O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti bank ishi kafedrasi Pul va banklar fanidan


O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi



Download 92,55 Kb.
bet4/4
Sana29.03.2022
Hajmi92,55 Kb.
#515914
1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy banklarning mustaqilligi

4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi.
Mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning ishtiroki - ko’proq Markaziy bank salohiyatiga va an’analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida AQning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ko’rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. Shunday bo’lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a’zo-banklarning to’liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo’lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir.
Bu omilning tahlilidan ko’rinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining tarkibidan qat’iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta’sir ko’rsata olmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi davlatlarning markaziy banklari guruhlari qatoriga kiritish mumkin, chunki bu guruhlar kapitalining 100 foizi ham davlat mulki hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotdagi qrnini ham uning mamlakat xukumati bilan bo’ladigan munosabatidan bilish mumkin. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning faoliyati Markaziy bank to’g’risidagi qonun bilan tartibga solinadi. qonunda Markaziy bank faoliyatining barcha jihatlari o’zaksini topgan bo’lishi kerak. Chunki, Markaziy bank uchun xukumatning boshqa qonun hujjatlari “Markaziy bank faoliyati to’g’risida”gi qonun oldida ustuvor emas.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a’zolarini qonun boyicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko’pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Daniya, Avstriya, Shveytsariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a’zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bo’shatib bo’lmaydi. Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo’lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya).
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi haqida “Markaziy bank faoliyati to’g’risida”gi qonunning 20, 21 - moddalarida to’xtalib o’tilgan. O’zbekiston Respubli-kasi Markaziy banki raisi 5 yil muddatga saylanadi. qonunning 22-moddasida “Markaziy bank Raisining birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimiga ko’ra Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”, deyilgan.
Shunday qilib, Markaziy bank boshqaruvining saylovi va ishdan bo’shatish tartibi mamlakat Markaziy bankining davlat boshqaruv organlariga nisbatan bo’lgan mustaqilligini namoyon etadi.
O’zbekiston Respublikasining “Markaziy bank haqida”gi qonunida Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan. Bular:
  • pul muomalasini tartibga solish;


  • so’mning qadrini oshirishni ta’minlash;


  • pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;


  • tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan nazorat qrnatish;


  • tashqi iqtisodiy faoliyat boyicha operatsiyalarni amalga oshirish;


  • davlatning tashqi qarzini to’lash va oltin-valyuta rezervlarini boshqarish.




Qonun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul-kredit siyosati mexanizmlarini tanlashda keng mustaqillik berilgan. Misol tariqasida, kreditlarning foiz stavkasini, banklarga qrnatilgan iqtisodiy meyorlarni, qimmatbaho qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni, majburiy rezervlar miqdorini aniqlash va shu kabilarni keltirish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham kiritish mumkin. qonunning 48-moddasida bu haqda quyidagilar bayon etilgan:
“Kreditlar xukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda, erkin muomalada bo’ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati to’lanadigan qarz majburiyatlari ko’rinishida, tasdiqlangan davlat qimmatli qog’ozlari garovga qoyilishi sharti bilan beriladi. Bunday qimmatli qog’ozlar Moliya Vazirligi tomonidan chiqariladi, bozor stavkasi boyicha to’lanadigan daromad manbaiga ega bo’ladi va Markaziy bankka topshiriladi. Kredit muddatlari erkin muomaladagi qarz majburiyatlarini to’lash muddatlariga muvofiq kelishi lozim.
Kredit berish xukumat va Markaziy bank o’rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to’lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank xukumatga obuna boyicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to’lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank xukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlardan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas”.4
Biroq, iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi hamda inflyatsiyaning o’sish tendentsiyasi davom etayotgan davrda Markaziy bankning byudjetni engilliklar bilan moliyalashtirishi kuzatilmoqda.
Xukumat bilan Markaziy bank o’rtasidagi kreditlash borasidagi o’zaro munosabatlarni jahon mezonlariga moslash uchun 1 yilgacha beriladigan kreditlardan tashqari hamma zayomlarni Davlat qarz obligatsiyalari sifatida qayd etish lozim.Shu holatda O’zbekiston banki ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazib, davlatning ichki qarzini investorlarga foydaliroq shartlarda qayta taqsimlashi mumkin.


Download 92,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish