O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


 Elektro uchqunli legirlashning maxsus usullari



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

 
4.7. Elektro uchqunli legirlashning maxsus usullari 
 
Elektr  uchqunli  usulda    olingan  qoplamalar  asosga  juda  mustahkam 
yopishganligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun puxtalangan, modifikasiyalangan  
va  legirlangan  sirt  strukturalarini  xilma-xil  elektro  uchqunli  usullar  yordamida 
olinadi. Ulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz.  


105 
 
 
1).  Kukunli  materiallar  yordamida  sirt  qatlamini  elektro  uchqunli  usulda 
qoplash  
Tok    o‟tkazuvchi  maydadispersli  kukun  materiali  detal  yuzasining 
puxtalanadigan  sirt    va  aylanuvchi  mis  rolikning  orasiga  beriladi,    ular  orasida 
davriy  ravishda  razyradli  uchqun  o‟tib  turadi.  Uchqunli  jarayonini  qo‟zg‟atib 
turadigan  impuls  generatori  elektr  uchqunli  legirlash  usullarida  qo‟llaniladigan 
an‟anaviy    qurilmalardan  konstruktiv  jihatdan  farq  qilmaydi.  Kommutatsiya
16
 
elektr  razryadli  zanjirni  uzib  turuvchi  elektron  qurilma  yordamida  amalga 
oshiriladi.
 
Aylanuvchi  mis roligi nafaqat anod vazifasini o‟tadi, balki sirt yuzasida 
legirlanayotgan  qatlamining  plastik  deformatsiyalaydi.  Elektr  uchqunli  rejimini 
elektr  kontakt  rejimiga  o‟tkazish  yo‟li  bilan  qoplamani  asosga  yopishqoqligini 
oshirish mumkin. Usulni  sirtni puxtalash  uchun ham, uni qayta tiklash uchun ham 
qo‟llash mumkin. Qurilmaning sxemasi  4.8 rasmda keltirilgan. 
4.9  rasmda    ferromagnit  tarkibidagi  metall  kukunini  qoplash  uchun 
mo‟lljallangan  asbobning  sxemasi  keltirilgan.Yuzalari  mustahkamlanadigan  yoki 
tiklanadigan detal „1‟ doimiy magnitli  „2‟  markazlari orasida aylanadi, elektrodlar 
(anodlar)  „4‟  ularga  tik  joylashgan.  Detal  yuzasi  va  magnitlar  orasidagi  tirqishga 
kukunli  ferromagnitli  material  „3‟  kiritiladi,  hosil  bo‟lgan  kukun  changi  magnit 
maydoni  bilan  ushlab  turiladi.    Detal  aylanganda  uning  yuzasiga  metall  kukuni 
o‟tiradi. Elektrodlar va detal orasidagi elektr zaryadi sirt yuzasiga o‟irgan kukunni  
pishirib biriktiradi. Elektromagnitlar  doimiy tok manbasi „5‟ dan quvvat oladi  va 
uchqun zaryadi impulslar generatori „6‟ tomonidan ta'minlanadi. 
 
 
 
4.8.rasm.  Legirlangan  qatlamni  val  sirtiga  elektr  uchqunli  usul  bilan 
yotqizish va plastik deformatsiyalash:  
1  –metall  kukni;  2  –puxtalanayotgan  buyum;  3  –  rolik;  4  –  impuls 
generatori. 
Legirlangan  qatlam  bilan  elektro  uchqunli  qoplash  va  sirtni  tiklash  uchun 
maxsus  metall  kukunlari  ishlab  chiqarilgan,  ularning  asosiy  tashkil  etuvchilari: 
qattiq  qotishmalar,  karbidlar,  nitridlar  va  qiyin  eruvchan  metallarning  boridlari, 
xrom va xrom qotishmalari, volfram va uglerod aralashmasi va boshqalar. 
                                                 
16
 O‟zgaruvchan jarayonlardagi kommutatsiya – elektr zanjir parametrlarini juda tez o‟zgarishi 


106 
 
 
 
4.9.rasm.  Ferromagnitli  kukunni elektro uchqunl usuli yordamida yotqizish: 
1 – puxtalanadigan detal (katod); 2 – elektromagnit; 3 - ferromagnitli  
kukun; 4 – elektrod (anod); 5 – doimiy tok manbasi; 6 – impuls generatori 
 
Kukunli  materiallardan  foydalanish  an'anaviy  metallurgiya  jarayonlarida 
ishlab  chiqish  qiyin  yoli  umuman  ishlab  chiqib  bo‟lamaydigan  metall 
qotishmalarini  yaratishga  imkon  beradi.  Elektro  uchqun  yordamida  tiklash 
texnologiyasi harbiy va tog 'mashinalarini ta'mirlash, qishloq xo'jaligi texnikasi va 
asbobsozlik  sohasida keng qo'llaniladi.  
2)    Bimetal  elektrodlar  bilan  elektr  uchqunli  legirlash.  Bimetall  elektrodlar 
ikkita metalldan iborat (4.10-rasm), elektroizolyatsiyalangan qism bilan ajratilgan, 
ulardan  biri  an'anaviy  legirlovchi    elektrod  materialidan,  ikkinchisi  esa  yuqori 
elektron-emissiya
17
 qobiliyatga ega bo‟lgan, elektronlarni chiqish energiyasi kichik 
bo‟lgan qotishmadan tayyorlangan. 
 
 
 
4.10  rasm.  Bimetal  elektrodlar  yordamida  elektro  uchqunlu  legirlash 
sxemasi:  
                                                 
17
 Elektron emissiyasi – qattiq moddalardan yoki suyuqliklardan elektronlarning sochilishi 


107 
 
1-  legirlovchi  material;  2  –  yordamchi  elektrod;  3  -  izolyator;  4  –  impulslar 
generatori; 5 – tok manbasi. 
 
Yordamchi  elektrod  „2‟  elektron  emissiyasi  hisobiga  o'tkazuvchanlik 
kanalini  ishga  tushirish  uchun  mo'ljallangan,  bundan  keyin  elektrod  va  detal 
orasida  past  kuchlanishda  yuqori  quvvatli  elektr  zaryadi  sodir  bo'ladi.  Natijada,   
asosiy elektrod „1‟ ning elektr eroziyasi (yemirilishi) yanada faol  kechadi, suyuq 
fazada  anod  massasining    ko‟proq  hajmi    hosil  bo‟ladi    va  bu  o'z  navbatida 
ko‟chirish koeffitsientini oshiradi. Bimetall elektrodlar legirlovhi material sifatida 
odatda  eroziya  faolligi  past  bo‟lgan  metal  va  juda  qattiq  qotishmalardan 
foydalanishga imkon beradi. 
 
 
 
 
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish