O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’limi vazirligi


Xatolarning oldini olish va ularni bartaraf qilishga oid



Download 61,58 Kb.
bet5/6
Sana23.07.2022
Hajmi61,58 Kb.
#845249
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yulduzxon

Xatolarning oldini olish va ularni bartaraf qilishga oid

mustaqil ishlar.

Xatolarning oldini olish savodxonlikni har tomonlama takomillashtirishning asosiy garovidir. O’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olish uchun o’qituvchi quyidagi chora-tadbirlarni amalgam oshirishi lozim:

- lig’at ishini keng yo’lga qo’yish. Ona tilining har bir soatida imlosi qiyin so’zlarning yozilishini ko’rsatib berish;

- har darsda o’quvchilarning mustaqil ishlarida uchragan tipik xatolar hisobini olib boorish va keyingi soatlarda mustaqil ishning tegishli xatolarni bartaraf etishga qaratilgan turlaridan foydalanish;

- o’quvchilarning o’zaro diktant o’tkazishlarini yo’lga qo’yish;

- o’quvchilarda to’g’ri yozishga qiziqsh uyg’otish, savodxonlik konkurslari uyushtirish;

- “Maktabda yagona orfografik rejim” nizomini ishlab chiqish va unga kollektiv ravishda amal qilish.

Xatolar oldini olishning eng muhim choralaridan biri o’quvchilarning har kuni bajaradigan mustaqil ishlarida yo’l qo’ygan xatolari ustida ish olib borishni ta`minlashdir. O’quvchi mustaqil ishdagi xatoni o’qituvchi signali (xato haqida signal) asosida o’zi “Imlo lug’ati” bilan taqqoslash orqali aniqlaydi va shu so’zning to’g’ri variantini o’z imlo lug’ati daftariga ko’chirib oladi. Ba`zi o’qituvchilar vaqtni tejash maqsadida xatoni aniqlashni ko’proq darsdan keyin uyushtiradilar. Aslida esa dars jarayonida topshiriq qanday bajarilganligi va o’quvchining shu so’z imlosini qanday o’zlashtirganligi tekshirib borilishi lozim.

O’quvchilar nutqidagi dialectal xatolarni bartaraf qilish maqsadida yuqorida ko’rsatilgan ish usulidan tashqari, yana sinfdoshining nutqidagi dialectal ta`sirida aytilgan so’zlarni aniqlab, uning adabiy tildagi variantini aytishni talab qilish kabi mustaqil ish turlaridan foydalanish mumkin. Dialektal xatolarni bartaraf qilish faqat xatolar ustida ishlash darsida emas, balki ar bir darsda alohida ish olib borishni taqozo etadi. Savol-javob, o’qish, ijodiy mashq hamda mustaqil ishlardagi xatolarni tushuntirish jarayonida dialectal xatolar ham izohlanadi va tuzatib boriladi. O’qituvchi tomonidan tanlangan mustaqil ishlarda hamma vaqt mahalliy shevaga xos bo’lgan xatolarni bartaraf etish ko’zda tutilishi lozim.

Xatolarni bartaraf qilishda, ayniqsa, yozma ish tahlilini o’tkazish yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash darsida quyidagilarga e`tibor bermaslik natijasida o’quvchilar ishda anchagina kamchiliklarga yo’l qo’ymoqdalar:


- yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning noto’g’ri taqsimlanishi; tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik; - xatoni bartaraf etishga o’quvchilarning qiziqishini uyg’ota olmaslik; ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida ishlashga am e`tabor berib, xilma-xil ish formalar (turli kartochkalar, darslikdagi mashqlar va b.) dan foydalana olmaslik;- har bir o’quvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash qobiliyatini hisobga olmaslik, differentsial topshiriqdan foydalanmaslik; - yozma ishda yo’l qo’yilgan xatolarning to’g’ri klassifikatsiya qilinmasligi tufayli o’quvchilar diqqatini tipik xatolar ustia ishlash paytida asosiy masalaga jalb eta olmaslik;

-yozma ishda qoniqarsiz baho olgan o’quvchilarning tahlil jarayonida e`tibordan chetda qolishi;

- o’quvchilarning oldingi yozma ishlarida yo’l qo’ygan xatolarini hisobga olmaslik hamda bu xatolarning qanday bartaraf etilayotganligini control qilmaslik;

- o’quvchilarni yo’l qo’yilgan xatolarning sabablarini tahlil qilishga o’rgatmaslik;

- tahli jarayonida ularning “Imlo lug’ati” bilan ishlashni tashkil eta olmaslik.

Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga o’xshaydi. Shuning uchun diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf etishda qo’llangan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida foydalansa bo’ladi.

Quyida diktant tahlilini o’tkazish tartibi va xatolar ustida ishlash haqida fikr yuritamiz.

Diktant tahlilini o’tkazishda asosiy e’tibor imloga doir xatolarga qaratiladi.

O’quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan imloga doir xatolarni to’rt gruppaga ajratish mumkin:

1.Qo’shimchalarni qo’llamaslikdan kelib chiqadigan xatolar: “Kolxozning bog’i”, “yerga sepdi” o’rniga “yerda sepdi” kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etish uchun o’sha xatoga aloqador qoidani tushuntirish, uni darslikdan mustaqil tartibda o’qitish hamda bu qoidaga doir mashqlar ishlatish, didaktik va tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya qilinadi.

2.E’tiborsizlik orqali yo’l qo’uyiladigan xatolar. “Daftar” so’zini “daptar”, “o’quvchi”, so’zini “ukuchi” tarzida yozish kabi. Bu tipdagi xatolar, asosan, e’tiborsizlikdan kelib chiqadi. Bunday xatolar ustida ishlashda maktab o’quvchilari uchun chiqarilgan “Imlo lug’ati” bilan har bir o’quvchining individual ishlashni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.7

3.Hech qanday orfografik qoida bilan asoslab bo’lmaydigan, yozilishni faqat esda saqlash lozim bo’lgan so’zlarda qilingan xatolar: “tayyor” so’zini “tayor” yozish, “sayyod” so’zini “sayod” yozish kabi. Tahlil jarayonida bunday so’zlarni islosini o’rgatish uchun shu so’zni bir necha marta og’zaki takrorlatish shu so’zni doskada yozdirish, lug’atdan toptirish metodlaridan foydalanish va yo, ye, yu, ya unlilarning yozilishini eslatish mumkin.

4.SHeva ta’sirida sodir buladigan xatolar: “kelyapti” urniga “kelopti”, “kevotti”, “kelutti”, “deraza” o’rniga “treza” yozish kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etishning eng qulay yo’li taqqoslash, chog’ishtirishdir. O’quvchidan tahlil darsida o’zi yozgan so’z bilan o’sha so’zning adabiy tildagi variantini taqqoslash, chog’ishtirish, farqini aniqlash talab etiladi. Buning uchun so’zining shevadagi ko’rinishlari bilan adabiy tildagi variantini chog’ishtiradigan ko’rgazmalaridan ham foydalanish mumkin.

Ba’zi o’quvchilar yozma ishlardagi tipik xatolarni belgilashda qiynaladilar. Sinfdagi ko’pchilik o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolar tipik xato sanaladi. O’qituvchi taxminan darsning o’n-o’n besh minutini tipik xato ustida ishlashga ajratadi. O’quvchilar diqqati tipik xato bilan bog’liq bo’lgan qoidaga qaratiladi.

O’quvchilar xatoga yo’l qo’yilgan so’zning to’g’ri variantiga o’xshash misollar topadilar, qoidaning shu so’zga aloqador joyini kitobdan topib o’qiydilar, so’zning to’g’ri yozilishini asoslaydilar.

Darsning qolgan qismida esa, asosan, xatolar ustida individual mustaqil ish olib boriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z xatosi ustida ishlaydi. «Xuddi» so’zini xato yozgan o’quvchiga shunga o’xshash yonma-yon kelgan qo’sh undoshli so’zlar topib daftarga yozish, shu so’zlardan bir-ikkitasi yordamida gap tuzish topshiriladi. «Qad ko’tarib» birikmasidagi «qad» so’zini «qat» yozgan o’quvchilarga jarangli d undoshi uning jarangsiz jufti t talaffuz qilinishini aytib, t kabi talaffuz qilinib, d yoziladigan so’zlar topshiriladi va «Ayrim undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi» temasini mustaqil tartibda kitobdan o’qish topshiriladi.

Bir xil xatoga yo’l qo’ygan o’quvchilar bilan ham ishni aynan bir usulda tashkil etib bo’lmaydi. Agar bir o’quvchiga xato yozilgan so’zning to’g’ri variantini bilib olish uchun faqat qoidani eslash va 1-2 misol keltirish kifoya bo’lsa, boshqa o’quvchi uchun shu xatoni bartaraf etish maqsadida ma’lum bir mashqni bajarish hamda ijodiy xarakterdagi misollar topishini uyushtirishga to’g’ri keladi.

O’qituvchi individual kartochkalarni tuzishda o’quvchilarning real o’quv imkoniyatini hisobga oladi. Ma’lumki, tez yozish va mustaqil ishlashga o’rgangan o’quvchilar topshiriqni qisqa muddatda va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchiga nisbatan ancha sifatli bajaradilar. Yetarli darajada mustaqil ishlash ko’nikmasiga ega bo’lmagan o’quvchilar kartochkada ko’rsatiladigan vazifalarni bajarish uchun birmuncha ko’proq vaqt sarf qiladilar va uni bajarishda qiynaladilar. Har bir kartochkaning differentsialligi o’quvchilarning o’z xatosini bilib olishga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi hamda belgilangan vaqtda o’quvchilarning ulgurishlariga imkoniyat yaratadi.

Kartochkalardan namuna

Darsligingizning 84-betida «Ayirish va yumshatish belgilarining ishlatilishi» temasiga taaluqli qoidani kitobingizdan o’qing va «Imlo lug’ati»dan ayirish belgisi bilan kelgan 6 ta so’z topib, daftaringizga yozing.

Kartochkalar tirik xatolar ustida ish tugagandan keyin o’quvchilarning yozma ish daftarlari ichiga qo’yib tarqatiladi. Xatolar ustidagi ish esa o’quvchilarning sinf daftarlarida bajarilgani ma’qul. CHunki yozma ish daftarlarida yig’ib olingan taqdirda ham o’quvchi xatolar ustida ishlashni davom ettirishi, har bir soatlik darsda o’quvchi bilimi sinalayotgan o’qituvchi o’quvchi yo’l qo’yilgan xato so’zining to’g’ri variantini yozib ko’rsatishini talab qilishi mumkin.8

Ayrim o’quvchilar topshiriqni yozma ish daftarining o’zida ko’rsatadi. Bu metod, bizningcha, ancha afzal. Bu metod, bizningcha, ancha afzal. Birinchidan, bunday metod o’qituvchi ishini ancha afzal. Birinchidan, bunday metod o’quvchi ishini ancha yengillashtirsa, ikkinchidan, har bir yozma ishda o’quvchi savodxonligida bo’layotgan o’zgarish ko’rinib turadi.

O’qituvchi navbatdagi yozma ishni tekshirar ekan, undan oldingi yozma ishda o’quvchiga qanday topshiriq berilganligini hisobga olib borish zarur. Birinchi ish usulining ham o’ziga xos afzalligi bor. O’qituvchi ma’lum bir o’quvchi uchun tayyorlangan kartochkadan o’rni bilan boshqa maqsadda ham foydalanishi mumkin.

O’qituvchi yozma ish tahlili darsiga tayyorlanganda quyidagilarni hisobga olishi shart:

-o’quvchilarning yozma ish daftarlarini sifatli tekshirish, undagi xatoni tuzatib ko’rsatmasdan, xato haqida signal berish metodidan foydalanish;

-takrorlanishi zarur bo’lgan orfografik va tanish belgilari qoidalarini belgilash va unga mos mashqlar (misollar) tanlash:

-didaktik tarqatma materiallarini puxta o’ylab, uni har bir o’quvchining bilim saviyasi, mustaqil ishlash ko’nikmasini hisobga olgan holda tuzish;

-yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’ri klassifikatsiya qilish, tipik va individual xatolar ustida ishlash sistemasini puxta o’ylab ko’rish;

-uyga topshirilgan vazifani puxta o’ylab, uy topshirig’ining o’quvchi yo’l qo’ygan xatolarni bartaraf etishiga yordam berishini ta’minlash.

Ilg’or o’qituvchilarning tajribalariga asoslanib, biz xatolar ustida ishlash darslarida quyidagilarga rioya qilishni maslahat beramiz:

-ham tipik, ham individual xatolar ustida o’quvchining mustaqil ishlashini, yo’l qo’ygan xatolarga ongli munosabatda bo’lishni, xatolarning sabablarini o’ylab ko’rishini tashkil etish:

Har bir o’quvchining lug’at bilan mustaqil tartibda ishlashini uyushtirish;

-o’quvchining o’z xatosi bilan o’ralashib qolishiga yo’l qo’ymaslik, shu xatoga aloqador bo’lgan qoidalarni eslash, ijodiy misollar topish, har bir o’quvchiga xatoning oldini olish yuzasidan maslahatlar berish;

-xatolar ustida ishlash jarayonida o’quvchining o’z-o’zini kontrol qilishini tashkil etish;

-bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual ish olib borish, ularga o’z xatolarini bilib olishga yordamlashish;

-xatolar ustida ishlash jarayonida darslik materiallaridan, turli kartochkalar, ko’rsatmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalanish.

Demak, xatolarning oldini olish va uni bartaraf etish uchun o’quvchilar bilan muntazam ish olib borish lozim.

Yuqori qayd etilgan mustaqil ish turlaridan o’qituvchi o’rinli foydalansa, shubhasiz o’quvchilarning ijodiy fikrlashiga, nazariy tushunchalarni amaliy ish bilan qo’shib olib borishiga erishadi.


4. Matnni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga bog‘liqligini belgilash.
5. Nutq o’stirish: lug‘atni boyitish, so’z birikmasi, gap, bog‘lanishli hikoya tuzish.9
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo’yish, yangi o’rganilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o’rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
7. O’rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi, yangi harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, qo’shimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o’qish va tahlil qilishga, ko’rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o’stirishga, o’yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g‘inda dastlab undosh, keyin esa unli o’qiladi, yopiq bo’g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo’g‘inni o’qib, keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi. Yangi so’z urg‘usi qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g‘inlab o’qishdek sintetik o’qishga (so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf bo’g‘in bilan yoziladi.
8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g‘inda dastlab undosh, keyin esa unli o’qiladi, yopiq bo’g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo’g‘inni o’qib, keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi. Yangi so’z urg‘usi qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g‘inlab o’qishdek sintetik o’qishga (so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf bo’g‘in bilan yoziladi.
9. Syujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab o’qituvchi yordamida, uning yo’llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish.

Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasining predmeti va vazifalari. Ona o`qitish tili metodikasining o`rganish predmeti ta`lim berish sharoitida ona tilini egallash jarayonidir. Metodikaning ta`lim berish bilan bir vaqtda o`quvchilarni tarbiyalashga ular nutqi, tafakkurini o`stirishga, ularni shaxs sifatida rivojlantirishga oid talablarni hisobga olish. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasining nimani o`quvchi kerak, qanday o`qitish kerak, nega shunday o`qitish kerak, boshqacha emas savollariga javob tayyorlab berish. Maktab ta`lim tizimida va hayotda ona tilining tutgan o`rni. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitishda izchillikka va istiqbolga rioya qilishning zaruriyligi. Boshlang`ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmuni va mashg`ulot turlari. Boshlang`ich sinflar ona tili dasturini tuzilish prinsiplari. Dastur bo`limlari, ularning umumiy va o`ziga xos tomonlari. Har bir bo`lim yuzasidan o`zlashtirilishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar hajmi. Boshlang`ich sinflarga ona tili o`qitish metodikasining ilmiy asoslari va uning boshqa fanlar orasida tutgan o`rni. Metodikaning dunyoni bilish nazariyasi bilan til haqidagi fan, pedagogika, ruhshunoslik (psixologiya), psixolingvistika, logika, adabiyotshunoslik fanlari bilan bog`liqligi. Ona tili o`qitish prinsiplari. Ona tili o`qitish metodikasining tamoyillarini ishlab chiqishda boshqa fanlarning ko`rsatmalariga asoslanish. Til materiyasiga e`tibor berish tamoyili, tilning ichki bog`liqligi, tilga sezgirlikni tarbiyalash,tilning ifodaliligiga e`tibor berish, og`zaki nutqning yozma nutqdan oldin shakllantirish tamoyili. Ona tili o`qitish metodikasining tekshirish usullari. Nazariy tekshirish usullari: hodisaning metodik asosini, bog`lik fanlarni o`rganish: “masala tarixi” ni o`rganib, uni hozirgi vazifalar nuqtai nazaridan baholash: yaqin fanlar tekshirish usullarini o`rganish: tajriba asosida olingan materiallarni tahlil qilish va amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish. Empirik (tajribaga asoslangan) tekshirish usullari: ilg`or o`qituvchi lar ish tajribasini o`rganish: o`qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish: metodika taraqqiyotida keng tarqalgan eksperiment usuli, uning oldingilardan farqi, vazifalari. Tadqiqot bosqichlari. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish sohasidagi metodik meroslarning qisqacha tavsifnomasi. Savod o`rgatish metodikasi. Savod o`rgatish metodikasining maqsad va vazifalari. O`qish va yozish nutqiy faoliyat turidir. Maktabda endigina o`qishni boshlagan bola va savodli kishining o`qish va yozuv jarayonida psixo-fiziologik tahlil. O`zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi, ularning o`zaro bog`liqligi. Savod o`rgatishda hozirgi zamon analiz-sintez tovush metodi. Savod o`rgatishda hozirgi zamon analiz-sintez tovush metodikasining an`anaviy (odat bo`lib qolgan) prinsiplari tarbiyalovchi va o`stiruvchi xususiyati, o`quvchilarning jonli nutqiga asoslanish, metod asosiga tovush olinishi o`qishbirligi bo`lgan ekani; tashkiliy tomondan tayyorlov va asosiy davrga bo`linishi va nisbatan yaqindan shakllagan yoki tashkil topish jarayonida bo`lgan prinsiplari. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarga differensial va individual yondashish; grammatika va imloga oid boshlang`ich tushunchalarni nazariyasiz amaliy berib borish; so`zni bo`g`in-tovush tomonidan tahlil; tushunchaning nusxasini chizish. Modellashtirish elementini kiruvchi; (o`quvchilarni tarbiyalash). Savod o`rgatish darslarining tarbiyaviy vazifalari. Bolalarning savod o`rgatishga tayyorgarligini o`rganish.Savod o`rgatish jarayoni. Savod o`rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o`qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari. Savod o`rgatishda asosiy davr (alifbe davri). Asosiy davrning vazifalari. Yangi material o`rganiladigan mustahkamlanadigan o`qish darslari va unda foydalanadigan ish turlari. Savod o`rgatish jarayonida tovushlar va harflarni o`rganish tartibiga “Alifbo” qurilishining bog`liqligi. Savod o`rgatishda differensial va individual yondashish. Asosiy davrning yakunlovchi qismi, uning vazifalari. Savod o`rgatish davrida o`quv mashg`ulotlarining asosiy turlari: tovush ustida ishlash; tovushlar artikulyatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarlar nutqini o`stirish; lug`at ustida ishlash. Savod o`rgatish davrida grammatika, imlodan dastlabki amaliy bilimlar. Oz komponentli maktablarda darslarni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari. Savod o`rgatish davrida boshlang`ich yozuvga o`rgatish. Yozuvga o`rgatish mazmuni va vazifalari; yozuv malakasini shakllantirish bosqichlari. Hozirgi yozuv shriftiga (harfiga) tavsifnoma. Yozuvga o`rgatish bilan bog`liq holda husnixat malakasini shakllantirish usullari. Yozuvga o`rgatishning tashkiliy va gigenik shartlari. harfni yozishga o`rgatish yo`llari. O`quvchilarda uchraydigan tipik grafik xatolar. Yozuvga o`rgatish jarayonida asosiy imloviy elementlar. Yozuv darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish.Savod o`rgatish davrida va yozuv darslari, ularga qo`yiladigan talablar. O`qish va yozuv darslarining turlari, o`qish va yozuv darslari tizimi.Savod o`rgatish sohasida yangi ilmiy tadqiqot ishlari. Savod o`rgatish muammolari va istiqboli. Savod o`rgatishga bolalarni oilada va bog`chada tayyorlash. Sinfda o`qish metodikasi. Sinfda o`qish darslarining ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari. Boshlang`ich sinflarda o`qishga o`rgatish vazifalari va faol kitobxonlarni shakllantirish. O`qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari.O`qish malakasi haqida tushuncha. O`qish malakalarining sifatlari: to`g`ri, tez (me`yorida tezlikda) O`qish malakalarining sifatlari ongli, ifodali o`qish. O`qish malakalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yo`llari. O`qishda yo`l qo`yiladigan xato turlari va ularni yo`qotish yo`llari. Ifodali o`qish metodikasining asoslari.Nutq texnikasi: nafas olish, ovoz diksiya. Nutq logikasi: pauza, urg`u ohang, intonatsiya.Adabiy asarni tahlil qilish va ifodali o`qishga tayyorlash usullari. O`qituvchining namunali ifodali o`qishi; yozib olingan ifodali o`qishni o`qishi; o`quvchining o`qishini tahlil qilish; ifodali o`qishga oldindan tayyorlash, qanday o`qish kerakligini og`zaki tushuntirish. Ifodali o`qish musobaqasini o`tkazishish. Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish. Badiiy asarni tahlil qilishni adabiy asoslari. Kichik yoshdagi o`quvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari. Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni. Badiiy asar ustida ishlashning asosiy bosqichlari (birinchi sintez, analiz, ikkinchi sintez bosqichi).Badiiy asarni o`qishga tayyorgarlik. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari va didaktik shakllari. Asar mazmuni bilan birinchi tanishtirish (birinchi sintez). Asar mazmunini uning xususiyatlari bilan birgalikda tahlil qilish.Tahlil jarayonida matn ustida ishlash turlari: tanlab o`qish(matnni berilgan topshiriqqa mos qismini o`qish) savolga o`z so`zi bilan javob berish, matnni tasvirlash. Asar rejasini tuzish. Reja tuzishga tayyorlash mashqlari: berilgan sarlavqalardan kichik matn mazmuniga mosini tanlash; matnning o`qituvchi bergan savolga javob bo`ladigan qismini tanlab o`qish.Har xil janrdagi asarlarni o`qish usuliyatining o`ziga xos xususiyatlari. Ertakni o`qish metodikasi. Ertakni o`qishning pedagogik qimmati. O`quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish. hayvonlar haqidagi ertaklar. Sehrli ertaklar. O`quvchilarni ertakni o`qishga tayyorlash. Hikoya janridan asarni o`qish metodikasi. She`riy nutqning xususiyatlari. She`riy tahlil qilish uslubiyoti. She`rni o`qish darsida, asosiy ish turi ifodali o`qish ekani. Lirik she`rni o`qishga tayyorlash. Masal janridagi asarlarni o`qish metodikasi. Ilmiy-ommabop asarlarni o`qish metodikasi. Topishmoq, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o`qish metodikasi. Doston janridagi asarlarni o`qish metodikasi. Sinfdan tashqari o`qish metodikasi. Bolalarni mustaqil o`qishi haqida tushuncha, uning vazifalari. To`g`ri kitobxonlik faoliyatini shakllantirish tizimiga tavsifnoma. Boshlang`ich maktabda kitobxon o`quvchilarni shakllantirish bosqichlari. O`quv materiallari va o`qitish metodlariga qisqacha tavsifnoma. Kichik yoshdagi o`quvchilarda kitobxonlik mustaqilligini shakllantiradigan mashg`ulot va darslar qurilishini asosiy turlari. Fonetika, grammatika, so`z yasalishi va orfografiyani o`rgatish metodikasi. Kichik yoshdagi o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o`rgatishning ahamiyati. Ona tilini o`rgatishning lingvistik asoslari. Boshlang`ich ta`limda ona tilini o`rgatish mazmuniga tavsifnoma. Fonetika va grafika asoslarini o`rgatish usuliyati. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ona tilini o`zlashtirishida fonetika bilimining ahamiyati. O`quvchilarda so`zning tovush va harf tarkibi haqidagi boshlang`ich tasavvurini shakllantirish. Tovushlar va harflar, unli va undosh, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi. Bo`g`in, bo`g`in ko`chirish qoidalari bilan tanishtirish, ularni amaliy o`zlashtirish ustida ishlash. O`quvchilarda grammatika va so`z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari. Grammatik tushunchaning mohiyati va uni kichik yoshdagi o`quvchilar o`zlashtirishidagi qiyinchiliklar. Tushunchani o`zlashtirish ustida ishlash jarayoni, uning shartli ravishda to`rt bosqichga bo`linishi. Birinchi tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini analiz qilish. Ikkinchi bosqich tushuncha belgilarini umumlashtirish, atama berish. Uchinchi bosqich tushuncha ta`rifini ifodalash, belgilar mohiyatini va ular orasidagi bog`lanishni aniqlash. To`rtinchi bosqich-yangi til materiali asosida o`rganilayotgan tushunchani aniqlash. Kichik yoshdagi o`quvchilar tushunchasi o`zlashtirilgani ta`minlaydigan metodik shartlar; o`quvchilar aqliy faoliyatining aktivligi; o`quvchilarda so`z va gapga lingvistik munosabatini o`stirish ustida maqsadga yo`naltirilgan ishlar; yangi tushunchani ilgari o`rganilgan tushunchalar tizimga kiruvchi; ayrim til kategoriyalari bog`lanishining mohiyati yangi til kategoriyasini o`rganish jarayonida ochiladi; tushunchani ko`rsatmali o`rganish. Grammatik va so`z yasalishiga oid mashqlar, ularning turlari. Tushunchani o`zlashtirishning turli bosqichlarida grammatik mashqlarni tadbiql etish usuliyati. So`zni va gapni tahlil qilish, uning turlari va tilni o`rganish jarayonida undan foydalanish. Boshlang`ich sinflarda so`zning morfemik tarkibini o`rganish usuliyati. So`zning morfemik tizimini o`rganish tizimi. O`zak va qo`shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi. So`z turkumlarini o`rganish bilan bog`liq holda so`zning tarkibi ustida ishlash. So`z turkumlarini o`qitish metodikasi. Otni o`rgatish tizimi. Otning leksik va grammatik ma`nosi ustida ishlash. Otlarda son haqida tushunchani o`rganish usuliyati. Otlarning egalik qo`shimchalari bilan o`zgarishini o`rganish. Otlarning kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishini o`rgatish. Boshlang`ich sinflarda sifatni o`rganish tizimi. Mavzuni o`rganishning vazifalari. Sifatni o`rganish jarayonida leksik-stilistik ishlar. Boshlang`ich sinflarda sonni o`rganish tizimi. Mavzuni o`rganishning vazifalari. Olmosh, kishilik olmoshlarini o`rganish usluyati. Boshlang`ich sinflarda fe`lni o`rganish tizimi. Fe`lni o`rganishniig vazifalari. Fe`lni o`rganishda izchillik. Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llarni o`rganish Fe`llarda zamon mavzusini o`rganish. Fe`llarda shaxs-son qo`shimchalari. Fe`lni o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish. Boshlang`ich sinflarda sintaksis va punktuatsiya elementlarini o`rganish. Materiallarni sinflarga joylashtirish tizimi. O`quvchilarda asosiy sintaktik tushunchalarni shakllantirishning shart-sharoitlari. Kichik yoshdagi o`quvchilarni punktuatsiya bilan tanishtirish. Orfografiyani o`rganish uslubiyoti. To`g`ri yozishni o`rgatishda grammatik va antigrammatik yo`nalishlar. Orfografik malakaning psixologik tabiati. Imlo qoidasi ustida ishlash usullari. Imloviy mashqlar grammatik-imloviy tahlil, ko`chirib yozuv, diktant va uning turlari, leksik-gramatik tahlil, bayon. Mashqni tanlash me`yori. Imlo malakalarini shakllantirishning muhim shartlari. Ona tilidan bilim, ko`nikma va malakalarni tekshirish. To`rt yillik boshlang`ich ta`lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi. O`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi. Kichik yoshdagi o`quchilar nutqini o`stirish yo`llari va vazifalari. Nutq va uni o`stirish tushunchasi. Nutq o`stirish ona tili o`quvchining vazifasidir. O`quvchilar nutqiga qo`yilgan talablar. Nutq o`quvchilar tafakkurini o`stirishda muhim vosita. O`quvchilar nutqini o`stirishning ona tilidan mashg`ulotlarning boshqa turlari bilan o`zaro bog`liqligi. Lug`at ustida ishlash. Leksikologiya – lug`at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi. Maktabda lug`at ustida ishlashning asosiy yo`nalishlari. Lug`atni boyitish: o`quvchilar lug`atiga aniqlik kiritish; nutqiy sharoit va uning lug`atni boyitishdagi roli. So`z ma`nosini tushuntirish usullari. Sinonim va antonim, ko`p ma`noli so`zlar ustida ishlash. O`qish, badiiy asarni qaytahikoyalash, materialni o`rganish, bayon va inshoga tayyorlanish bilan bog`liqholda o`quvchilar lug`atini faollashtirish yo`llari. O`quvchilar nutqini o`stirish tizimida sintaktik ishlar. O`quvchilar egallaydigan sintaktik ko`nikmaning darajasi. Boshlang`ich sinflarda so`z birikmasi va nutq ustida ishlash. Gap ustida ishlash mashqlarining turlari. Bog`lanishli nutq va uni o`stirish vazifalari Bog`lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. Bog`lanishli nutqdan mashq turlari. Bog`lanishli nutqqa oid aniq ko`nikmalar. Matn turlari. Bog`lanishli nutq. Og`zaki qayta hikoya qilish va yozma bayon. Namunaviy matnni qaytahikoyalash va bayon yozishga qo`yilgan talablar. Qayta hikoyalash va bayonning turlari. Namunaviy matnga yaqin yoki uni to`liq qayta hikoyalash va bayon: tanlab qayta hikoyalash: qishartirib qayta hikoyalash va bayon: ijodiy qayta hikoyalash va bayon. Bog`lanishli nutq. Og`zaki hikoya va yozma insho. Insho-o`quvchilar bilimi, tafakkuri, tasavvurini ifodalash shakli, ular tildan egallagan barcha ko`nikmalarni mustaqil tadbiql etish vositasi. Og`zaki va yozma insho turlari. O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati. Insho mavzusi, uni yoruvchi; material yig`ish, uni sistemaga solish, reja tuzish va inshoga tayyorlash: inshoni yozishda rejadan foydalanish ko`nikmasi, insho matnini til tomondan tayyorlash: inshoni yozish va takomillashtirish ustida ishlash. O`quvchilar inshosini tahlil qilish va undan keyingi ishlar. Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari.O`quvchilar yo`l qo`yadigan nutqiy xatolarning asosiy turlari, ularni to`g`rilash va oldini olish yo`llari. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashhari ishlarning shakllari va vazifalari. Kuni uzaytirilgan guruhlarni ish turlari.

_ I bo`lim. Savod o’rgatish metodikasi. Savod o`rgatish metodikasi kichik yoshdagi o`quvchilarni elementar o’qish va yozishga o’rgatish metod va usularini aniqlash va ularni ta`lim jarayoniga tadbiq etish masalalari bilan shug`ullanadi. Bolalarga savod o’rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi milliy istiqlol g`oyalaridan oziqlanish uchun, siyosiy onglilik uchun, yuksak ma`naviy madaniyat uchun kurash qurolidir. Hozirgi globallashuv sharoitida Respublikada har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilishi huquqiy demokratik davlat qurilishi talablariga muvofiqdir. II bo`lim. Husnixatga o`rgatish metodikasi. O`quvchilarni davlat ta`lim standarti talablari asosida yozuvga o`rgatish masalalari bilan shug`ullanadi. III bo`lim. Sinfda o`qish va sinfdan tashqari o’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish metodikasining predmetining vazifasi bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish o`rqali adabiyot sistematik kursiga tayyorlash, bolalarni to’g’ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish, badiiy asarlar matni tahlili orqali o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy 10 tarbiyalash, adabiyotni san`at asari sifatida idrok etish ruhida tarbiyalash, mustaqil o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish vazifasi amalga oshiriladi. IV bo`lim. Grammatika, fonetika, imlo va so’z yasalishini o’rganish metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. V bo`lim. Nutq o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. O`quvchilar birinchi navbatda tilni, nutqni o’quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika o`quvchilar nutqini boyitish, sintaktik va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlaydi. Shuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda alohida bo’lim sifatida o’rganilmaydi, balki ona tili fanining boshqa bo’limlari bilan bog’langan holda shakllantiriladi. VI bo`lim. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Bu bo`limda talabalar ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi, mazmuni, shakllari va vositalari bilan tanishtiriladi. Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarning qiziqishlariga tayangan holda ularning tilning muayyan sohalarini chuqurroq anglashlariga erishish, ijodiy faoliaytga yo`llash nazarda tutiladi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining ta`limiy savodxonligiga erishish orqali ularni ijtimoiy jamiatning faol ishtirokchilariga aylantirishning “odamzotga xos eng yuksak ma`naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan”, “yangilanayotgan jamiyatimizda sog`lom avlodni tarbiyalash”, “erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirish”,”ma`naviy-ma`rifiy ishlarni yuksak darajaga ko`tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga”3 qodir shaxslarni tarkib toptirish boshlang`ich sinf ona tili o`qitish metodikasi zimmasiga ham katta mas`uliyat yuklaydi. 3 Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –Toshkent: “O`zbekiston’, 2000, -56-bet. 11 Ona tili o’qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari Ona tili o’qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o’quvchilarning o’zbek tili lug’at boyligini to’liq o’zlashtirib olishlarini ta’minlashdir. Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi. Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’liqdir. Tilni egallash va nutq o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi. Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Amaliy pedagogik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim standarti belgilab berilgan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullarni ishlab chiqadi. Bilish nazariyasiga ko’ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og’zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga o’tiladi. O’quvchilar jonli nutqiy aloqaga to’g’ri talaffuz va to’g’ri yozuvni elementar nazariy ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar, til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar, o’rgangan va o’zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar. Maktabda ona tili o’qitish metodikasining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy tamoyillari boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitish metodikasining vazifalarini belgilab, aniqlashtirib beradi: 12 ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish4 Qonunda ta’kidlanganki, boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani o’z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Hozirgi kunda ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va shu asosda yaratilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish asosiy maqsad qilib olingan5 . Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ona tili o’qitish metodikasi fani ham ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi. 4 Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги қонуни. //Баркамол авлодЎзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 20-бет. 5 Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури”. //Баркамол авлодЎзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 39-бет. 13 Umumiy o’rta ta’limning bir bosqichi bo’lgan boshlang’ich ta’lim 1-4- sinflarni o’z ichiga oladi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, bu bosqichda ta’limning yangicha tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur: o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish; ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quvuslubiy majmualarini yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash va hok. Milliy dasturda ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish bo’yicha ta’kidlangan ko’rsatmalar, uzluksiz ta’limni ta’minlash borasidagi islohotlarni amaliyotga tatbiq etish boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ona tili o’qitish metodikasi psixologiya va pedagogika ma’lumotlariga ham tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham yordam beradi. SHuning uchun ham psixologiya va pedagogika fanlari metodikaning metodologik asosi hisoblanadi. Pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi. U o’quvchilarda tafakkurning shakllanishini tadqiq qiladi, aqliy faoliyat usullari va ko’nikmalarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi, o’qitish jarayoning muvaffaqiyatliligiga, pedagog bilan o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga va o’quvchilar jamoasidagi munosabatlariga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, o’quvchilardagi individual-psixologik farqlarni, aqliy rivojlanishdan orqada qoluvchi bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bu bilan pedagogik psixologiya metodika faniga o’quv materialini tanlashda, boshlang’ich sinflarda ona tilining mazmuni va hajmini, o’quv materialini aniqlashda hamda ularni sinflar bo’yicha taqsimlashni muayyan izchillikda joylashtirishda yordam beradi, o’qitishning samarali usul va shakllarini belgilashga, o’quvchilar analitik-sintetik faoliyatining to’g’ri o’sishiga ko’maklashadi. 14 Metodika psixologiya fani ma’lumotlariga tayanib o’qitishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib yondashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ona tili o’qitish metodikasi psixolingvistika fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Psixolingvistika metodikaga nutq haqida - fikrni bayon qilish turlarini belgilovchi omillar, “nutqni qabul qilish signallari” apparati, individual munosabatga va ommaviy aloqaga nutqiy ta’sirning foydasi haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar metodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa, bog’lanishli nutqni o’stirish metodikasi uchun juda muhimdir. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi didaktika bilan, ya’ni ta’limning umumiy nazariyasi bilan ham bog’lanadi. Metodika didaktika belgilab bergan qonuniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi. Didaktika tamoyillariga, ya’ni o’rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til va materialni o’rgatish va mustahkamlashda ko’rgazmalilik, onglilik, bilim, ko’nikma va malakaning puxtaligi, doimiy takrorlash, o’quvchilar bilish faoliyatining faolligi, mustaqillik, o’qitishni hayot bilan, bolalarning qiziqishlari bilan bog’lab olib borishga rioya qilish maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan, shu jumladan ona tilidan ham, o’qish jarayonini tashkil qilishda juda zarurdir. Ona tili metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’lanadi. Maktab ta’limidagi har bir o’quv predmeti, shu jumladan ona tili ham, faqat bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatdan ham, ona tili o’qitish jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o’sadi, ular aqliy, axloqiy, estetik tomondan rivojlanadi, xarakterida ma’lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi, mehnat qilishga o’rganadi va hok. Pedagogika fani bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni tarbiyalash masalalarini ilmiy tomondan ishlab beradi. Ona tili o’qitish metodikasi pedagogika fani yangiliklariga, uning yuqorida qayd etilgan masalalarni ilmiy tomondan ishlab bergan ma’lumotlariga tayanadi. Ona tili metodikasini umumiy pedagogika bilan bog’lash ayniqsa boshlang’ich sinflarda muhimdir. Kichik yoshdagi o’quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o’quv 15 faoliyatida zarur bo’lgan ko’p odat va ko’nikmalari hali tarbiyalanmagan bo’ladi. Tashkilotchilik, jamoa ishiga tez kirishish, e’tibor bilan eshitish, o’qish va yozish, faol va mustaqil ishlash, barcha ishlarni puxta va saranjom bajarish kabi ko’nikma va odatlar o’qituvchi va maktab tomonidan amalga oshiriladigan umumpedagogik tadbirlar tizimini tashkil etadi. Tarbiyaning shunga o’xshash nazariy va amaliy masalalarini pedagogika ishlab beradi. O’qituvchi pedagogik talablarni amalga oshirsagina, ona tiliga o’rgatishni ta’lim-tarbiya jihatidan foyda keltiradigan qilib uyushtira oladi. Ona tili o’qitish metodikasi o’zbek tilining ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so’z yasalishi va etimologiya, grammatika - morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim ilmiy asosi hisoblanadi. Fonetika va fonologiya, grafika savod o’rgatish metodikasini ishlashda, elementar o’qish ko’nikmasini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil asosida yoziladigan imlo qoidalarini o’zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat metodikasi grafika nazariyasiga tayanadi. Leksikologiyani bilish maktabda lug’at ishi (ma’nodosh va zid ma’noli so’zlarga oid xilma-xil mashqlar o’tkazish, ko’p ma’noli so’zlar, ularning ma’no bo’yoqlari ustida ishlash) ni to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir. So’zning tarkibi va so’z yasalishini o’rganishda metodikaga morfemika, so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi. Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to’g’ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to’g’ri yozuv masalalarini hal qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo’lmagan o’quvchilarda imlo va punktuatsiyadan ko’nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Grammatika o’quvchilar nutqini o’stirishda muhim o’rin tutadi, chunki grammatika so’z shakllarini to’g’ri 16 tuzish, so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni o’zaro to’g’ri bog’lash va gapni to’g’ri tuzishga o’rgatadi. To’g’ri yozuvga o’rgatish metodikasining rivojlanishida o’zbek tili imlosi nazariyasini hisobga olish talab etiladi. Sinfda o`qish va sinfdan tashqari o’qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o’quvchilarga ta’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va syujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur. Ona tili o’qitish metodikasining tamoyillari O’quvchilarga ona tilini o’rgatish, ularni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin, o’zaro bog’liq fanlar tavsiyalariga asoslanib, ona tili o’qitish metodikasi o’z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan o’zgacha bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi o’quv mehnatining yo’nalishlarini belgilab beradi. Ona tili o’qitish tamoyillari quyidagilar: 1. Til materiyasiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarining to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo’lsada, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, fonetik ko’nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshituv va ko’ruv ko’rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o’qishni, ichida gapirishni) talab etadi. 2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili. So’zni, morfemani, so’z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o’rtasilagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, 17 tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat)ni o’zaro bog’langan holda o’rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o’rganish, o’zlashtirish mumkin. Sintaksisni o’rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so’z yasalishiga suyanadi va hok. So’zni morfemik tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, o’qitishda buni albatta hisobga olish kerak. 3. Tilga sezgirlikni o’stirish tamoyili. Til juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo’lsa-da, uning qonuniyatlarini, o’xshashliklarini o’zlashtirmay turib, uni yodda saqlab bo’lmaydi. Bola gaplashish, o’qish, eshitish bilan til materiallarini yig’adi, uning qonunlarini o’zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi. 4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodaliligini (uslubga oid) tushunishni, mazmuninigina emas, balki so’z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiytasviriy vositalarining hissiy bo’yoqdorligini ham tushunishni ko’zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi. Bu esa matn mazmuni va uning o’ziga xos “noziklik”larini ham anglab yetishga yordam beradi. 5. Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o’zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o’qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi. Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo’nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Ona tili o’qitish metodikasining tekshirish metodlari 18 Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rolь o’ynaydi. Ona tili o’qitish metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo’lishi, yuqori ilmiy darajada, ya’ni puxta va asosli bo’lishi lozim. Metodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi yuqori saviyada bo’lishi tekshirish metodlarining puxtaliliga ham bog’liq. Tekshirish metodlari 2 xil: 1. Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi: a) biror hodisaning metodik asosini, unga bog’liq boshqa fanlarni o’rganish, qo’yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilashda; b) masala tarixi, chet el maktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlanmagan va hal qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashda; v) bir-biriga yaqin fanlar (psixologiya, lingvistika, sotsiologiya)ning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o’rganish, qulay metodlarni tanlash, o’zining yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida; g) empirik tajriba yo’li bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, eksperiment natijasini tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirishda. 2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod). Bu metod quyidagi maqsadlarda qo’llanadi: a) bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash; b) o’quvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish), o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatini so’rovnoma orqali tekshirish; v) eksperiment (tajriba) metodidan foydalanish. Hozirgi kunda keng tarqalgan bu usulda deduktiv yo’ldan boriladi, ya’ni gipoteza qo’yiladi, mavzuga asosan 19 eksperiment uchun material (o’quv materiali) tayyorlanadi. Eksperiment bir necha marta takrorlanadi, bir necha sinf va bir necha guruhlarda o’tkaziladi. Eksperimentda 2 ta sinf tanlanadi. Biri tajriba sinfi, ikkinchisi taqqoslash uchun tanlangan tekshiruv sinfi. Tajriba sinfida yangi metod, yangi darslik, yangi ishlanmadan foydalanilsa, tekshiruv sinfida amaldagi metod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi, bu chaprost deb nomlanadi. Har ikki holda ham natija yuqori bo’lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi. Eksperimental tekshirish o’z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi. Eksperiment vazifasiga ko’ra quyidagi hollarda o’tkaziladi: 1) yangi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda; 2) metod yoki qo’llanmaning qay darajada foydaliligini tekshirishda; 3) metod yoki qo’llanmaning muvofiqligini va samaradorligini aniqlashda. Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho me’yoriga amal qilinadi. Bunday me’yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo’lishi lozim. Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo’l qo’yilgan xatolar soni va xarakteri, ma’lum bir vaqtda o’qilgan yoki yozilgan so’zlar soni, og’zaki hikoya va yozma inshoning hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’z predmeti va vazifalariga mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan ham foydalanadi: 1. Ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish. Buning uchun ilg’or o’qituvchilarning ish-tajribalari o’rganiladi, tahlil qilinadi, eng foydali jihatlari aniqlanadi va umumlashtiriladi. Bu metodika fani nazariy xulosalarining to’g’rililigini tekshirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi, bu fanni yangiliklar bilan boyitib boradi. 2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o’rganish. 3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirish. 20 4. Ona tilidan o’quvchilarning o’qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borish. 5. O’quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og’zaki qayta hikoyalash, yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilish. Yuqoridagi tekshirish metodlari ushbu fanning davr talabidan kelib chiqib rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. …………………………..



Download 61,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish