch darajada amalga oshiriladi: hujayraviy(fagotsit va antitelalar va b. ta‘siri); avtonom
organizmni jismoniy «agressiyalardan» himoya qilish; kortikal, psixologik darajada shaxs reaktsiyalari yo‘nalganligiga mos tiplarni ajratish amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda ushbu test MDH davlatlarida keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |