Tobe o‘zgaruvchi qandaydir mustaqil o‘zgaruvchining ta`sirida xulq-atvorda ro‘y beradigan o‘zgarishdir. Tekshirish uchun xulq-atvordagi o‘zgarishlarning xilma xil ko‘rsatkichlari predmet qilib olinishi mumkin. Tobe o‘zgaruvchi sifatida qanday jarayon yoki hodisani tanlashimiz yakunda nimani tekshirishimizni ma`lum qiladi.
Yana bir karra tushunchalarning talqini
Keling, ―Zo‘ravonlik tasvirlangan teleko‘rsatuvlar bolalardagi agressivlikni oshiradimi?‖ degan savolga qaytaylik. Tasavvur qilaylik, biz tajribada agressivlik darajasiga teleko‘rsatuvlar ta`sirini tekshirishni rejalashtirganmiz. Bunday holatda biz avvalo agressivlik tushunchasiga operatsional ta`rifni aniqlashtirib olishimiz kerak bo‘ladi. Chunki agressivlik deganda nimani tushunishmiz bolaning qaysi harakatlarini agressiya toifasiga kiritishimizni belgilab beradi.
Avvalo, shuni ta`kidlash kerakki, biz keltirayotgan misolga o‘xshash vaziyatda tadqiqotchi birinchi navbatda tobe o‘zgaruvchi sifatida gavdalanayotgan agressivlikning mezoni, agressiv xatti-harakatlarni ifodalovchi alomatlar deganda nimalarni qabul qilishini hal etishi kerak. Bu masalani hal etishning usullaridan biri ekspertlar guruhiga har bir bolaning o‘yin vaziyatidagi xatti-harakatlari tasvirlangan videolavhani ko‘ rsatib, ularga 7 balli shkala asosida bola xulq- avtorida agressiyaning namoyon bo‘lishi darajasini baholashdir. Boshqacha usulni qo‘llab, ya`ni bolalarga turli muammoli vaziyatlarga tushib qolgan bolalar haqida hikoya qilib berib, ularning o‘rnida o‘zlari bo‘lganda qanday yo‘l tutishlarini so‘rash orqali ham ushbu masalani echish mumkin. SHuningdek, bolalarning agressiv toifaga kiruvchi o‘yinchoqlar (masalan, to‘pponcha, pichoq va h.) va noagressiv o‘yinchoqlar (masalan, mashinalar, qurilish uskunalari, qo‘g`irchoqlar va h.) bilan o‘ynashini kuzatishimiz mumkin. Kuzatuv natijasida biz har bir toifa o‘yinchoqlar bilan bola qancha vaqt o‘ynayotganini qayd etib, bu belgini agressivlik ifodasi sifatida qabul qilishimiz mumkin. Shubhasiz, qo‘yilayotgan ilmiy-tekshiruv masalasining bu jihatini hal etishning yana boshqa xil usullarini o‘ylab topsa bo‘ladi. Muhimi shuki, ilmiy tekshiruvga kirishayotganda, albatta, operatsional ta`rifni aniqlashtirib olish shartdir.
Ba`zida tobe o‘zgaruvchi go‘yo aniq ko‘rinib turgandek bo‘lganda ham, operatsional ta`rifni aniqlashtirish qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, ikki tadqiqotchi evolYutsion psixologiyada ilgari surilayotgan ayrim nazariyalar statistika ma`lumotlari bilan qanchalik tasdiqlanishini tekshirmoqchi. Jumladan, shunday taxminlardan biriga ko‘ra, odam o‘zi bilan birga yashayotgan odamlar orasida o‘ziga irsiy jihatdan qondosh-qarindosh bo‘lganlarga nisbatan ularga genetik aloqasi yo‘q odamlarni ko‘proq o‘ldiradilar. Go‘yoki bu erda har bir toifaga kiruvchi odamlar orasida kimlarga nisbatan ko‘proq qotillik jinoyati sodir etilganini hisoblashning o‘zi kifoyadek tuYuladi. Ammo qotillik deganda nimani tushunish kerak? Ba`zi mamkalatlarda qotillik jinoyati tofasiga qotillikka urinish va behosdan odam o‘ldirish kiritiladi. Bu holda o‘tkazilayotgan tekshiruv qanday yakunlanganidan qat`iy nazar barcha suiqasdlar va ehtiyotsizlik sababli ro‘y bergan qotilliklarni hisobga olish zarur bo‘ladi. Tasodifiy qotilliklarning ko‘pchiligi, xuddi mashinada odamni urib Yuborish holati kabi vaziyatlarda aslida qotillik niyati bo‘lmaydi. Niyatning bo‘lishi qanchalik muhim? Agar niyat muhim bo‘lsa, unda qotillikka urinishni ham qotillik deb hisoblash kerak. Yoki faqatgina sud hukmi bilan aybdor, deb topilganlarni qotillar toifasiga kiritish mumkinmi?Bir qarashda oxirgi tilga olingan yondashuv to‘g`riday: hisob kitobga aybdorligi isbotlanmagan odamlarni
kiritmagan ma`qul. Ammo ayblovlar sonini sanash yana boshqa xil raqamlarni berishi mumkin. Detroytda bir yilda sodir qilingan qotilliklarda 20 ta erkak o‘z xotinini o‘ldirganda aybdor deb topilgan, 9 ta ayol o‘z erining qotili sifatida qayd etilgan. Bu raqamlar go‘yo oiladagi qotilliklar ko‘proq erkak kishilar tomonidan sodir qilinishini ko‘rsatayotganday. Biroq aslida bunday qotilliklar ko‘proq ayollar tomonidan sodir etiladi. Faqatgina qotil xotinlarning jinoyat ishlari 75% holatlarda tergov-surishtiruvsiz tugallanadi, qotil erlar orasida esa bu ko‘rsatkich 20% tashkil etadi, xolos. Tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, ayblovlarning o‘zini hisoblash jinoyatchilardan ko‘ra ko‘proq da`vogarlarning xulq-atvori haqida ma`lumot beradi. Ushbu misoldan ham ma`lum bo‘layaptiki, tobe o‘zgaruvchilarni operatsional aniqlash mustaqil o‘zgaruvchilarni aniqlashtirishdan oson emas.
Tobe o‘zgaruvchilarni aniqlashtirishda biz nafaqat operatsional ta`riflar masalasini, balki amalga oshiriladigan tekshiruv valid va ishonchli bo‘lishini ham nazorat qilib turishimiz kerak.