O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 3,61 Mb.
bet11/21
Sana20.06.2022
Hajmi3,61 Mb.
#681730
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
201 turizm Mahmatrayimov sh geografiya kurs ishi qayta tahrir

Nyu-Jersi - Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti - Trenton shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin. AQShning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 20,16 ming km². Aholisi 8,6 mln. kishi (2018), 89% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Trenton sh. Yirik shaharlari: Nyuark, Jersisiti, N.-J.ning koʻp qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, shimoliy qismi Appalachi togʻlari etaklarida





2.2.6-rasm Nyu-Jersi bayrogʻi

2.2.7-rasm Nyu-Jersi tamgʻasi


2 .2.8-rasm Nyu-Jersi-xaritasi

Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Gdan —5° gacha, iyulni-ki 22-24°.Nyu-Jersi — AQShning aholisi eng zich va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtatlaridan. Ishlab beruvchi sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, rangli metallurgiya, silikat-keramika, tikuvchilik korxonalari bor. Bogʻdorchilik rivojlangan. Nyu-Jersi hududi orqali AQShning yirik shaharlarini bogʻlovchi transport yoʻli va avtomobil yoʻllari oʻtgan.


Ogayo — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Eri koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Maydoni 107,0 ming km². Aholisi 11,4 mln kishi (2018), 75% dan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi






2.2.9-rasm Ogayo bayrogʻi

2.2.10-rasm Ogayo tamgʻasi




2.2.11-rasm Ogayo -xaritasi

Maʼmuriy markazi — Kolumbus shahri, yirik sanoat shaharlari: Klivlend va Sinsinnati. Shtatning sharqida Appalachi platosi (eng baland joyi 460 m), gʻarbida Markaziy tekisliklar bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0" dan —3° gacha, iyulniki 23— 25°. Yillik yogʻin 800–1000 mm. Ogayo — AQShning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Toshkoʻmir (yiliga 40 mln. t), tuz (5 mln. t), neft va tabiiy gaz qazib olinadi. Ogayo choʻyan va pulat eritishda AQShda Pensilvaniya shtatidan keyin 2-oʻrinda, elektr energiya hosil qilishda esa 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 60%ni chorvachilik beradi. Ekin maydoni 5 mln. ga. Asosan, makkajoʻxori, soya, bugʻdoy, suli va yem-xashak ekinlari ekiladi. Meva, uzum va sabzavot yetishtiriladi. Eri koʻli sohilidagi portlar orq-ali koʻmir junatiladi, temir rudasi keltiriladi. Ogayo hududini yevropaliklardan birinchi boʻlib 17-asrda fransuzlar egallagan. Parij shartnomasiga bino-an, 1763 yilda Ogayo Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1783 yildan AQSH tarkibida. 1802 yildan AQSH shtati.


Kanzas — AQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2019). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari.







2.2.12-rasm Kanzas tamgʻasi

2.2.13-rasm Kanzas  xaritasi

2.2.14-rasm Kanzas bayrogʻi

Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv).Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha 1-, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi.Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi.


Aydaho - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Maʼmuriy markazi - Boise shahri. AQSh ittifoqiga 1890-yilning 3-iyulida kirgan, undan oldin - Idaho Territory. Shimoli-g‘arbidagi shtat





2.2.15-rasm Aydaho bayrogʻi

2.2.16-rasm Aydaho xaritasi

2.2.17-rasmTamg’asi

Katta qismi tog‘lardan ibo-rat. Shimoliy va markazida Qoyali tog‘lar, sharqida Kolumbiya platosi, janubida Sneyk daryosi tekisligi bor. Maydoni 216,4 234ming km².Aholisi 1,1 mln. kishi (1992), jum-ladan, shahar aholisi 47,5%. Ma’muriy markazi – Boyse shahri 3 mingga yaqin mahalliy xalq – indeyslar bor. Shimoliy qismida konchilik sanoati va rangli me-tallurgiya (qurg‘oshin, pyx), janubiy qismida sug‘oriladigan dehqonchilik (Sneyk daryosi va uning irmoqlari vodiylarida) iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sug‘oriladigan ekin maydoni ishlanadigan yerlarning 1/3 qismini band qilgan. Asosiy ekinlari: kartoshka (ekin may-doni jihatidan AQSHda 1-o‘rinda, yalpi hosili jihatidan 2-o‘rinda turadi); qand lavlagi (AQShda qand lavlagining 1G‘10 qismi), bug‘doy va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bog‘dorchilik, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Aydaxo tovar mahsulotining yarmiga yaqinini chorvachilik beradi. Aydaxoda kumush, rux va qo‘rg‘oshin qazib chiqariladi. Fosforit zaxirasi katta. Ishlab beruvchi sanoatda asosiy tarmoqlari – rangli metallurgiya (Kellogg), oziq-ovqat sanoati, o‘rmonchilik. Shtatning markaziy qismida atom ener-giyasi sohasida ilmiy ish olib boradigan yirik markaz bor. Turizm (Quyosh vodiysi va boshqalar) rivojlangan, kurort ko‘p. Amerikani g‘arbdan sharqqa kesib o‘tadigan 2 ta temir yoʻl magistrali Aydaxodan o‘tadi.
Ayova – AQShning O‘rta G‘arbidagi shtat. Maydoni 146 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (1992). Ma’muriy markazi – De-Moyn shahri "Makkajo‘xori mintaqasi"ning markazi. Ayova mahsuloti qiymatiga ko‘ra AQShda (Kaliforniyadan so‘ng) 2-o‘rinda turadi.





2.2.18-rasm Ayova bayrogʻi

2.2.19-rasm Ayova tamgʻasi


2.2.20-rasm Ayova xaritasi

Tabiiy sha-roiti qulay. Missisipi va Missuri daryolarining pastroq (400–500 m) te-kis suvayirg‘ichida joylashgan. Partov yerlar kam. Iqlimi mo‘’tadil kontinental, yog‘inning yarmidan ko‘prog‘i (yiliga 700–1000 mm) ko‘klam-yoz oylarida yog‘adi, tuproqlari unumdor qora-tuproq va qoramtir tuproq. Ayova rivojlangan. Shtat hududining 70% ekinzor, 11% yaylov, 7% ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ekin maydonining ko‘p qismi yem-xashak ekinlari: makkajo‘xori (48-50%), suli (25-26%), o‘tlar (15–16%) bilan band. Loviya ko‘p ekiladi. Ayova tovar mahsuloti qiymatining 80% chorvachiliqsan kela-di; qoramol, cho‘chqa bo‘rdoqiga boqiladi. Ayova yaxshi mexanizatsiyalashgan. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari va bir oz ko‘mir qazib chiqariladi. Ish-lab beruvchi sanoat tarmoqlaridan, asosan, oziq-ovqat sanoati, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinalari va inventarlari ishlab chiqarish rivojlangan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Ayovada bir qancha harbiy sanoat korxonalari qurildi (Davenport, Dubyuk va boshqa portlarda). Missisipi va Missuri daryolarida kema qatnaydi. Transport yo‘llari yaxshi rivojlangan. Ayovada makkajo‘xori seleksiyasi tadqiqot instituti bor.


Alabama – AQSH shtati, mamlakatning janubida. Yer yuzasining katta qismi tekislik, shimoliy va shimolisharqida Tennessi daryosi kesib o‘tgan Appalachi tog‘larining tarmoqlari bor. Maydoni 133,7 Aholisi 4,1 mln. kishi (30% negrlar, 1992). Ma’muriy markazi – Montgomeri shahri.Shahar aholisi 55%. Sanoatining asosiy tarmoqlari – qora metallurgiya va metallsozlik. Toshko‘mir, temir rudasi, boksit qazib chiqariladi. To‘qimachilik, kimyo (Masl-Shols, Xantsvill) va yog‘och-qog‘oz sanoati (Chayldersberg) rivojlangan. GESlar bor. ming km².











2.2.22-rasm Alabama tamgʻasi

2.2.23-rasm Alabama xaritasi

2.2.21-rasm
Alabama bayrogʻi

Tennessi vodiysida – kimyo va boshqa korxonalar, Xantsvillda aviatsiya-raketa hamda portlovchi moddalar zavodlari bor. Alabamaning asosiy mahsulotlari: broyler jo‘jalar (mamlakatda 3-o‘rinda), paxta, tuxum. kramol boqiladi. Dehqonchilikda makkajo‘xori, yer yong‘oq, xashaki ekinlar ekiladi.


Alaska (Alaska) – Tinch okeanning Shimoliy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi keng qoʻltiq. Alaska yarim oroli bilan Shimoliy Amerika materigi oralig‘id ovlanadi. Asosiy portlari – Syuard, Prins-Rupert.AQSH shtati. Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbida, AQShning asosiy qismidan uni Kanada yerlari aj-ratib turadi. Maydoni 1519 ming km². Alaska materik qismdan va bir qancha orollar (Aleksandr arxipelagi, Aleut orollari, Pribilov, Kadyak va boshqalar) dan iborat. Shimoliy Muz okeani va Tinch okean (Bering dengizi) bilan o‘ralgan. Ma’muriy markazi – Juno shahar. Tinch okean sohilida igna bargli o‘rmon bilan qoplangan baland tog‘ 384tizmalari bor. Gidroenergiyaga boy eng yirik Yukon daryosida kema qatnaydi. Aholisi 599 ming kishi (1993), ancha-gina qismi harbiy xizmatchilardir. Mahalliy aholi – indeyslar, aleutlar va eskimoslar. Aholining 3/4 qismi Alaskaning janubi-sharqiy va janubiy sohil qismida yashaydi. Alaskani 18-asr 1-yarmida ruslar egallab, qishloklar qura boshlagan. 1799 yilda yer osti va yer usti boyliklaridan tanho foydalanish huquqini olgan Rossiya-Amerika kompaniyasi tashkil etildi. 1867 yilda Rossiya hukumati Alaskani AQSH ga 7,2 mln. dollarga sotib yuborgan. Alaska 1884 yilgacha AQSH harbiy vazirligi tasarrufida bo‘lgan, 1884–1912 yillarda okrug, so‘ngra hudud, 1959 yildan shtat. 19-asrning 90-yillarida Alaskaning markaziy qismida va Syuard yarim orolda oltin konlari topilishi bilan Alaskaning ichki qismlarida ham aholi turar joylari paydo bo‘ldi. 1911–38 yillarda Alaskada mis konlari ishga solindi. 1915–23 yillarda transport yoʻli qurilib, Alaskaning markaziy qismi sohil bilan bog‘landi. Baliq ovlash va baliq sanoati, o‘rmon sanoati, foydali qazilmalar chiqarish va qisman mo‘ynachilik Alaska xo‘jaligining asosini tashkil etadi. Oltin qazib chiqarish Alaska kon sanoatining asosiy tarmog‘idir. Shuningdek, kumir, neft, qalay, platina, simob, xromit qazib olinadi. Ishlab beruvchi sanoat asosan konserva va taxta tilish korxonalaridan iborat. Ketchikan va Sitka shaharlarida 2 ta ulkan sellyuloza-qog‘oz zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi bilan deyarli shug‘ullanilmaydi, faqat Matanuska vodiysida, Kenay yarim orolda kartoshka ekiladi, qoramol, parranda boqiladi. Mo‘ynali hayvonlar ovlanadi. Tashqi aloqalari, asosan, dengiz floti, shuningdek havo yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Alaska avtomobil yo‘li va transport yoʻli orqali Kanada bilan bog‘langan.
Arizona – AQSH janubi-g‘arbidagi shtat. Maydoni 295 ming km². Aholisi 4 mln. Ortiq kishi (1999). Ma’muriy markazi – Finiks shahri Markaziy qismi tog‘lar (balandligi 3861 m gacha), shimoli-sharqi Kolorado va Xila platolaridan iborat. Bu platolarni Kolorado daryosi kesib o‘tadi. Xo‘jaligining asosiy tarmoqlari – obikor dehqonchilik va konchilik sa-noati. Asosan paxta ekiladi. Beda, sab-zavot, sitrus ekinlar ham anchagina may-donni egallagan. Chorvachiligi go‘sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan.







2.2.24-rasm Arizona bayrogʻi

2.2.25-rasm Arizona tamgʻasi

2.2.26-rasmArizona xaritasi



Kolorado daryosiga yirik GES qurilgan. Mis qazib chiqarishda Arizona AQShda 1-o‘rinda turadi va oltin qazib olish ham katta o‘rin tutadi. Rangli metallurgiya (mis, alyu-miniy), metallsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizm taraqqiy etgan. Arizonada Katta Kanon milliy parki bor.

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish