O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

2.12. Elektrimpulsli ishlov berish 
 
Elektrimpulsli  ishlov  berish  (EIIB)  usuli  elektrplastiklik  hodisasiga 
asoslangan. 
EIIB  ning  fizikaviy  modelini  ishlab  chiqishga  ko‟p  ishlar  bag‟ishlangan. 
Dislokatsion  tizimga  elektr  tok  ta‟sirining  mexanizmiga  bag‟ishlangan  bir  qator 
gipotezalar  mavjud  [1,2].  Ulardan  bittasi  elektron-dislokatsion  ta‟sirni  taxmin 
qiladi.  Elektrplastiklik  hodisaning  miqdori  tok  zichligiga  proportsional  bo‟lgani 
uchun, uni metal panjarasida hosil bo‟lgan elektron shamol va bu shamol ta‟sirida 


66 
 
harakatlanayotgan  dislokatsiyalarning  tezlanishi  bilan  bog‟lashga  asoslar  bor.   
Elektron  qo‟zg‟alishlar  tebranib  turgan  dislokatsion  segmentlarda  o‟zgarishlarni 
vujudga  keltiradi  va  dislokatsiyalarni  to‟siqlardan  o‟tish  uchun  urinishlar 
takrorliginirini oshiradi, o‟tish vaqtini kamaytiradi.    
Boshqa 
gipoteza 
electron-dislokatsion 
modelni 
tark 
etmasdan, 
dislokatsiyalarga ta‟sir qiladigan kuchlarning asosiy sababi sifatida qo‟shimchalar 
va ikkilamchi fazalar hamda plastik deformatsiya davomida temperatura va bosim 
nuqtadan nuqtagacha o‟zgarishi tufayli qattiq jismdagi hosil bo‟ladigan kimyoviy 
potentsialni  taxmin  qiladi.  Dislokatsiyalar  o‟zida  elektr  zaryadni  tashigani  uchun 
ularga  metalldan  tok  o‟tgan  paytda  qo‟shimcha  kuchlar  ta‟sir  qiladi.  Shuning 
uchun,  elektrplastiklik  hodisasi  metallga  bir  vaqtda  dislokatsiyalar  harakatini 
faollashtiradigan  mexanikaviy  kuchlanishlar  gradientini,  temperaturani  va  elektr 
potentsialini ta‟sir qilishi bilan ifodalanadi.  
Impuls  davomiyligi  kichik  τ  =  0,1  ...0,001s  bo‟lganda  mikrodarzlar, 
kovakchalar,  donalar  chegaralarida  elektrmagnit  maydonni  mujassamlashishi 
natijasida katta zichlikda impulslar o‟tish davomida elektr potentsialning gradienti 
vujudga  keladi.    Bu  struktura  nuqsonlarida  katta  temperaturaviy  gradientlarni  va 
nuqsonli  zonalarida katta  siquvchi  termoelastik  zo‟riqishlar  paydo  bo‟lishiga  olib 
keladi,  natijada nuqsonlar  yo‟qoladi.  Yuqori temperaturalarda nuqsonli  zonalarda 
diffuziya  jarayonlarni  faollashgani  tufayli  yuda  tez  kechadigan  dinamik 
yumshatish  amalga  oshadi.    Dinamik  yumshatishni  ajralib  turgan  joyi 
rekristallanish  manbalarning  ko‟pchiligidadir.  Davomiyligi  va  amplitudasi 
boy‟icha miqdori optimal bo‟lgan impuls ishlov berilgan hajmda donalar o‟lchami 
5…10 mkmli mayda donali strukturani shakllantiradi.  
Grdientni tafsiflaydigaт diffusion model tan olinishi kengayib borayapti va 
jadal  ravishda  o‟rganayapti.  Adiabatik  sharoitda  (bir  xil  bosimda)  darz  boshida 
siquvchi  termik  zo‟riqishlar  hosil  bo‟lishi  isbotlangan.  Bundan  quyidagi  xulosa 
qilingan:  namunadan  yuqori  zichlikda  tok  impulsni  o‟tkazish  yo‟lo  bilan  tezkor 
mikroskopik  darzlarni  sekinlashtirish  mumkin  va  darz  rivojlanish  chizig‟iga    tik 
yo‟nalishda elktr tok impulslar (ETI) ni o‟tkazib, makrodarzlarni  yo‟qotish usuli 
taklif qilingan.  
Qizdirish  gipotezasi ham  mavjud. Bunda butun namunani qizdirish haqida 
gap ketmaydi, temperatura faqat plastik deformatsiya ta‟sirida bir jinsli bo‟lmagan 
mikroob‟ektrlarda  oshadi.  O‟z  magnit  maydoni  ta‟sirida  namunada  hosil  bo‟lgan 
va  pinch  hodisasi  deb  nomlangan  elastik  deformatsiyalar  deformatsiyalar 
o‟zgarishiga kam ta‟sir qiladi va ular ikkilamchi mezonlarga tegishlidir. 
[3]  -  chi  ishning  mualliflari  elektrimpulsli  deformatsiyani  (agar  plastik 
deformatsiyani  rivojlanishi    makroskopik  hajmda  ko‟rib  chiqilsa)  murakkab 
kompleks  hodisa  deb  hisoblashadi,  bunda  alohida  dislikatsiyalarning  dinamikasi 
makroskopik  plastik  oqimini  ta‟riflay  olmaydi.  Plastik  deformatsiya  bir  vaqtning 
o‟zida bir  nechta  bir-biriga bog‟liq  bo‟lgan, lekin bir-biridan  kelib chiqmaydigan 
strukturaviy 
darajalarda 
rivojlanadi[4]. 
Bu  kontseptsiyada  zo‟riqishlar 
kontsentratsiyalangan joylari alohida vazifaga ega bo‟ladi, bu yerda asosiy mikro- 
va  mezoskopik  darajalaridagi    deformatsiyalar  kechadi.  Zo‟riqishlar 
kontsentratsiyalangan  joylarda  material  o‟ziga  xos  holatda  bo‟ladi  va  shuning 


67 
 
uchun  tashqi  ta‟sirlarga  kutilmagan  javoblarni  beradi.  Tok  impulslar  ta‟sirida 
mexanik  ko‟rsatkichlarning  o‟zgarishi  deformatsiyalanayotgan  jismning  nuqsonli 
tizimni  qaytadan  tuzilishi  va  natijada  alohida  substrukturalarni  shakllanishi  bilan 
kechishi kerak. 
[5]  -  chi  ishning  mualliflari  metalalrda  elektr  tok  impulsli  usulining 
samarasi  ko‟rinadi, qachonki  tok  impulslarning  davomiyligi  0,01...1s,  solishtirma 
elektr energiya 

= 1... 10 Dj/mm
3
 va tok zichligi 

= 10
2
... 10
3
 А/mm
2
 bo‟lganda. 
Bu parametrlar metallarda fizikaviy maydonlarning kerakli vujudga keltiradi. 
Solishtirma elektr maydon miqdoriga va impulsli tokning zichligiga hamda 
homakiga  (yoki  detalga)  uni  kiritish  sharoitlarga  ko‟ra  sanoatda  qo‟llaniladigan 
quyidagi hodisalar vujudga kelishi mumkin:  
-
 
kuchli  deformatsiyalash  darajadan  keyin  metallarning  plastik 
xossalarni  tiklanishi,  shtamplashdan  keyin  elastik  deformatsiyalarni  yo‟qotish  va 
qoldiq  zo‟riqishlar  darajasini  kamaytirish,  bularni  an‟anaviy  pechlarda 
bajariladigan termik ishlashni o‟rniga qo‟llash mumkin. Tok impulslar davomiyligi 
kam  va  detallarni  umumiy  temperaturasi  kichik  bo‟lgani  uchun  har  qanday 
materiallarni  yumshatish,  shu  jumladan  titan  qotishmalarni  ham  havoda  bajarish 
mumkin;   
-  davriy  yuklanishda  ishlaydigan  detallarning  plastikligini  va  resursini 
tiklash va oshirish. (ETI) ni qo‟llash nafaqat hali plastik deformatsiya bo‟lmagan 
detallarning  dastlabki  strukturasini  yaxshilash,  balki  buzilgancha  70…80%  
resursini  sarflagan  detallarning  toliqish  darzlarni  ham  tuzatish  imkonini  beradi. 
Natijada  nafaqat  resurs  oshiriladi,  u  to‟liq  tiklanadi  va  yangi  detalalrni  ishlab 
chiqishga talab kamayadi; 
-  termik  puxtalangan  va  termik  puxtalanmagan  qotishmalardan 
tayyorlangan detallarning plastikligini pasaytirmasdan mustahkamligini oshirish; 
-  metallar  anizotropiyasining  mexanikaviy  ko‟rsatkichlarini  o‟zgartirish, 
ularning  korrozion  chidamliligini  oshirish.  Prokatlangan  mahsulotning  plastik 
xossalarini  prokatga  tik  yo‟nalishida  prokat  bo‟ylab  yo‟nalishga  qaraganda 
kattaroq  qiilish  mumkin.  Materiallarning  korroziyaga  chidamliligi  korroziya 
tezligini  sekinlashish  hisobiga  oshishi  konstruktiv  elementlarning  resursini 
oshishiga olib keladi. Bu hodisa agressiv va korrozion-faol muhitlarda ishlaydigan 
gidroyuritmalar tizimlaru uchun juda muhim.  
ETI  ni  u,  yoki  bu  hodisasi  vujudga  kelishi  uchun  deformatsiyalanadigan 
homakilariga hajm birligiga quyidagi formulada belgilangan aniq solishtirna elektr 
energiyaning miqdorini kiritish zarur: 
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish