Qiymatlarni tavsiflash uchun statistikalar
Psixologlar 2 ta asosiy statistik metoddan foydalanadilar: statistik tavsif va statistik xulosa. Tavsiflovchi statistika –bu eksperimentatorga har bir qiymat haqida bayon qilib turishning o‘rniga, ayrim qiymatlarni tavsiflash haqida ma`lumot beradi. Statistik xulosa haqida biroz keyinroq shu bobda muhokama qilinadi.
Markaziy tendentsiya
Ma`lumotlarni yig`ishda asosiy bilishimiz kerak bo‘lgan yana bir jihat bu ishtirokchilarni turli sharoitlarda boshqalardan ajralib turadigan xatti-harakatilaridir. Psixologlar bunday tipik xatti- harakatlarni ifodalovchi statistikani markaziy tendetsiya ko‘rsatkichi deb nomlaydilar. Bizning ikki guruhimizni taqqoslash uchun qilgan eksperimentimizda - talaba-psixologlar va talaba- iqtisodchilarning markaziy tendentsiyasini topishdan iborat.
. Moda - oson hisoblanadi, lekin odatda, ko‘pgina ma`lumotlarni bee`tibor qoldirganligi sababli o‘rtacha statistika hisoblanadi. Moda – bu eng ko‘p uchrab turuvchi bir qiymat. Bizning misolimizda moda mavjud emas, chunki hech qaysi baho 1 martadan ko‘p takrorlanmagan. Modani ma`lumotlarni kategoriyalarga ajratgandan so‘ng topish mumkin. Talaba-psixologlar uchun moda 50-59 kategoriyasidir, undagi tez-tez takrorlanuvchi hodisa 3. Bu kategoriya berilgan taqsimotning markaziy tendentsiyani ifodalasada, bitta bahoni joylashtirsak moda tezda o‘zgaradi. Masalan, 14chi student 58 emas 71 bahoni oldi. Tez -tez takrorlanuvchi hodisa 3 bo‘lgani uchun, moda endi 70-79 kategoriyaga o‘tadi. Siz bu kategoriyaning markaziy tendentsiya yaxshi ifodalaydi deb hisoblaysizmi?
Muammo shundaki tipik xatti-harakatlarni tavsiflashda moda faqatgina bitta qiymatni, ya`ni eng ko‘p takrorlanuvchi qiymatni oladi. U boshqa qiymatlarni e`tiborsiz qoldiradi. shuning uchun siz modadan foydalanayotganingizda joy tartibi va har bir songa tegishli bo‘lgan ko‘pgina ma`lumotlarni tashlab ketasiz.
Mediana – bu haqiqiy markaziy qiymat; undan Yuqorida va pastda teng miqdordagi qiymatlar joylashadi. Medianani hisoblash uchun hamma qiymatlarni tartib bilan qo‘ying va undan so‘ng, o‘rta qiymatni aniqlang. Agar siz juft qiymatlarga ega bo‘lsangiz, u holda mediana ikkita markazdagi qiymatlarning o‘rtasidagi qiymat bo‘ladi. Masalan, iqtisodchi talabalarning 10ta bahosini tartib bilan joylashtirib chiqamiz. Beshinchi baho – 62, oltinchisi esa – 63 ligini ko‘ramiz, shuning uchun mediana 62,5ga teng bo‘ladi. Talaba-psixologlar uchun mediana 56,5 ga teng bo‘ladi. Medianani hisoblashda faqatgina tartibning o‘zi aniqlovchi printsip bo‘lgani uchun qiymatlar orasidagi o‘lcham farqlarni namoyon qilmaydi. SHu bilan birga biz taqsimotdagi istalgan qiymatni, medianaga tegmagan holda, o‘zgartirishimiz mumkin, qachonki ro‘yxatda markaziy qiymatning joyi o‘zgarmasa. Medianani tavsiflaganda ham biz ayrim ma`lumotlarni yo‘qotayapmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |