Onaligi-pestik.
Onalik 3 qismdan tashkil topgan.
Onalikning pastki kengaygan qismi-onalik tuguni-zavyaz Tugundan onalik ustuni-stolbik o‘sib chiqadi.
Onalik ustuning yuqori tomonida og‘izcha-rыlsa bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning onalik ustunchasi bo‘lmaydi. Mas. ko‘knorida. Bunda onalik og‘izchasi tugunchaga yopishgan bo‘ladi. Onalik tugundan esa meva xosil bo‘ladi. Shuning uchun mevaning ichida urug‘ bo‘ladi. Onalik tuguni 1,2,3 yoki ko‘p xonalik bo‘lishi mumkin. Gulda onaliklar ko‘p bo‘lib, birlashmagan bo‘lsa, apokarp, birlashib ketgan bo‘lsa, senokarp deyiladi. Mas. ayiqtovon, qulupnay o‘simliklarining onaligi apokarp:lola,gulsafsarda senokarp. O‘simlik gullarida ham otalik, ham onaliklari bo‘ladi. Bunday 2 jinslilar -oboyepolыye deyiladi. Gulda otalik yoki faqat onaligi bo‘lsa, bir jinsli-odnopolыy deyiladi. Bir jinsli gullar bitta o‘simlikda bo‘lsa, buni bir uyli-odnodomnыy o‘simlik deyiladi. Mas: jo‘xori, oshqovoq, qarag‘ay. Agar otalik gullar bir o‘simlikda, onaliklari esa 2-bir o‘simlikda bo‘lsa, buni 2 uyli o‘simlik-dvuxdomnыy o‘simlik deyiladi. Mas. Tol, nasha ba’zi o‘simliklar 3 uyli-tryoxdomnыy ham bo‘ladi. Bularda 1-sida otalik gul, 2-sida onalik gul, 3-sida ham otalik, ham onalik bo‘ladi. 3 uyli o‘simliklarga chinni gullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklar misol. Agar bir o‘simlikda ham otalik ham onalik guli, hamda 2 jinsli guli bo‘lsa, bunday o‘simliklarni poligam o‘simliklar deyiladi. Mas. qovun, kungaboqar va boshqalar. Gulning qismlari gul o‘rnida doira bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, siklik, agar gul qismlari gul o‘rnida baland-past joylashgan bo‘lsa, atsiklik gul-spiral gul deyiladi. Gulning kosachasi va toj barglari doira bo‘ylab joylashib, faqat otalik va onaliklari bilan baland - past joylashgan bo‘lsa, yarim spiral-gemetsiklik gul deyiladi. Doira bo‘ylab joylashgan gulga lola, spiral gulga magnoliya, gametsiklik gulga ayiqtovon misol bo‘ldi.Changdondan chiqqan chang donachalarining urug‘chining tumshuqchasiga tushushiga changlanish deb ataladi. O‘simliklar olamida o‘zidan changlanish va chetdan changlanishi mavjud. Bitta gulning changi aynan shu gul urug‘chisining tumshuqchasiga kelib tushushiga o‘zidan changlanish deyiladi. O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning guli odatda ko‘rimsiz va xidsiz bo‘ladi. O‘zidan changlanish salbiy xodisa xisoblanadi.
Bir o‘simlikning chang donachalarini boshqa o‘simlik urug‘chisining tumshuqchasiga tushishi chetdan changlanish deyiladi.
O‘simliklarning chetdan changlanishda shamol va xashorotlar yordamida changlanish muhim rol o‘ynaydi. Chetdan changlanish ijobiy hisoblanadi. Shamol yordamida changlanishga anemofiliya (yunon: «anenos» -shamol, «fileo» -hohlamoq) deyiladi. Bunga yong‘oq, terak, makkajo‘xori, eman, kanop va qand lavlagilarning changlanishni misol qilishimiz mumkin. Bunday gullar mayda va changlari yengil bo‘lib, uzoq joylarga tarqalishi mumkin (2 ming km gacha).
O‘simliklarning xashorotlar yordamida changlanishi entomofiliya (yunon. «entomon» - xashorot, «fileo» - sevaman) deb ataladi. Bunday gullar yirik, tojbargi uzoqdan ko‘zga tashlanadigan, nektarlari esa sershira suyuqlik chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |