O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti bank ishi kafedrasi Pul va banklar fanidan


Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSh Federal zaxira tizimining mustaqillik darajasi



Download 92,55 Kb.
bet2/4
Sana29.03.2022
Hajmi92,55 Kb.
#515914
1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy banklarning mustaqilligi

2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSh Federal zaxira tizimining mustaqillik darajasi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklari mustaqilligining ob’ektiv omillariga baho berishda quyidagi mezonlarni kiritish mumkin:

  • Markaziy bank kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki;


  • bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning faoliyat ko’rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli;


  • Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda yoritilish darajasi;


  • Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari qrnatilgan qonun bilan tqxtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo’nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi;


  • mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini tqg’ri va egri moliyalashtirishini tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning shakllari.




Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda davlatning ishtiroki omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini ko’rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol oynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali tqg’ridan-tqg’ri davlatga tegishli bo’lmasa ham, qonunchilikda ma’lum sharh (izoh) mavjud bo’ladi. Agar mavjud bo’lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi.
Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu bank xuddi hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat ko’rsatmoqda (Markaziy bankning 50 foiz kapitali Federatsiyaga, qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qqsha olish huquqiga egadirlar.
Pay (ulush) meros (vorislik) orqali qtishi yoki Moliya Vazirligi ruxsati bilan sotilishi mumkin. Shu orqali davlat bilvosita nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, Markaziy bankning funktsiya va vazifalari qonunda ko’rsatilgan. Shu sababli ulush egalari yig’ilishi chegaralangan masalalarnigina echa oladi. Albatta, bu masalalar bankning iqtisodiy siyosati bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmaydi.
Shunday qilib, mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning ishtiroki - ko’proq Markaziy bank salohiyatiga va an’analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida AQShning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ko’rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. Shunday bo’lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a’zo-banklarning to’liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo’lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir.
Bu omilning tahlilidan kqrinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining tarkibidan qat’iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta’sir ko’rsata olmaydi.
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi.
Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o’rtasidagi farq faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim tavsiya etishida namoyon bo’ladi. Ko’pgina rivojlangan davlatlarda Yaponiya, AQSh, Avstriya) bank rahbariyatiga xukumat tavsiya etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a’zolarini qonun boyicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko’pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Daniya, Avstriya, Shveytsariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a’zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bqshatib bo’lmaydi. Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo’lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya).
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini ko’rsatuvchi uchinchi omil, uning qonunda ko’rsatilgan faoliyati darajasi va maqsadlari hisoblanadi. Bu omil bir tomondan, Markaziy bank faoliyatini erkinligiga chegara qqysa, boshqa tomondan, uning qonunda ko’rsatilgan vakolatlarini aniqlaydi.
Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSh, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta’rifi qonunda qayd etilmagan yoki umumiy holda ko’rsatilgan, xolos. Shunday bo’lsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq bo’lgan markaziy banklar bordir.
Shunday qilib, bu omilning ta’sirini faqat Markaziy bankning tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina kqrish mumkin. Markaziy bankning vazifa va maqsadlari qonunda aniqlanish omili shu sababli ikkinchi darajali rol qynaydi.
Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillardan biri, uning pul-kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun boyicha qanchalik darajada qrnatil-ganligidadir. Bu omil birinchi galda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligiga ta’sir ko’rsatadi.
Mustaqillik darajasi nisbatan past bo’lgan markaziy banklarga Frantsiya va Italiya markaziy banklarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Bu davlatlarda pul-kredit siyosati yo’nalishini xukumat belgilashi qonun bilan mustahkamlangan. Markaziy bank esa, xukumat ko’rsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini o’taydi.
Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab Frantsiya banki Moliya Vazirligi qaramog’idadir. Pul bozoridagi interventsiyaning tashabbuskori ham, nemis markasiga nisbatan frantsuz franki kursini ushlash masalasi hamda Evropa Hamjamiyati bozorining tashkil topishida valyuta operatsiyalarini tartibga solishda ham xukumat ishtirok etmoqda.
Albatta, Frantsiya Markaziy banki tomonidan xukumatning pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi harakatini qoralab chiqishlar bo’ldi. Masalan, 1982 yilda Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga binoan xukumatning kreditlayotgan summa miqdorini oshirishdan bosh tortdi. Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv)lar bo’ldi va Frantsiya banki odatdagidek, Moliya Vazirligi ko’rsatmasiga boysinishga majbur bo’ldi.
AQShning Federal Rezerv Tizimidan farqli ravishda Nemis Federal banki parlamentga hisobot bermaydi, u o’zfaoliyati vakolatini “Nemis Federal banki haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi.
Shveytsariya, Italiya, Shvetsiya va Daniyada xukumatni kreditlash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy banklarining bu mezon boyicha davlatga qattiq qaramliklarini ko’rsatadi.
Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy (aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo’shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini belgilovchi asosiy ob’ektiv omillarga:

  • bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;


  • pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;


  • xukumatni Markaziy bank tomonidan kreditlash chegaralanganligining mavjudligi va qat’iyligini ajratib ko’rsatish mumkin.




Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko’rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi darajasini belgilashda hal qiluvchi rol oynamaydi va ular ikkilamchi omillar bo’lib hisoblanadilar.
Yuqorida qayd etilganlar asosida xulosa qilish mumkinki, rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari o’zlarini mustaqil ta’sir o’tkaza oladigan institut sifatida ko’rsatishlari zarur. Bu bir tomondan, ularga qonun asosida ruxsat etilgan vositalar yordamida iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshirish huquqini beradi, boshqa tomondan esa, Milliy bank va pul tizimi manfaatlarining ximoyachisi sifatida maydonga chiqadi.
Shu munosabat bilan Markaziy bankning iqtisodiyotni tartibga solish jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi mavqeini, shuningdek, mamlakat xukumati bilan o’zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, uning pul-kredit tizimi va xukumat organlari o’rtasida oddiy vositachi emasligini, balki ma’lumot, tadqiqot, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi markaz ekanligini alohida ta’kidlashni istardik.
Biroq, mamlakat pul-kredit sohasidagi Markaziy bankning mustaqillik darajasi masalasi hanuzgacha munozarali bo’lib qolmoqda. Milliy pul birligi qadrini oshirish bilan bog’liq chora-tadbirlar faqatgina pul-kredit sohasiga tegishli emas, balki u yaxlit butun iqtisodiyotga ta’sir qtkazadi, bu esa har qanday darajadagi iqtisodiy siyosat bilan kelishishni va davlatning barqarorlashtirish dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi. Bundan tashqari, Markaziy bankning mustaqillik darajasi ko’pgina makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga faqat bilvosita ta’sir ko’rsatadi.


Download 92,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish