16.3.Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlarning yutuq va kamchiliklari
Guruh ichidagi eksperimentlar
|
Guruh ichidagi eksperiment
|
Yutuqlar
|
Kamchiliklar
|
Yutuqlar
|
Kamchiliklar
|
Ishtirokchilar sonining
ko'p bo'lishi
|
Bir - biriga ta'sirni
kuchliligi
|
Guruhlararo raqobat
|
Guruhlararo farq
|
Eksperimentga kamroq
vaqt sarflanishi
|
ABBA tengligi guruhni
aralashishiga halaqit beradi
|
Tenglashtirish kerak
emas
|
Ko'p
ishtirokchilarning kerak bo'lishi
|
Gurhlararo
o'zgaruvchanlikni kamligi
|
Ta'sir qilish diapazoni
muammolarni hal qilishi mumkin
|
Tanlovlar guruhdagi
o'zgaruvchanlikni kamaytiradi
|
Ko'p vaqt ketishi
|
|
|
Ishtirokchilarni
tasodifiy bo'lish mumkin
|
Guruhlarni hosil qilish
ko'p kuch talab etadi
|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Guruhlararo o‘tkaziladigan eksperimentlarning yutuqlari nimada? 2.Guruhlararo eksperimentlarni tuzishda nimaga e`tibor berish lozim?
3.Guruh ichida eksperimentlar guruhlararo eksperimentlardan qaysi jihati bilan farqlanadi. 4.Negativizm deb nimaga aytiladi?
5.Nonkonformizm tushunchasi qanday guruhga nisbatan qo‘llanadi?
Mavzu bo‟yicha test topshiriqlari
insonni xulq - atvorini o'zgarishi yoki guruh bosimi ostida o'zgarishidir
A Nonkonformizm
B. Konformizm effekti
V. Negativizm
G. Tashqi konformizm
- bunda sinaluvchi xohlab guruh fikriga qo'shiladi.
Ichki konformizm
Tashqi konformizm
V. Nonkonformizm
G. Negativizm
- mustaqillik, ko'pchilikga qo'shilmaydi va bog'lanmaydi.
Ichki konformizm
Tashqi konformizm
V. Negativizm
G. Nonkonformizm
- bunda sinaluvchi guruh normalaridan va a'zolardan qo'rqgani uchungina guruh fikriga qo'shiladi, aslida u o'z fikrida turadi.
Tashqi konformizm
Negativizm
V. Nonkonformizm
G. Konformizm effekti
Qaysi olim dala sharoitidagi guruhni holati bo'yicha eksperiment o'tkazgan.
A. T.Nyukom B.K.Levin. V.J.Moreno.
G. V.Kardinskovo
Nechanchi yilda Stenli Milgram konformizmni keltirib chiqaruvchi sharoitlarni sanab o'tgan A.1978y
B.1985y V.1975y G.1965y
XVII. EKSPERIMENTLARNI LOYIHALASHTIRISH
Reja:
Bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar.
Faktorli loyihalar.
Maqsad:
Talabalarda eksperimentlarni loyihalashtirish haqida nazariy bilimlarni shakllantirish.
Vazifalar:
Talabalarda bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar, faktorli loyihalar ilmiy dunyoarashni, ijodiy mustail tafakkurni rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
Interpolyatsiya. Ekstrapolyatsiya, Ikki darajali eksperiment. Tub effekti. omilli reja. rotatsion eksperimentlar. Shift effekti, faktor. Faktorli eksperiment.Gomogen.geterogen
Bir o‟zgaruvchili eksperimentlar
Oddiy eksperimentda bir mustaqil o‘zgaruvchi ikki darajaga ega bo‘ladi. Ayrim tadqiqotchilar mazkur darajalarga mos keluvchi guruhlarni eksperiment guruhi va nazorat guruhi deb nomlashni ma`qul ko‘radilar. Ba`zi hollarda nazorat sharti – biron-bir ta`sirning mavjud emasligi aniq-ravshan bo‘ladi. Masalan, sizni biron-bir dorining xulq-atvorga ta`siri qiziqtirsa, nazorat guruhi bu dorini olmaydi, eksperiment guruhi esa – oladi. Bu erda nazorat guruhi kuzatilayotgan effekt eksperimentda ishtirok etishining o‘zi bilangina paydo bo‘lmaganini ko‘rsatishga ham yordam beradi. Boshqa hollarda, ayniqsa mustaqil o‘zgaruvchining bir necha darajalaridan foydalanilganida, qaysi guruhni nazorat guruhi deb nomlash zarurligi aniq bo‘lmaydi10. Shu sababli odatda, mustaqil o‘zgaruvchini tavsiflash uchun daraja atamasi ishlatiladi. Nima bo‘lganda ham biz real eksperimentga ega bo‘lish uchun kamida ikki darajadan foydalanishimiz lozim. Aks holda mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi xulq-atvorda o‘zgarish Yuz berishiga sabab bo‘lgan, deb aytish mumkin bo‘lmaydi, chunki taqqoslashni amalga oshirish mumkin emas.
Ma`lumotlarga qaraganda, eksperimental psixologiya endigina paydo bo‘lgan davrda bir o‘zgaruvchili va ikki darajali eksperimentlar odatdagi bir hol hisoblangan. Fanimiz o‘zining shakllanish bosqichida bo‘lgani bois, tadqiqotchilar mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirining xususiyatini aniqlashdan ko‘ra, umuman mustaqil o‘zgaruvchi biron-bir ta`sir ko‘rsatadimi, degan savolga javob topish bilan ko‘proq shug`ullanganlar. Boz ustiga, ular yanada murakkab eksperimental omillarni tahlil qilish uchun zarur tekshirishlarning statistik metodlarini hali ishlab chiqqan bo‘lmagan. Bir qator holatlar uchun metodlar mavjud bo‘lgan, biroq, qoida tariqasida, o‘rtacha tadqiqotchiga ular yaxshi ma`lum bo‘lmagan.
Bugungi kunda jurnallarning muharrirlari odatda eksperimentda ta`sirlarning ikkitadan ortiq darajalarini ko‘rishga umid qiladilar. Ba`zan juda yaxshi bajarilgan ikki darajali eksperimentlar maqbul deb qaraladi (ayniqsa bir nechta eksperimentlar to‘g`risida xabar berilganida), biroq tipik eksperiment odatda darajalar to‘plamiga ega bo‘ladi. SHunga qaramay ikki darajali eksperimentdan birinchi qadam sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Boshlovchi
10 Masalan, biz mustaqil o‘zgaruvchi sifatida jinsni (u sizda qay darajada ifodalangani nuqtai nazaridan emas, balki siz ikki jinsdan qaysi biriga mansubligingiz nuqtai nazaridan) qo‘llashga qaror qilgan bo‘lsak, kimni nazorat guruhi deb nomlasak, o‘rinli bo‘ladi: erkaklarnimi yoki ayollarnimi? Feministlar va ularning raqiblari bu xususda soatlab bahslashishlari mumkin, shu bois, undan butunlay uzoqlashish va guruhlarni 1-daraja va 2-daraja deb belgilash, bizningcha, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
eksperimentatorlar bunday eksperimentni o‘tkazishni o‘rganib olishlari lozim. Ayrim hollarda ikki darajali eksperimentlar qimmatli natijalar berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |