Kord va matoni tayyorlash shimdirish va termik ishlov berish
Shina ishlab chiqarish uchun mato kordlar velotred, chefer, byaz va boshqa texnik matolar qo`llaniladi. Ular mustaxkamlikni oshiradi, karkasli shinalarni cho`zilishi va deformatsiyasini kamaytiradi.
Matoli kordlar. Shina karkasi va brekeri tayyorlashda kimyoviy toladan foydalaniladi. Rasmda 3.4 da kord iplarini tuzilish sxemasi ko`rsatilgan. Obolochka (1) yuzasida (2) qatlam joylashgan (orientirilgan radial yo`nalishida) uning ostida sersavina joylashtirilgan (3).
Tola har xil o`lchamlarda bo`shliqlari mavjud. Sersavinasi qo`zg`aluvchi elementdan iborat bo`lib, o`ziga kuchlanishni oladi. Obolochka vazifasi – hosil bo`ladigan kauchuklanishning qo`zg`aluvchi elemetlar bo`yicha taqsimlashdan iborat.
Kordlar turg`un va noturg`un bo`ladi. Tug`un kordlar (3.5 rasmda) keltirilgan bo`libeni 1,48 yoki 1,50 va uzunligi 1260 m gacha bo`lgan matodan iborat. Ular mustaxkam qalin iplardan tashkil topgan bo`lib – asosi ikkitali aylanma bo`sh yupqa ip (utka)dan tashkil topgan. Iplar matoga bir xil va zich (100mm da 46 dan 132 dona ip) joylashadi.
Ular yuqori mustahkamligi (120-300 N) va kord asoslari iplarning zichligi (100 mmda 46 tadan 132 ta gacha) evaziga avtomobil shinani yuqori mustahkamligini beradi.
Utoch iplar (bittali aylanma) kam joylashgan bo`lib 100 mm ga 10 tadan 30 ta shnur bo`ladi. Ularning maqsadi rezina bilan qoplangandan ushlab qolishdan iborat.
Ko`pincha utochlar karkas mustahkamlikni bermaganligi va rezina bilan qoplanganda iplarning bir xil taqsimlanmagani uchun oxirgi vaqtlarda utochni kordlar ishlatilmoqda (rasm 3,5b). Ularni ip asosida qo`llanilib g`altakka o`raladi. G`altakka 200ta ipni 15km uzunligida o`raladi. Buning natijasida mehnat ish unumdorligi ko`payadi, chunki ipning o`ram xoliga keltirish jarayoni kamayadi.
Kord sifati shina uzoq ishlashini belgilaydi. Shuning uchun ularning tonlanishda katta e`tabor berish kerak.
Viskoz kord – ular paxtaqog`oz asosi bo`lib iplarni tuzilishi 184 ta 1x2 17v marka 172V va 173V va 224 teks x1x2 22V va 222V aytiladi. Ular quyidagi belgilanadi: 184 va 244 tekstil iplarini qalinligi (T=1000m/L).
1 – ipning birinchi aylanishi bo`lib, 1100-1500 dona elementar toladan iborat; 2 – yigirilgan ipning ikkinchi aylanishi.
3,6 rasmda 1100-1500 ta vizkoz iplar ko`rsatilgan bo`lib, ularning aylantirilib yigirilishi uchraydi. Har biri alohida uralib kord ipi hosil qiladi.
Ularning ishlatilishiga qarab, har xil markaga bo`linadi: 17V va 22V karkas asosiy qatlami, 172V va 222V karkasini ustki qatlam va 173V va breker uchun. Bu yerda ular quyidagicha: masalan 17 soni ipning uzilish kuchlanishi 170N dan kam; 2- kesilgan kord (XB); 3- kord breker; V- viskoz kord.
Vizkoz kordlar paxtaqog`oz asosiga nisbatan rezina bilan past mahkamlikka ega. Shuning uchun rezina bilan mustahkamlikni oshirish maqsadi maxsus lateks qismlari bilan shimdiriladi. Chunki namlik oshganda vizkoz kord iplarining mustahkamligi ikki barobar kamayadi, rezina bilan qoplashdan oldin ularning 1,5-2,0% gacha quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |