Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda bank tizimining tashkiliy tuzilmasi o'zgartirish, banklarning rolini oshirish, iqtisodiy tizimning rivojlanishiga ularning tasirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy dastaklarga aylantirish ko'zda tutilgandi.Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi davlat bankining yangi tuzilmasini tashkil etish bilan boshlanadi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o'z ichiga oladi: - ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va bevosita xojaliklarga xizmat ko'rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;- ixtisoslashtirilgan banklarning tolaligicha xo'jalik hisobiga va o'z-o'zini moliyalashga o'tkazish;- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan boladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.
. Bankni qayta tashkil etish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari hisobga olingan holda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan amalga oshirilishi mumkin Davlat yagona ta’sischisi bo‘lgan bankni qayta tashkil etish Markaziy bank bilan kelishilgan holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori mavjudligi bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza berish uchun asos bo‘ladi.
Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bankni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan har bir bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlar bajariladi.
Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat bo‘la olmaydi.
Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan e’tiboran olti oy ichida tamomlashi shart.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi