Misming madaniyati
Misr madaniyati Old Osiyo o’lkalariga asosan, Falastin, Finikiya va Suriyaga
hattoki, Kipr oroligacha yetgan. Finikiya va Falastin hududlaridan misrliklar
san’atidan dalolat beradigan ko’pgina madaniy yodgorliklar topilgan. Finikiyaga
Misr xudolarining xususan, Tot, Ptax, Xatxor, Gor va asosan, Osiris xudolarming
ta’siri kuchli bo’lgan. Aytishlaricha xudo Osirisning jasadi solingan tobutni yoki
uning boshini dengiz toTqinlari, Bobil shahri devoriga olib kelib qo’ygan emish.
Qadimgi yahudiylaming «Tavrot»ida to’plangan dunyoViy va diniy manbalarda
qadimgi Misming ta’siri g’oyat kuchlidir. Aton sha’niga aytilgan bir madhiya
Dovud surasidagi oyatlardan biriga o’xshaydi. Misrliklaming lirikasi tavrotdagi
«Qo’shiqlar qo’shig’i» ga yaqin keladi. Misrliklaming «Nasihatnomalari va
Karomatlari» Tavrot adabiyotidagi unga o’xshash asarlarda aks etgan.
Misming qadimgi madaniyati yunon
qabilalarining
endigina yuzaga
kelayotgan yosh madaniyatiga juda kuchli
ta’sir ko’rsatgan. Yunonlar Misr
kohinlarining qadimgi donishmandligiga, Misrdagi dabdabali ibodatxonalari
tilsimlariga va zeb-ziynatlariga maftun edilar.
Misming g'olibona yurishlari natijasida mamlakatga minglab
asirlar
haydab kelingan va qulga aylantirilgan.
Qullar fir'avn,
ibodatxona va
zodagonlaming xo’jaliklari ekin yerlarida, ustaxonalarida ishlaganlar. Asirlardan
tashqari Misrga juda katta moddiy boyliklar
oqib kelgan. Misr bosib olingan
hududlarda har yili belgilangan miqdorda xiroj to’lovini joriy qilgan. Jumladan,
Efiopiya oltin qumi, fil suyagi, Falastin va Suriya kumushi, qo'rg’oshin, qalay,
bo'yoq, gazlama, lazurit, qimmatbaxo toshlar, kemasozlik yog'ochi, noyob kedr
yog'ochini yetkazib berish
majburiyatini olganlar. Misrda qo'shimcha ishchi
kuchi, turli xil xom ashyolaming mo'l-ko'lligi iqtisodiyotga ijobiy ta'sir qilgan.
Xo’jalik ishlab chiqarishi va uning texnologiyasi takomillashgan.
XIX sulola
davridan boshlab jezdan foydalanish keng tarqalgan. Uning xom ashyosi Suriyadan
o’zlashtirib olingan, mctall ishlab chiqarish texnologiyasi bilan takomillashtirilgan.
Vertikal ip yigiradigan
to'quv dastgohi kashf qilingan. Bu vaqtda xira rangli
shisha tayyorlash alohida xo’jalik sohasiga aylanadi. Omoch takomillashadi,
suvni yuqoriga shiqarib beradigan mexanizm «shoduf» ixtiro qilingan. Yangi
o’simliklar o’zlashtirilgan. (Shechevisa, smola daraxtlari). Chorvaning yangi zoti
(xachir, tuya) yilkichilik mustaqil sohaga aylanadi.
Sun'iy sug'orish inshootlarini qurish, ta'mirlash va tartibga solish, yangi
yerlarga suv chiqarish fir'avnlarning diqqat-markazida turgan. Fayum vohasida
yangi yerlar
ko’plab ochilib, voha Misming g’alla omboriga aylangan. Eski
kanal, to’gon
va ariq-anhorlar tozalangan.
Nil daryosining toshqin suvlarini
chiqishi ustidan muntazam nazorat o’matilgan. Nil vodiysida uzumchilik, asalshilik
va bog’dorshilik gullab-yashnagan. Yangi podsholik davrida Misr iqtisodiyotida
dehqonchilik va shorvachilik yetakchi soha sifatida mahsulotni ko’plab yetkazib
bergan.
- 142 ~
Fir'avnlar kuchli iqtisodiyotga tayanib
tashqi siyosatda jiddiy yutuqlaiga
erishdilar, me'morchilik, qurilish sohasi yuqori darajada rivojlangan. Bir necha
yangi shaharlar jumladan, Per-Ramzes notnli yangi shahar qurilgan. Noyob san'at
namunalaii hisoblangan me'morchilik inshootlari barpo qilindi: Luksor va Fivada
Amon ibodatxonalari, fir'avn sog'ona-ibodatxonasi, Fir'avn Ramzes Abidosda
Osiris ibodatxonasini qurgan. Nubiyada qoya toshda Abu-Simbel ibodatxonasi
(balandligi 33 m., kengligi 38 m., uzunligi 65 m.) bunyod qilinadi. Bundan tashqari
bu yerda Ramzes II ning balandligi 24 metr bo'lgan haykali va uning oyog'i ostida
bolalarining 200 ta haykallari barpo qilingan.
Bu davrda Misr madaniyatining taraqqiyoti uchun qulay
ichki
va tashqi
imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakat ishlab shiqaruvshi kuchlaming rivojlanishi ichki
va tashqi savdoning rivojlanishiga sabab bo’lgan.Yangi savdo aloqasi tobora
kengaygan.
Suriyaning ayrim viloyatlari bilan Misming savdo aloqalari
mustahkamlangan. Misrliklar bu hududdan
qishloq xo’jalik mahsulotlari: don,
sharob,asal hamda shorva mollari olib kelganlar. Livandan binokorlik yog'ochlari
keltirilgan. Misrga Suriya orqali uzoq mamlakatlardan, xett davlatidan Egey
dengizlaridagi orollardan va Mesopotamiyadan juda ko’plab mahsulot olib kelingan.
Suriya bilan savdo-sotiq ishlari quruqlikdagi yo'llar orqali ham olib borilgan.Bu
davrda misrliklaming dengiz floti bo’lgan va shuning uchun ular mahsulotlami
Suriyadan yelkanli kemalarda olib kelganlar. Suriyadan keyin Misr savdosining eng
muhim tayansh nuqtalaridan biri Bobil shahri bo’lgan.
Bu davrda misrliklar bir qator yangi mamlakatlarga: Kipr, Kichik Osiyo,
Mesopatamiyaga savdo ekspedisiyalari va istilochilik niyatida qo’shin yuborganlar.
Bu vaqtga kelib Sinaydagi mis konlari xom ashyosi tugay deb qolganligi sababli
misrliklar o’zlariga zarur bo’lgan misning yangi manbalarini qidirishga majbur
bo’lganlar. Yangi podsholik davrida misrliklar o’zlariga zarur bo’lgan misni Kipr
orolidan olib kelganlar. Kipr oroli qadim zamonlardan o’zining juda katta mis konlari
bilan ham nom chiqargan. O'sha vaqtdan saqlanib qolgan ba'zi hujjatlarda Kipr
orolidan Misrga juda ko’plab mis yuborilgani haqida malumot beriladi. Masalan:
Kipr podshosi Misr fir'avniga bunday deb yozgan: «Men senga 500 talant (150000
kg) mis yubordim. Men buni birodarimga sovg'a qilib yubordim. Birodar misning
kamligini ko'nglingga olma. Mening mamlakatimda egam Nergalning qo’li (vabo)
mamlakatimdagi odamlaming hammasini qirib yubordi. Endi misni tayyorlaydigan
hech kirn yo’q» degan misralami o’qishimiz mumrin.
Bu davrda Kichik
Osiyodan, xususan uning xettlar joylashgan
sharqiy
viloyatlaridan Misrga temir keltirilgan. Temir o'sha vaqtlarda Misrda nodir
hisoblangan.
Misr savdosi shimoli-sharqqa Mesopotamiya viloyatlariga kirib borgan.
Ikki daryo oralig'ining shimoli-g'arbida joylashgan Mitanni davlatidan jez, lojuvard,
gazmol, kiyim-kechak, moy, jang aravalari, otlar va qullar olib kelingan. Misrliklar
Bobildan ham xuddi shunday tovarlar ya’ni kumush, yog'ochdan tortib oltin va fil
suyagi bilan bezatilgan qimmatbaho buyumlar keltirganlar. Misr bilan Osuriya
o’rtasida ham savdo aloqalari o’matilgan. Yozma manbalardagi ma'lumotlarga
qaraganda misrliklar Osuriyadan jang aravalari, otlar va lojuvard keltirganlar.
Misrliklar Old Osiyodan
olgan mahsulotlari evaziga bu mamlakatlarga asosan
~ 143 ~
quyma oltin yoki tilla buyumlar, fil suyagi yoki lojuvard bilan bezatilgan buyumlar,
gazmol, kiyim-kechak, asosan qimmatbaho metallar yuborganlar.
Yunon dostonlaridan biri «Iliada»da Misming Fiva shahrining 100 ta eshigi
bo’lib, har bir eshigidan ot mingan va jang aravasi haydagan 20 ta botir yonma-yon
bir qator tizilib, bemalol chiqib ketishi mumkinligi aytiladi.Yunon
xudosi
Apollonning oldingi haykallari gavdasining old tomoni va shu davrdagi boshqa
haykallarga xos kulib turish jihatdan Misr haykallariga xususan, Sais davri
haykallariga juda mosdir. Yunonlarning Misrga kelishiga keng yo'l ochgan Sais
fir’avnlari yunon madaniyatiga ham Misr darvozalarini ochib berganlar.
Yunon rassomlari, hunarmandlari o’zlari ishlagan buyumlari, san’at asarlari
bilan Mismi to’ldirib yuborganlar. Hunarmandchilik ayniqsa, Navkratisda avj olgan.
San’atdagi badliy realizm er.aw.VI asrda o’zining yuqori cho’qqisiga yetgan.
Misming shu zamonga xos o’ymakor rasmlarida rassom odam gavdasini yon
tomonini tasvirlab, yuza qismiga odamlar va buyumlarni erkin joylashtirgan. Misr
madaniyati Old Osiyo o’lkalariga asosan, Falastin, Finikiya va Suriyaga hattoki, Kipr
oroligacha yetgan. Finikiya va Falastin hududlaridan misrliklar san'atidan dalolat
beradigan ko’pgina madaniy yodgorliklar topilgan. Finikiyaga Misr xudolarining
xususan, Tot, Ptax, Xatxor, Gor va asosan, Osiris xudolarining ta'siri kuchli bo’lgan.
Aytishlaricha xudo Osirisning jasadi solingan tobutni yoki uning boshini dengiz
to'lqinlari, Bobil shahri devoriga olib kelib qo’ygan emish, Qadimgi yahudiylaming
«Tavrot»ida to’plangan dunyoviy va diniy manbalarda qadimgi Misming ta'siri
g'oyat kuchlidir. Aton sha'niga aytilgan bir madhiya Dovud surasidagi oyatlardan
biriga o'xshaydi. Misrliklaming lirikasi tavrotdagi «Qo’shiqlar qo’shig'i» ga yaqin
keladi. Misrliklaming «Nasihatnomalari va Karomatlari» Tavrot adabiyotidagi unga
o’xshash asarlarda aks etgan.
Misming qadimgi madaniyati yunon
qabilalarining
endigina yuzaga
kelayotgan yosh madaniyatiga juda kuchli
ta’sir ko’rsatgan. Yunonlar Misr
kohinlarining qadimgi donishmandligiga, Misrdagi dabdabali ibodatxonaiari
tilsimlariga va zeb-ziynatlariga maftun edilar.
Yunon dostonlaridan biri «Iliada»da Misming Fiva shahrining 100 ta eshigi
bo’lib, har bir eshikdan ot mingan va jang aravasi haydagan 20 ta botir yonma-yon
bir qator tizilib, bemalol shiqib ketishi mumkinligi aytiladi.Yunon
xudosi
Apollonning oldingi haykallari gavdasining old tomoni va shu davrdagi boshqa
haykallarga xos kulib turish jihatdan Misr haykallariga xususan, Sais davri
haykallariga juda mosdir. Yunonlarning Misrga kelishiga keng yo'l ochgan Sais
fir’avnlari yunon madaniyatiga ham Misr darvozalarini ochib berganlar.
Yunon rassomlari, hunarmandlari o’zlari ishlagan buyumlari, san’at asarlari
bilan Mismi to’ldirib yuborganlar. Hunarmandchilik ayniqsa, Navkratisda avj olgan.
San’atdagi badiiy realizm er.aw.VI asrda o’zining yuqori cho'qqisiga yetgan.
Misming shu zamonga xos o’ymakor rasmlarida rassom odam gavdasini yon
tomonini tasvirlab, yuza qismiga odamlar va buyumlarni erkin joylashtirgan. Bu
davrda Misrda portret haykaltarochligi badiiy jihatdan yuksak rivojlangan. Imxotep
haykalining bosh qismi va kohin haykalining yashil shiferdan yasalgan bosh qismi
portret haykaltaroshligining eng nodir namunalaridan hisoblanadi.
~ I44~
Shu davrda Misrda boshqa diniy e'tiqodlaming kirib kelishi ham keng quloch
yoygan. Masalan,
Misrga Xanaandan otashkada qurbonlik-kuydirish odati kirib
kelgan. Finikiyalik va yahudiy kolonistlar Misrda o’z xudolariga atab ibodatxonalar
qurganlar. Bulaming hammasi ba'zi bir jihatdan misrliklaming diniy e'tiqodlarini
o’zgaririshiga olib kelgan. Misrda liviyaliklar hukmronlik qilgan davrdan boshlab,
liviyaliklaming qadimgi ma'budasi Neyt qulti kuchayib, liviyalik podsholar va
ulaming vorislari Saisda o’mashib qolgan XXVI sulola fir'avnlari bu ma'budani
izzatlaganlar. Soqolli, pakana xudo Besga sig’inish Misrda so’nggi vaqtlarda keng
yoyilib, to xristianlik davrigacha saqlangan.
Misr bilan qo’shni davlatlar o’rtasida o’zaro madaniy aloqalar chuqurlashib
borayotgan davrda Misr davlati asta-sekin holdan ketib kuchsizlanib borgan. Bu holat
Misrga chet elliklami kirib kelishi, ulami ta'sirining kuchli to’lqini ichida Misr
madaniyatining singib ketishi tufayli, uning qadimgi dini va an'analari unutilib
yuborilishi Misr tushkunlikka qarab ketmoqda degan fikrni tug’dirdi. Xuddi shu
davrda Sais sulolasi vaqtida chet elliklar ta'siriga qarshi kurash boshlangan. Misrning
ilk gullagan davridagi qadimgi davlat ko’rinishlarini, shu davrdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |