Iqlim sharoiti bo‘yicha bo‘yicha Orolbo‘yi xuddi O‘rta Osiyoning cho‘l va chala cho‘l zonasiga mansub bo‘lib, keskin kontinental iqlim sharoiti bilan issiq va quruq yoz va namli va sovuq qish bilan ajralib turadi. O‘rtacha yillik havo harorati +13,7O, o‘rtacha vegetatsiya davri +22,6 Omutlaq maksimum haroart +36 O S. Qishda havo harorati -16,0O bo‘lib, 30 kunda ortiq cho‘zilmas edi. Ko‘p yillik yog‘in miqdori 80-100 mm bo‘lib, qishda va bahorda tushar edi. Orol bo‘yida yil bo‘yi shimoli-sharqdan 7-12 m/s shamol esib turar edi. Bahorda, yozda chang bo‘ronlariga aylanar edi. Erta kuzgi qora sovuqlar sentyabr oyining uchunchi haftasida kuzatilar edi. Tuproqning muzlashi 60-70 sm kuzatilar edi. Qor qoplami uncha qalin bo‘lmasdan 5-10 sm oshmas edi (Sultonova, Xudoyberganova, Daljanov 2007).
Do'stlaringiz bilan baham: |