Yangilangan ustuvor yoʻnalishlar Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yoʻnalishi dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish vazifalarining samarali hal qilinishini taʼminlashga qaratilgan.Yuqori darajali aloqalar tufayli Toshkent dunyoning yetakchi davlatlari bilan munosabatlarni tubdan yangi darajaga olib chiqdi. Rossiya Federatsiyasi bilan koʻp rejali strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda. Hozirgacha tuzilgan strategik hamkorlik toʻgʻrisida, ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomalar, shuningdek, RF va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Deklaratsiya yangi mazmun bilan toʻldirilmoqda va amaliy tatbiq qilinmoqda.Oʻzbekistonning bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan teng huquqlilik, oʻzaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida barqaror va oldindan bashorat qilinadigan tarzda rivojlanib borayotgan strategik hamkorligi sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarildi. Taraflarning kelgusi harakatlari strategik hamkorlikning oʻzaro foydali yoʻnalishlarini topishga qaratilishi kerak.Turkiya Respublikasi bilan munosabatlar strategik darajaga olib chiqilgan. Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirish Oʻzbekistonning yangi tashqi siyosiy yoʻnalishiga toʻliq muvofiqdir. Bunda turk xalqi bilan til, din, anʼanalar va urf-odatlarning umumiyligi oʻzaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan hamkorlikni har tomonlama chuqurlashtirish va kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratadi. 19-20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon taklifi bilan ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi strategik munosabat faollashuvining yorqin dalolati boʻldi.Oʻzbekiston dunyo siyosati va iqtisodiyotida eng muhim rollardan birini oʻynayotgan Xitoy Xalq Respublikasi bilan yaqin regional qoʻshni va doʻstona davlat sifatida strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda.Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlar masalalarining butun majmui boʻyicha strategik hamkorlikni mustahkamlashda xuddi shunday yutuqlar kuzatilmoqda. Bevosita Koreya investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini, imtiyozli kreditlarini faol jalb qilish hamda sanoat, energetika, infratuzilma, avtomobilsozlik, fan va innovatsiyalar, sogʻliqni saqlash va turizmni rivojlantirish sohalarida yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun moliya-texnik yordam koʻrsatilishi mamlakatimiz manfaatlariga javob beradi.Oʻzbekistonning Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arablar Amirliklari, Kuvayt, Qatar, Oʻmon, Bahrayn, Iordaniya, Jazoir va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabatlari tubdan yangi darajaga chiqmoqda. Shuni qayd etish kerakki, Yaqin Sharq mamlakatlari bilan oʻzaro foydali va har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi.Oʻzbekistonning yangi tashqi siyosiy yoʻnalishi mamlakatning regional va xalqaro tashkilotlardagi oʻzaro hamkorligi faollashuvida va pozitsiyalari mustahkamlanishida namoyon boʻladi.