O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Bank ishi kafedrasi Pul va banklar fanidan Mustaqil ish
Mavzu: Markaziy bankning mustaqillligi
BAJARDI:
Qabul qildi: REJA: Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni baholash tartibi. Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi va uni baholash tartibi.
Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSh Federal zaxira tizimining mustaqillik darajasi.
Evropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi. Yaponiya Markaziy bankining mustaqillik darajasi. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari Markaziy banklarining mustaqillik darajasi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi.
1.Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni baholash tartibi. Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi va uni baholash tartibi. Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o’zining rivojlanish yo’nalishlarini o’zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ldi.
Bu muammoni tahlil etishda asosiy jihat - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo’nalishiga tobeligi, ya’ni aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, bunday bog’liqlikni samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo’nalishlarni tanlashda hamda qonun bqyicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni ko’p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo’nalish (tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko’rib chiqish mumkin. 70-yillar o’rtalaridan 80-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotga amaliy aralashuvi natijasida jahonning ko’pgina etakchi mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik” nazariyasi tasdiqlandi, markaziy banklarning obro’-e’tibori, nufuzi qsdi va bu ma’muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo’ldi.
Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy (aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo’shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini belgilovchi asosiy ob’ektiv omillarga:
pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;
xukumatni Markaziy bank tomonidan kreditlash chegaralanganligining mavjudligi va qat’iyligini ajratib ko’rsatish mumkin.
Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko’rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi darajasini belgilashda hal qiluvchi rol oynamaydi va ular ikkilamchi omillar bo’lib hisoblanadilar.