O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


  QOPLAMANI NAZORAT QILISH VA SINASH USULLARI



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

8.  QOPLAMANI NAZORAT QILISH VA SINASH USULLARI 
 
8.1. Qoplama qalinligini aniqlash 
 
Qoplama qalinligini nazorat qilish, uni buzish va buzmasdan amalga oshadi. 
Buzmasdan  nazorat  qilish  usullarga  magnitli,  girdob  toklar,  sig‟imli,  ionli 
nurlatish,  termoelektrik  va  gravimetrik  usullar  kiradi.  Buzib  nazorat  qilish 
usullarga  kulonometrik,  oqim  usuli,  gravimetrik,  tomchi  usuli  va  metallografik 
usullar kiradi. 
Qoplama  qalinligini  buzmasdan  nazorat  qilish  usullari  asosiy  material  va 
qoplama  materialning  qadir-budurliklar  balandliklari  qoplama  qalinligidan  kichik 
bo‟lganda qo‟llaniladi. 
Qoplama qalinligini nazorat qilishning magnitli usullari qoplama qalinligiga 
bog‟liq  holda  magnitli  qarshiligiga  yoki  magnitni  buyum  sirtidan  uzish  kuchini 
qayd  qilishga  asoslangan.  Magnit  oqimi  usuli  ferromagnitli  bo‟lmagan  metal 
qoplamalarning,  ferromagnit  metallar  ustidagi  nometall  va  nikel  qoplamalarning 
qalinligini o‟lchash ichun mo‟ljallangan.Bu usulning nisbiy xatoligi 10% ni tashkil 
etadi.  Elektrmagnit  induktsiya  usuli  ferromagnit  metallar  ustidagi  ferromagnit 
bo‟lmagan  metal  va  nometall  qoplamalarning  qalinligini  o‟lchash  uchun 
mo‟ljallangan,  bu  usulning  nisbiy  xatoligi  4%  ni  tashkil  etadi.  Doimiy  magnitni 


146 
 
uzish  usuli  ferromagnit  metallar  ustidagi  metal  va  nometall  qoplamalarning 
qalinligini  o‟lchash  uchun  mo‟ljallangan.  Bu  usulning  nisbiy  xatoligi  10%  ni 
tashkil etadi. 
Girdob toklar
37
 usuli detal va qoplamada g‟altak hosil qilgan  elektromagnit 
maydonini  g‟altakning  magnit  maydoni  bilan  o‟zaro  ta‟sirini  qayd  qilishga 
asoslangan.  Usul  ferromagnitli  va  ferromagnitli  bo‟lmagan  detallar  ustidagi 
elektro‟tkazuvchan va  elektro‟tkazmas  qoplamalarning  qalinligini o‟lchash uchun 
mo‟ljallangan. Bu usulning nisbiy xatoligi 5% ni tashkil etadi. 
Sig‟imli usul
38
 dielektrik qoplamada va metal asosda datchikni mahkamlash 
natijasida  hosil  bo‟lgan  kondensatorning  sig‟imini  yoki  sig‟im  qarshiligini  qayd 
qilishga asoslangan. Datchikni yoylashish sxemasi va unga tegishli elektr o‟lchash 
sxemasi 8.1 rasmda keltirilgan  
 
 
8.1 rasm. Qoplama qalinligini sig‟imli usul bilan o‟lchash sxemasi: 
1 – qoplama; 2 – asos; 3 – datchik; TM – tok manbai. 
 
Ionli nurlatish usuli
39
 radioizotop manba yordamida qoplama materialida va 
asosiy metalda rentgen nurlarini qo‟zg‟atish natijasida qoplama qalinligini bog‟liq 
holda  hosil  bo‟lgan  β-nurlanishni  qaytib  taqsimlanishini  o‟lchashga  asoslangan. 
Metall  qoplamalarning  qalinligi  o‟lchanganda  asosiy  metall  va  qoplama 
materialining  atomar  rusumlari  ikki  yoki  undan  ko‟pga  farq  qilish  kerak.  Bu 
usulning nisbiy xatoligi 10% ni tashkil etadi. 
Termoelektrik  usuli  issiqlik  ta‟siri  natijasida  asosiy  metal  va  metal 
qoplamada,  ularning  issiqlik  va  massa  o‟tkazuvchanligi  har  xil  bo‟lgani  uchun,  
qoplamada  qalinlikga  bog‟liq  holda  hosil  bo‟lgan  kuchlanishlarning  farqini  qayd 
qilishga  asoslangan.  Usul  po‟lat,  mis  va  rux  hamda  ularning  qotishmalar  ustida 
qalinligi  5  mkm  dan  40  mkm  gacha  bo‟lgan  qalvanik  nikel  qoplamalarning 
qalinligini  o‟lchash  uchun  mo‟ljallangan.  Bu  usulning  nisbiy  xatoligi  15%  ni 
tashkil etadi. 
Gravimetrik  usuli  detalning  qoplama  hosil  bo‟lishdan  oldingi  va  keyingi 
massaini  yoki  detalning  qoplamani  olmasdan  va  olgandan  keyingi  massasini 
analitik tarozida tortib, qoplama  massasini  aniqlashga  asoslangan.  Shuning  uchun 
bu  usul  ham  qoplamani  buzmasdan,  ham  buzib  olish  usullarga  tegishlidir.    Usul 
                                                 
37
 Girdob toklari yoki Fuko toklari (frantsuz olimi J.B.L. Fuko nomiga qo‟yilgan) – magnit maydoni o‟zgarganda 
hosil bo‟ladigan girdob shakldagi hajmli elektr toki. 
38
 Qoplamani buzmasda sig‟imli usullar yordamida nazorat qilish buyumni elektr maydonga kiritib, buym ta‟sirida 
elektr maydonni o‟zgarishini kuzatishda iborat. 
39
 Buymlardan ionli nurlanishni o‟tkazib, uning ta‟sirini qayd qilish va tahlil qilishni qamrab olgan usul. Nurlanish 
turiga ko‟ra radiatsion, rentgen va neytron nurlanish usullari deb nomlanishi mumkin. 


147 
 
massasi 200g dan oshmagan detallar ustidagi o‟rtacha qoplama qalinligini aniqlash 
uchun  mo‟ljallangan.    Qoplamani  o‟rtacha  qalinligi  quyidagi  formuladan 
aniqlanadi: 
 
 
    
    
 
   
 
    

 
(8.1) 
 
bunda m

и m
2
 –qoplamasiz va qoplama bilan buyum massasi; S -  qoplama sirtini 
maydoni; γ – qoplama materialining zichligi. 
Bu usulning nisbiy xatoligi 10% ni tashkil etadi. 
 
Metall  qoplamalarning  qalinligini  mikroskop  yordamida  optik  usulda 
nazorat  qilish  qoplama  cheti  va  asosiy  metal  orasida  bo‟rtmasiga  nur  berib  yoki 
rastr  usulida
40
  o‟lchashga  asoslsngan.    Usul  qalinligi  1  mkm  dan  40  mkm  gacha 
bo‟lgan  va  qaytarilish  koeffitsienti  0,3  dan  kichik  bo‟lmagan  qoplamalarni 
o‟lchash  uchun  qo‟llaniladi.  Anod-oksidli  qoplamaning  qalinligini  buzmasdan 
aniqlash  uchun  qoplama  va  asosiy  metal  sirtlaridan  qaytgan  nur  oqimlarining 
tasvirlari orasidagi masofa o‟lchanadi. O‟yiq qoplama hosil qilishdan oldin asosiy 
metalning  bir  kichik  qismini  izolyatsiya  qilish  yo‟li  bilan  olinishi  mumkin. 
Izolyatsion  material  olib  tashlangandan  keyin  qoplama  qalinligi  o‟lchanadi. 
O‟yiqni  yana  bir  usul  bilan,  qoplamani  bir  qismini  eritib,  qolganini  izolyatsiya 
qilib,  hosil  qilish  mumkin.    Erituvchining  kimyoviy  tarkibi  qoplama  turiga  qarab 
tanlanadi. Bu usulning nisbiy xatoligi 10% ni tashkil etadi. 
 
Metallografik  usuli  birqatlamli  va  kopqatlamli  qoplamalarning  qalinligini, 
ularning 
ko‟ndalang  kesimidan  tayoyorlangan  shliflarni  metallografik 
mikroskoplar  yordamida  kattalashtirib,  o‟lchashga  asoslangan.  500…1000  marta 
kattalashtirish yo‟li bilan qalinligi 20 mkm gacha bo‟lgan qoplamalarni, 200 marta 
kattalashtirib qalinligi 200 mkm dan katta bo‟lgan qoplamalarni o‟lchash mumkin. 
O‟lchashlar  shlif  uzunligi  bo‟yicha  bir  nechta  kesimda  amalga  oshiriladi.  Bu 
usulning nisbiy xatoligi 10% ni tashkil etadi. 
 
Kulonometrik  usuli  tegishli  elektrolitda  stabilashgan  tok  ta‟sirida 
qoplamaning bir qismini anodli eritishga asoslangan. Qoplamani asosiy metal yoki 
taglik metallgacha  eritish jarayonida potentsialni sakrashi kuzatiladi, bu o‟lchash 
tugaganini  ko‟rsatadi.  Usul  qalinligi  0,1  mkm  dan  100  mkm  gacha  bo‟lgan 
birqatlamli  va  ko‟pqatlamli  qoplamalarning  hamda  ko‟pqatlamli  qoplamalarda 
alohida qatlamlarning mahalliy qalinligini aniqlash uchun mo‟ljallangan. O‟lchash 
har  xil  konstruktsiyali  kulonometrik  qalinlik  o‟lchagichlar  yordamida  amalga 
oshiriladi. Bu usulning nisbiy xatoligi 10% ni tashkil etadi. 
 
Oqim  (elektr  oqimli,  davriy  -  oqimli,  hajmiy  –  oqimli)  usuli  qoplamani 
ma‟lum  tezlik  oqib  tushayotgan  oqim  ta‟sirida  eritishdan  iborat.  Usul  qalinligi  3 
mkm dan 30 mkm gacha bo‟lgan birqatlamli va ko‟pqatlamli metal qoplamalarning 
mahalliy  qalinligini  aniqlash  uchun  mo‟ljallangan.  Buym  shaklida  eritmani  oqib 
tushushiga  xalaqit  berayotgan  detallar  bo‟lsa  bu  usulni  qo‟llab  bo‟lmaydi.  Eritma 
yoyilib  ketmasligi  uchun  detal  sirti  kimyoviy  chidamli  izolyatsion    material  bilan 
ajrataladi.  Izolyatsion  material  polosalarini  eritma  oqib  tushayotgan  yo‟nalishga 
                                                 
40
 Rastrli tasvir – monitorda yoki qog‟ozda tasvirlangan piksellar (to‟rt burchakli rangli nuqtalarni) ning to‟ri 


148 
 
parallel  ravishda  orasini  4  mm  masofada  yopishtiriladi.  Hosil  bolgan  ariqchaga 
eritma oqimi yuboriladi va  yangi qatlam yoki asos paydo bo‟lgancha o‟tgan vaqt 
o‟lchanadi. Qoplamaning mahalliy qalinligi quyidagi formuladan aniqlanadi: 
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish