O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta


OBRAZLI, SO„Z-MANTIQLI TAFAKKUR TURINI BAHOLASH UCHUN METODIKALAR



Download 6,15 Mb.
bet55/193
Sana11.04.2022
Hajmi6,15 Mb.
#542095
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   193
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi (1)

OBRAZLI, SO„Z-MANTIQLI TAFAKKUR TURINI BAHOLASH UCHUN METODIKALAR

«Mantiqsiz tasvirlar» metodikasi


Ushbu metodika yordamida bolaning atrofdagi borliq hamda ushbu moddiy dunyodagi bir qancha ob'ektlarning orasida o‗zaro bog‗lanishlar va munosabatlar haqida elementar obrazli tasavvurlari: hayvonlar bilan, ularning hayotiy ko‗rinishlari bilan, tabiat bilan baholanadi.
Ushbu metodika yordamida bolaning mantiqiy mulohazasi va o‗z fikrini grammatik jihatdan to‗g‗ri ifodalay olishi aniqlanadi. Metodikani tashkil qilish jarayoni quyidagicha olib boriladi:

    1. rasmda tasvirlangan ko‗rinishlar bolaga tavsiya qilinadi, unda hayvonlar bilan bog‗liq bir qancha «mantiqsiz» hodisalar mavjud.




5-rasm
Bolaga rasmni ko‗rsatish jarayonida, unga quyidagi ma'noda ko‗rsatma beriladi: «Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni ko‗rib chiq hamda bizga shuni ayt-chi, rasmda hamma narsa o‗z joyida chizilganmi va ushbu ob'ektlar to‗g‗ri tasvirlanganmi? Agar sen qaysidir ob'ektni o‗z joyida tasvirlangan emas, deb hisoblasang, nima uchun shunday bo‗lishi kerakligini tushuntirib ber va sen bizga aslida qanday bo‗lishi kerakligini aytib ber?».
Ko‗rsatmaning ikkala qismi ham ketma-ketlik bilan bajariladi. Birinchi navbatda bola xatolarni aytib, rasmlarda ko‗rsatib beradi, so‗ngra haqiqatda qanday bo‗lishi lozimligini izohlaydi.
Rasmlarni ko‗rish va topshiriqni bajarish vaqti chegaralangan, ya'ni uch daqiqa vaqt beriladi. Bu vaqt mobaynida bola iloji boricha mantiqsiz voqelikni ko‗proq topishi va haqiqatdan qanday bo‗lish kerakligini tushuntirib berishi kerak.
Natijalarni baholash
10 ball – agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida rasmdagi hamma mantiqsiz tasvirlarni (jami 7 ta) aniqlab hamda qoniqarli tushuntirib bera olishga ulgursa va haqiqatdan qanday bo‗lishini sharhlab bera olsa, ushbu baho qo‗yiladi;
8 - 9 ball – bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo birdan uchtagacha tasvirni haqiqatdan qanday bo‗lishini sharhlab bera olmasa qo‗yiladi;
6 - 7 ball – bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo 3 - 4 tagacha tasvirni haqiqatdan qanday bo‗lishini sharhlab bera olmasa qo‗yiladi;
4- 5 ball – bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlasa-yu, ammo 5 - 7 tagacha tasvirni chegaralangan vaqt mobaynida sharhlab berishga ulgura olmasa qo‗yiladi;
2 - 3 ball bola chegaralangan vaqt mobaynida 1 - 4tagacha tasvirni aniqlab bera olmadi va sharhlashga vaqti etmasa;
0-1 ball — chegaralangan vaqt mobaynida bola rasmdagi 7 ta mantiqsiz tasvirlardan 4 tasini topsa qo‗yiladi.
Izoh: 4 va undan yuqori ball, agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida topshiriqning birinchi qismini to‗liq bajara olsa, ammo ularni tushuntirib va sharhlashga ulgura olmasa qo‗yish mumkin. Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish:
10 ball — juda Yuqori 8- 9 ball — Yuqori
4 - 7 ball — o‗rtacha
2- 3 ball — past
0-1 ball — juda past



Download 6,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish