O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim vazirligi
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
O’zbekistonning eng yangi tarixi
fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Mustaqillik yillarida ta’lim sohasining qayta shakllanishi
Bajardi: Hikmatillayeva Mushtariy
Tekshirdi: T.M.Muqimovna
Toshkent – 2021
Reja:
Kirish
1. Mustaqillik yillardagi ta’lim sohasidagi ilk islohotlari;
2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi;
3. O`zbekistondagi yangi ta`lim tizimi;
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
O’zbekiston xalqi XX asrning so’nggi o’n yilligi boshlarida sovet tuzumiga qaramlikdan ozod bo’lib, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini qo’lga kiritdi. 1991-yil 31-avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O’zbekistonning davlat mustaqilligini e’lon qildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat-O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda huquqiy-demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish maqsadida keng qamrovli demokratik islohotlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz- O’zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shildi. Dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatildi, o’zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda. O’zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qat’iy siyosati va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro’-e’tibor qozondi. O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosin o’rin egallagan, o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga ko’tarildi.
Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida “Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada oldimizga qoygan buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuroqi malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liq ekanligi asoslab berildi.
Qo’lga kiritilgan yutuqlarimizga Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o’zbek modeli” asos bo’lib xizmat qilganini hamda bu yo’lning mazmun mohiyatini quyidagi keltirilgan ma’lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin.
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |