O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet



Download 183,57 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi183,57 Kb.
#373570
  1   2   3
Bog'liq
vino ishlab chiqarish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

Fakultet : Iqtisodiyot

Fan : Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi



MUSTAQIL ISH

Mavzu : Vino ishlab chiqarish texnologiyasi

Guruh : MN-120

Bajardi : Hadjiboyev Zokirbek

Tekshirdi : Suvonov Z

SAMARQAND 2021

Reja;

1.Vino ishlab chiqarish texnologiyasi

2.

Sharob yoki vino fermentlangan meva suvidan tayyorlanadigan alkogolli ichimlikdir. Meva

suvi achishi natijasida undagi xamirturush fruktozani spirtga aylantiradi. Sharob

koʻpincha uzumdan, baʼzida olmamarjonmeva yoki boshqa mevalardan tayyorlanadi.

Vino (lotincha: winum — aylanuvchi, oʻraluvchi) — uzum va mevalar sharbati yoki turpini

achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq

xalqlari V.ni sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hoz. davrda V. jahondagi 45 mamlakatda

ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida

Fransiya va Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab chiqariladi (aholi jon boshiga oʻrtacha 83—86

l uzum vinosi isteʼmol qilinadi). Ayrim turdagi markali V.lar uzumning faqat bir navidan

tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda V., asosan, uzumdan tayyorlanadi. Yetilgan uzum V.si tarkibida 75—85% suv,

9—20% spirt, vino va olma kislotalari, kam miqdorda limon, sut, kahrabo kislotalari, glyukoza

va fruktozadan iborat qand, mikroelementlar, fermentlar, vitaminlar va b. moddalar boʻladi.

V.ni oq (faqat sharbatni bijgʻitish yoʻli bilan), qizil (sharbat va turpini birga bijgʻitish yoʻli bilan)

va kaxetin (sharbat, turp va gʻujum boshlarini birga bijgʻitish yoʻli bilan) usullarda tayyorlash

mumkin. Quvvatlantirilgan V.ning sof V.dan farqi tarkibidagi spirt (1 litrida 200 g gacha) va

qandning (220 g gacha) yuqori miqdorda boʻlishidadir.

V. rangi (oqish, pushti, qizil), mazasi, xushboʻyligi, kuchliligi hamda tayyorlash texnologiyasi

bilan ham farqlanadi. V.ning musallas (tabiiy), kuchli, desert (shirin), gazli va xushboʻy xillari

bor. Musallas uzum sharbatini bijgʻitib olinadi; tarkibida 9— 12% spirt boʻladi. Bunday V. sof

(toʻla bijgʻigan, tarkibida deyarli qand qolmagan) va yarim shirin (tarkibida 3— 8% qand

boʻlgan) xillarga boʻlinadi. Oq V. konyak ishlab chiqarishda xom ashyo hisoblanadi.

Quvvatlantirilgan V. (madera, portveyn, xeres va boshqalar) sof (tarkibida 17— 20% spirt, 3%

gacha qand) va yarim shirin (17—20% spirt, 10% gacha kand boʻlgan) xillarga

boʻlinadi.Dyesert V. tarkibida 12—17% spirt boʻladi; qand miqdoriga koʻra yarim shirin (5-10%

qand), shirin (10—20% qand) va likyor (20% dan koʻp qand) xillarga boʻlinadi. Shampan V.

musallaslarni ikkinchi marta bijgʻitib va qand qoʻshib tayyorlanadi. Tarkibida 10,0— 13,5%

spirt boʻladi; qand tarkibiga qarab, sof (2,5% qand), nim shirin (4,5%), yarim shirin (6,5%) va

shirin (8,5%) xillarga boʻlinadi. Gazlangan V. musallaslarni karbonat angidrid gaziga toʻyintirib

tayyorlanadi. Tarkibida 10—12% spirt va 5% qand boʻladi. Xush boʻy V. (vermut, muskat)ning

kuchli (18% spirt va 10% qand) va desert (16% spirt va 16% kand) xillari boʻladi. Yoqimli taʼm

berishi uchun ularga xushboʻy oʻtlar, ildizlar, barg va b.ning damlamasi qoʻshiladi.

Boʻgʻzi tor shisha idish (butilka)larga quyilgan V.ni salqin va quruq (8— 16°) binolarda saqpash

lozim. Spirti darajasi past va shampan V.lari butilkani yotqizilgan holda saqlanganda sifati

buzilmaydi. Oq musallas va shampan V.lari 3—5, kizil V.lar 5— 10, desert V.lar 18—20 yil

likyor va kuchli V.lar 100 yil sifatini yoʻqotmay saqlanishi mumkin. Oʻzbekistonda V.ning 60

dan ortiq navlari: "Bayan shirey", "Rkatsitelli", "Bihishti", "Farhod", "Vassargʻa", "Oq

musallas", "Oʻzbekiston", "Qizil musallas", "Sijjak", "Qora goʻzal", "Kaberne", "Pino" va b.

ishlab chiqariladi (yana q. Vino-arak sanoati, Vinochilik).

Sharob qadimiy ichimlikdir. Birinchi maʼlum sharob 8 ming yil muqaddam

hozirgi Gurjiston hududida tayyorlangan.

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yili sharob tayyorlash boʻyicha Italiya dunyoda birinchi, undan

keyin FransiyaIspaniyaAQSh va Argentina edi.

 Vinochilik texnologiyasi. Sharob ishlab chiqarish texnologiyasi

Uzum va mevali sharob ishlab chiqarish bir necha bosqichlarga bo'linadi ...


Download 183,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish