O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


 MATERIAL PUXTALANISHNING ASOSIY STRUKTURAVIY



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

1. MATERIAL PUXTALANISHNING ASOSIY STRUKTURAVIY 
MEXANIZMLARI 
 
1.1. Material puxtalanishining strukturaviy-energetik asoslari 
 
Materialning shakli o‟zgarishiga va buzilishiga olib keladigaт mexanikaviy, 
issiqlik,  kimyoviy-oksidlovchi,  elektr  va  boshqa  tashqi  ta‟sirlarni  bitta  kompleks 
tishuncha bilan, ya‟ni mustahkamlik tushunchasi bilan qamrab olish mumkin. Bu 
tushuncha  mustaqil  va  bir-biriga  bog‟liq  bo‟lgan  ko‟rsatkichlar  tizimi  bilan 
belgilanadi [1-6]. Ularga quyidagilar kiradi: oquvchanlik chegarasi, cho‟zishda va 
siqishda  mustahkamlik  chegarasi,  chidamlilik  chegarasi
1
,  sudralib  cho‟zilish 
chegarasi
2
,  uzoq  davom  etadigan  mustahkamlik  chegarasi
3
,  zarbiy  qayishqoqlik, 
elastik-plastikli  o‟tish  harorati
4
,  nisbiy  uzayish,  qattiqlik,  otashbardoshlik,  kuyib 
ketishga  chidamlilik,  yeyilishga    chidamlilik  va  boshqalar.  Keltirilgan 
ko‟rsatkichlar materialning vazifasidan kelib chiqayotgan  barcha mustahkamlikka 
qo‟yilgan  talablarni  qamrab  olalmaydi,  ular  material  ko‟rsatkichlarini  aynan  shu 
ko‟pincha  soddalashtirilgan  mexanik  va  issiqlik  yuklanishlardagi  holatlar  uchun 
belgilaydi. Ular materiallarni ishlatishdagi  xossalarini to‟liq taminlay olmasa ham, 
lekin  aynan  shu  ko‟rsatkichlar  asosida  materiallar  tanlanadi.  Deyarli  solishtirma 
mustahkamlik  chegaralarining  barchasi  ma‟lum  yuklanish  sxemalarida  materialni 
buzish  (vayron  qilish)  uchun  sarflangan  ishni  aks  ettiradi.      Materialni  cho‟zib 
sinashda buzilishga sarflangan ish quyidagicha aniqlanadi: 
 
    ∫        
  
  
 
      
   
        
  
 
 
(1.1) 
 
bunda   

bch
 – cho‟zishda mustahkamlik chegarasi, N/m
2
;  S – namunaning 
ko‟ndalang  kesim  yuzasi,  m
2


L
кр
  –  namunaning  uzilishdan  oldingi  mutlaq 
(absolyut) cho‟zilishi, m.  
Materialni buzish uchun sarflangan solishtirma ish quyidagicha hisoblanadi: 
 
 
   
 
 
      
  
   
   
 
 
(1.2) 
                                                           
Xuddi  chunday,  siqishdagi  buzish  uchun  sarflangan  solishtirma  ish 
siqishdagi  mustahkamlik  chegarasiga  (a
sol
  ≈  σ
bs
),  kesilishda  esa  -  kesilishdagi  
mustahkamlik chegarasiga (a
sol 
≈ τ
o‟rt
) mos bo‟ladi. Shu kabi bog‟lanishlarni barcha 
buzilish  turlari  uchun  aniqlash  mumkin.    Mustahkamlik  ko‟rsatkichlarning  bittasi 
                                                 
1
  Chidamlilik chegarasi - materialni siklik zo‟riqishlarni hosil qiladigan yuklanishlarga bardosh berishi 
2
  Sudralib  cho‟zilish  chegarasi  -  elastik-plastik  materiallarni  deformatsion  xossalarni  belgilaydigan  parametr  – 
deformatsiya tezligi ma‟lum qiymatdan oshmasligini ta/minlaydigan maksimal zo‟riqish  
3
  Uzoq  davom  etedigan  mustahkamlik  chegarasi  -  ma‟lum  vaqt  davomida  yuqori  temperaturada  cho‟zilgan 
namunani uzilishiga olib keladigan yuklanishni ko‟ndalang kesimining dastlabki yuzasiga nisbati 
4
 Elastik-plastikli o‟tish harorati - mo‟rt sinish va plastuk holatga o‟tish temperatura intervali 



 
oshsa,  boshqalari  ham  oshadi,  bu  holat  ko‟rsatkichlar  orasida  uzliksiz  bog‟lanish 
mavjudligini  ko‟rsatadi.  Barcha  mexanikaviy  mustahkamlik  ko‟rsatkichlarini  bir-
biriga  bog‟liqligi  ular  u  yoki  bu  darajada  qattiq  jismning  ichki  energetik  holatini 
tasvirlashini  ko‟rsatadi,  har  xil  buzish  sxemalarda  aniqlangan  σ
bch
,  σ
bs
,  τ
o‟rt
 
kattaliklarning  son  jihatdan  bir-biriga  teng  emasligi,  plastik  deformatsiya  har  xil 
hajmlarda tarqalishi bilan izoxlanishi mumkin. Haqiqatdan, namunani o‟lchamlari 
bir  xil  bo‟lganda  cho‟zishda  plastik  deformatsiya  namunaning  kichik  zonasiga 
“bo‟yinga”,  siqishda  butun  uzunasiga,  kesishda  bevosita  bir  necha  mkm  teng 
kesish zonasiga ta‟sir qiladi.  
Materialni har xil buzish ta‟sirlarga qarshilik ko‟rsata olish, uning  ma‟lum 
strukturaviy  hossalariga  bog‟liq,  bularni  maqsadli  o‟zgartirib  mustahkamlikni 
boshqarish  mumkin.  Puxtalanish  deganda  materialga  har  xil  energetik  oqimlar 
bilan  ta‟sir  qilib,  uning  mustahkamlik  xossalarini  oshishiga  olib  keladigan  har 
qanday  strukturaviy  o‟zgarishlar  tushuniladi.  Ammo,  alohida  mustahkamlik 
xossalarning  oshirilishi  barcha  yuklanish  sxemalarda  yuqori  ekspluatatsion 
xossalarni  hamma  vaqt  ham  ta‟minlay  olmaydi.  Masalan,  metallarda  qattiqlikni 
oshishi  cho‟zilishda  va  siqilishda  mustahkamlik  chegarasini  oshiradi,  lekin 
toliqishga  qarshiligini
5
  pasaytiradi.  Chidamlilik  chegarsini  o‟sishini  plastiklik 
oshishi  va  qattiqlik  kamayishi  bilan  bog‟lashadi.  Yeyilishga  chidamlilikni 
ta‟minlanishi materialning elastik-plastik xususiyatlariga qat‟iy amal qilishni talab 
qiladi.  Masalan,  abraziv  va  adgezion  yeyilishga  chidamlilik  qattiqlik  va 
mustahkamlik chegarasiga mos keladi [7,8]. Vodorodli, oksidlovchi, kavitatsion va 
diffuzion  yeyilishlarda  materialning  ekspluatatsion  xossalari  mustahkamlik 
ko‟rsatkichlariga uncha bog‟liq emas [9,10].    
1.1  rasmda  materialning  elastik  va  plastik  xossalarining  umumlashtirilgan 
bog‟liqlik keltirilgan. Mustahkamlikning oshishi har doim plastiklik pasayishiga va 
ishlov  berish  xususiyatini  yomonlashishiga  olib  keladi.  Ideal  konstruktsion 
material  yuqori  mustahkam  bo‟lishi  va  yaxshi  kesib  ishlanishi  kerak.  1.1  rasmda 
bunday materialga shtrixlangan soha to‟g‟ri keladi. 
   
 
1.1rasm.  Materialning  elastik  va  plastik  xossalarining  umumlashtirilgan 
bog‟lanish 
                                                 
5
 Charchashga qarshilik – materialni siklik yoki qaytariladigan mexanikaviy ta‟sirlarga bardosh berish 



 
 
Kundalik hayotda va sanoatda ko‟llaniladigan ko‟pchilik metal materiallari – 
bu singish va almashish qattiq eritmalar asosida hosil bo‟lgan polikristal geterogen 
tizimlardir.  Polikristallarda  rivojlangan  fazalararo,  donalararo  va  subdonali 
chegaralar mavjud.  
Rivojlangan  polikristall  tizimlar  tarkibidagi  fazalarda  har  doim  kristall 
tuzilishning  nuqsonlari  bo‟ladi,  ularning  taqsimlanishi  va  kontsentratsiyasi 
legirlovchi atom va boshqa begona qo‟shimchalarga bog‟liq. Qayd etilgan tashkil 
etuvchilar  majmuasi  materialning  strukturasini  hosil  qiladi,  ularning  har  xil 
kombinatsiyalari  qotishmaning  turli  strukturaviy  holatlariga  javob  beradi  va 
ularning u yoki bu strukturaviy xususiyatlar majmuasini belgilaydi.      
Har xil strukturaviy omillarni puxtalanishga qo‟shgan ulushlari oquvchanlik 
chegarasini oshishi misolida quyidagi bog‟lanish bialn ifodalanadi: 
 
            

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish