O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Dorivor o’simliklarni o’rganishda quyidagilarni yaxshi bilish kerak bo’ladi



Download 208,59 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2023
Hajmi208,59 Kb.
#897841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
КУРС ИШИ

Dorivor o’simliklarni o’rganishda quyidagilarni yaxshi bilish kerak bo’ladi.
1. Dorivor o’simlik va maxsulotining o’zbekcha va lotincha nomlarini, o’simliklarning qaysi oilaga mansubligi.
2. Dorivor maxsulotlarini yig’ish va quritish usullarini bilish.
3. O’simliklardan dorivor maxsulotlarni ajratib olish texnologiyasini, xamda shu texnologik jarayonlarda ishlatiladigan jixozlar va ularning ishlash prinsipini bilish.
4. Dorivor maxsulotlarni boshqa aralashmalardan ajrata bilish.
5. Dorivor maxsulotning kimyoviy tarkibini asosiy ta‘sir etuvchi va birga uchraydigan moddalarini bilish. Asosiy ta‘sir etuvchi birikmalarning kimyoviy formulasini yoza bilish. O’simlik tarkibidagi moddalarning sharoit ta‘sirida miqdor va sifat o’zgarishlarini bilish.
6. O’simlik maxsulotlarining tibbiyotda va boshqa soxalarda ishlatilishini, ulardan tayyorlanadigan dori turlarini va olinadigan dorivor moddalarni bilish.
Fanning qisqacha tarixi Qadimdan insoniyat O’simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi. Dorivor o’simliklar to’g’risidagi ma‘lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og’zaki tarqalgan. Davlatlar o’rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar o’rnatilgandan so’ng, yana shu davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor o’simliklar xisobiga dorivor o’simliklar maxsulotining turi ko’payib bordi. Yozuv paydo bo’lganidan keyin dorivor o’simliklar tug’risidagi ma‘lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi. Bu fan tarixi ilm-fan taraqqiy topgan davrdan boshlanadi. Qazilmalarda suriya shoxi Assurbaninal kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida dorivor maxsulotlar qayd qilingan. Xozirga qadar saqlanib qolgan dorivor o’simliklar xaqidagi ma‘lumotlar asosan qadimiy yunon adabiyotlarida uchraydi. Buqrot (Gippokrat) bemorlarni parxez ovqatlar bilan davolagan. U yozgan kitoblarda dorivor o’simliklarning 236 turi ta‘riflangan. Arastu va uning shogirdi Tlofrast ko’pgina o’simlik turlarini ta‘riflash bilan birga ularning foydali xususiyatlarini xam ko’rsatib o’tishgan. Qo’xna Rimda Galen farmatsevt va tibbiyot soxasida bir qancha kitoblar yozgan. U o’z kitoblarida 304 ta dorivor o’simlik, 80 ta xayvon va 60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni ta‘riflagan va dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo’lib taklif etadi. Bu dorilar xozirgi kunda xam "Galen preparatlari" nomi bilan yuritiladi. Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan dorivor o’simliklar bilan davolab kelingan. Xindiston, Tibet, Xitoy va Arab tibbiyotlarida ishlatiladigan dorivor o’simliklar ayniqsa diqqatga sazovor. Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan o’simliklar, xayvon maxsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab shtfokorlarining xizmati katta bo’ldi. Ular tibbiyot soxasida yozilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish bilan birga qayta nashrdan chiqardilar xamda Xindistondagi dorivor maxsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida qo’llay boshladilar. O’z davrining mashxur tabiblari bo’lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik Abu Abdullox Muxammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakir Muxammad Ibn Zakaril Ar-Rozi, Abu Rayxon Muxammad Ibn Axmad al-Beruniy, arab Muxammadxon o’g’li Abdulqozixon, Ibn Baytar va boshqalarni butun dunyo taniydi. Mashxur xakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik "Alqonun" ("Tibbiyot qonunlari") kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga bag’ishlangan bo’lib, kitobning II jildida o’sha zamonda tibbiyotda ishlatiladigan 811 ta dorivor o’simliklar, ulardan va xayvonlardan olingan maxsulotlar xamda mineral dorivor vositalar ta‘riflangan. Kitobda keltirilgan dorivor o’simliklar soni 500 tadan, o’simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 tadan oshadi. "Al-qonun" ko’pgina Ovrupa tillariga tarjima qilingan bo’lib, faqat lotin tilining o’zida 16 marta chop etilgan. XVI asrgacha Ovrupo shifokorlari undan qo’llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida ayniqsa tabobatda va an‘anaviy tibbiyotda xozirda xam "Al-qonun"dan keng foydalanilmokda. Qomuschi olim Abu Rayxon Beruniy umrining oxirgi yillarida kitob as-saydano fitopreparatlar tibbiyotini" ya‘ni "Tibbiyotda farmakognoziya" asarini yaratdi. Bu asarda o’sha davrning sharq tibbiyotida qo’llaniladigan 674 ta dorivor o’simlik va 90 ta o’simlik maxsulotlari tug’risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, "Saydana" da yana 104 ta xayvonlardan olingan maxsulotlar xamda shu vaqtgacha to’g’ri aniqlanmagan 113 ta dorivor o’simliklar xaqida ma‘lumotlar bor. XX asrlargacha g’arbiy Ovrupo davlatlari dorixonalarida maxalliy dorivor o’simliklar bilan bir qatorda Xindiston, Afrika, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardan keltirilgan maxsulotlar xam bo’lar edi. Rossiya bilan g’arbiy Ovrupo davlatlari o’rtasida aloqa o’rnatilgandan so’ng XVI asrda Moskvada birinchi dorixona ochiladi. Dorixonadagi dorilarning deyarli xammasi g’arbiy Ovrupodan keltirilgan bo’lib, u erda chet eldan kelgan kishilar xizmat qilardi. Dorivor o’simliklarni ekish va yig’ish ishlariga Petr I juda katta axamiyat beradi. 1701 yilda Moskvada 8ta dorixona ochish xaqida buyruq chiqadi. Ana shu dorixonalarni dorilar bilan ta‘minlash uchun Rossiyaning turli tumanlaridan dori maxsulotlari keltirila boshlandi. Keyinchalik qozon, Novgorod, Lubna va boshqa shaxarlarda xam dorixonalar ochildi. Sobiq Ittifoq florasidagi tarkibida alkaloidlar bo’lgan o’simliklarni tekshirish ishi akademik A.T.Orexov raxbarligida boshlangan. O’zbekistonda esa bu ishlar akademiklardan O.S.Sodikov va S.YU.yunusovlar xamda ularning shogirdlari tomonidan keng ko’lamda davom ettirilmokda. Professorlar F.A.Satsinerov, A.F.Gamlirman va I.A.Muravyovlar dorivor maxsulotlar sifatini yaxshilash soxasida katta xizmat qilishdi. Mamlakatimizda bu fanini o’qitish va mutaxassislar tayyorlash ishi keng yulga qo’yildi. Bu soxada A.S.Ginzberg, Z.Salimov, B.Zaxarov, S.Minina, X.X. Xolmatov, Xn.M.Komilov, M.U.Usubboev va boshqa olimlarning xizmati katta bo’ldi.

Download 208,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish