y
2
x
2
O
Me
O
y
Me
x
(6.5)
(6.5) reaksiya bo‟yicha tizimning oksidlangan holatga o'tishi, uning Gibbs
erkin energiyasini manfiy o'zgarishida kechadi. Kislorod bilan eng faol reksiyaga
kirishadigan metallar Al, Cr, Ti, Si, Y, Hf, nodir er metallari. Asl metallar (oltin,
kumush, platina) kislorodda korroziyaga uchramaydi.
Ko'pgina metallar osongina passivatsiyalanishi mumkin. Ba'zi bir korrozion-
faol muhitlarda zaif va kuchli passivlanadigan metallardan tashkil topgan metall
qotishmalar sirtida yaxshi passivlanadigan yuzalarni olish mumkin. Bu hodisaga
turli xil korroziya bardosh qotishmalarni ishlab chiqarishi asoslangan, ulardan eng
kop qo‟llaniladigan temir asosida olinadigan zanglamaydigan po'latlardir.
Metallar va qotishmalarni mavjud sharoitlarda barqaror passiv holatda
bo‟lishi uchin asosiy shart - bu muhitning kimyoviy tarkibidir. Mavjud tasnifga
va terminologiyaga muvofiq barcha muhitlar, ularning tarkibiga kirgan moddalarga
ko‟ra, passivatorlar va aktivatorlarga bo'linadi. Passivatorlarga kislotalar (ma'lum
bir kontsentratsiyagacha) va NaNO
3
, K
2
CrO
4
, AgNO
3
, HClO
3
, O
2
va boshqalar
kabi oksidlovchi moddalar kiradi. O'z-o'zidan passivlashib ketadigan metallar va
qotishmalar eng yuqori barqarorlik va korroziyabardoshlikka ega bo‟ladi, chunki
himoya plyonkaning har qanday buzilishi uning qayta tiklanishiga olib keladi.
26
Adsorbtsiya – adsorbent deb nomlanadigan suyuqlik yoki qattiq jismning sirt qatlami bilan eritmadan yoki gaz
aralashmasidan gazlarni, buqlarni moddalarni yutish (shimish) jarayoni.
122
6.2 rasm. Passivatsiya qilinayotgan metallning polyarizatsiya egri chizig'ining
xarakterli shakli.
Ko'pgina metallar va qotishmalar tashqi anod polyarizatsiyasi yordamida
ma‟lum muhitlarda, eritmalar va syuq metallarda passivlashishi mumkin. Yana bir
marta polyarizatsiya tokining kuchlanishga bogliqligini ko‟rsatuvchi egri chizigini
ko‟rib chiqamiz. Nomoyondorlikni oshirish uchun koordinatalarning joyino
almashtiramiz (6.2.rasm).
Egri chiziqning 1-qismi metalning faol eritilishiga mos keladi, uning
maksimal tezligi, potentsial oshishi bilan oshadi va I
max
da eng katta qiymatga
yetadi. I
max
qiymatiga mos keladigan potentsial ushbu holatni aniqlagan olim (F.
Flade) sharafiga Flade potentsiali deb nomlangan. Anod potentsialining yanada
o'sishi metalning erish tezligi (toki) ni pasayishiga olib keladi, bu passiv sirt
plyonkasining shakllanishini boshlanishi bilan bog'liq va υ
п
ma‟lum qiymatida
polyarizatsiya tokning zichligi doimiy bo‟lib eng kichik qiymatga I
min
ga teng
bo‟ladi.
Minimal polarizatsiya toki kuzatiladigan va qayd qilingan potentsial
passivatsiya
potentsiali
deb
nomlanadi.
Potentsial
υ
пер
ning
ma'lum
qiymatlarigacha, bu passivlashgan holat saqlanib qoladi. Har xil metallar va
qotishmalar uchun hamda ko'plab tashqi omillarga bog'liq ravishda passiv holat
saqlanib qolgan υ
п
va υ
пер
lar o'rtasidagi diapozon potentsiali har xil bo'ladi.
Potentsial oshganda polarizatsiya tokining ortib borishining sababi metall va
oksidlarning erish tezligining ularning o'sish tezligidan ustunligi hisoblanadi. Bu
ma'lum bir muhitda joylashgan va anodli polarizatsiyalangan metall yoki
qotishmalarning ma‟lum joylarda hosil bo‟lgan "passiv" qatlamning geterofaza
strukturasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Metall va qotishmalarning passiv
holatining yo'qolishining sabablari ko'pincha turli xil aktivatorlarning, birinchi
navbatda Cl, Br, F va boshqa galogenlarning mavjudligi bilan bog'liq.
Metall va qotishmalarning passivatsiyasi haqida zamonaviy tassavurlar
ularning sirtida oksid plyonkalarning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir. Oksid
plyonkaning qalinligi sharoitlarga, temperaturaga, metall va qotishmaning turi va
erish tezligiga ko‟ra quyidagi qonunlar bilan ifodalanishi mumkin:
123
- chiziqli
Do'stlaringiz bilan baham: |