Rasm chizish jarayoni taxlili
Bunda asosiy e‘tibor quyidagilarga qaratilishi zarur:
Oila a‘zolari rasmini chizishda ketma-ketlik;
detallarni chizishda ketma-ketlik; c)o‘chirish;
o‘chizib bolingan o‘bektlar, detallar va figuralarga qaytish;
pauzalar;
spontan izohlar.
Bolallar rasmda birinchi bo‘lib emotsional jihatdan eng yaqin odamni aks ettiradi. O‘zlarini birinchi bo‘lib tasvirlash bolalarga xos bo‘lgan yosh xususiyati –egotsentrizm bilan bog‘liq. Agar rasm onasi yoki o‘zidan emas,boshqa oila a‘zolaridan boshlansa,bu shaxs bola uchun qadrli bo‘lib unga bog‘langan bo‘ladi.Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning unga nisbatan negativ munosabatini bildiradi.
Oila a‘zolarini chizishdagi ketma-ketlik taxlili figuralar grafik tasviri xususiyatlari taxlili bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma‘lumotlar olish mumkin.Agar birinchi tasvirlangan figura hajm jihatdan katta, biroq sxematik tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning unga nisbatan hissiyotlari ijobiy emas. Ko‘pincha bolalar oila rasmi chizish vazifasini olishgach, oila a‘zolarini chiza boshlaydilar. Ba‘zi bolalar esa avval turli ob‘ektlarni quyosh, mebel rasmini chizib, keyin odamlarni tasvirlashga kirishadilar. Bu o‘ziga xos himoya reaktsiyasi bolib, bola o‘ziga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. Ko‘pincha bu noqulay oilaviy vaziyat, yomon munosabatlar, shuningdek, ba‘zida psixolog bilan bolaning aloqasi yomon bo‘lganida kuzatiladi.
10. 4.“Jil film testi” proektiv metodikasi
Jil film testini 1959 yilda Rene Jil kashf etgan. Jil film testi uchun qo‘zg‘atuvchi material bo‘lib bolalar va kattalar tasvirlangan 69ta kartinkalar hizmat qiladi. Bunda bolaning boshqalar bilan munosabatlari o‘rganiladi. Masalan, rasmda stol atrofida o‘tirgan oila tasvirlangan. Bola o‘ziga stol atrofida joy tanlashi lozim. Test topshiriqlarida ba‘zi vaviyatlarda xulq-atvorning tipik shakllarini tanlash taklif etiladi.Masalan:
-Kim bilan o‘ynashni xohlaysan? Tengdoshlaring bilanmi, sendan kattalar bilanmi, kichiklar bilanmi?
Tadqiqot psixologni qiziqtirgan savollarga aniqlik kiritish bilan yakunlanadi. Jil film testi bolaning ikki xil shaxslararo munosabatlari tizimini tavsiflash imkonini beradi:
Bolaning boshqa insonlar bilan aniq- shaxsiy munosabatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: a)onasi; b)otasi;c) ota-onasi; d)aka-singillari; e) buvi-buvasi;
j) do‘sti; z) o‘qituvchisi.
Bolaning o‘zining xususiyatlarini tavsiflovchi xususiyatlar: a)qiziquvchanlik; b)guruxda ustunlik qilishga intilish;c) katta guruxlardagi boshqa bolalar bilan muloqot qilishga intilish; d)yolg‘izlikka intilish; e)xulq-atvorning ijtimoiy mosligi.
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatidan taxlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |