O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti Biologiya Fakulteti



Download 0,53 Mb.
bet1/3
Sana04.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#739244
  1   2   3
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
TA’LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti
Biologiya Fakulteti
Mikrobiologiya va virusologiya fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Mikroorganizmlardan zarur moddalar sintezlab olish.
Bajardi : Abduraimov Samandar
Qabul qildi: Alimov.J

Mavzu: : Mikroorganizmlardan zarur moddalar sintezlab olish.
Reja:
I . Mikrobiologya sanoati.
II. Mikroorganizmlarda sintezlanadigan ferment va vitaminlar.
III. Mikroorganizmlarda sintezlanadigan aminokislotalar.
.Xulosa


I. Mikrobiologya sanoati.
Mikrobiologiya sanoati - sanoat tarmogʻi; ishlab chiqarish jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gazuglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch) dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va boshqalarning donini sanoatda qayta ishlash chigitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi. Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan bakteriyali va virusli lre-paratlar, bakteriyali oʻgʻitlar, shunin-gdek, oʻsimlik xom ashyosini kompleks qayta ishlash mahsulotlari — furfurol, ksilit va boshqa ishlab chiqaradi. Mikrobiologiya sanoati fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va mikrobiologiya texnikasi, kimyo, fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va boshqalarning eng yangi yutuqlariga tayanadi. Mikroorganizmlarga xos boʻlgan moddalarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishlarida yuzaga keladigan ulkan energiyadan qishloq xoʻjaligi va sanoat uchun zarur mahsulotlarni maqsadga muvofiq sintez qiladigan mukam mal muhandislikbiologik sistemalar barpo etilgan. Mikrobiologiya sanoati mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifatli aralash yem ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yemga qoʻshilgan 1 t yem achitqi tirik vaznda qoʻshimcha 1,5—2 t parranda goʻshti yoki 15—25 ming dona tuxum olishni taʼminlaydi va 3,5—5 t donni tejash imkoniyatini beradi. Yem achitqilari bilan birga ratsionda yetishmaydigan vitaminlar va aminokislotalar, yem antibiotiklari, fermentli preparatlar mollarning ozuqa ratsioniga qoʻshiladi.

Mikrobli va virusli insektitsidlar odamlar, foydali hayvonlar va hasharotlar uchun xavfsiz hisoblanadi. Fermentli preparatlar qishloq xoʻjaligi xom ashyolariga ishlov berishda bir qator texnologik jarayonlarni ancha tezlashtiradi, oziq-ovqat, goʻsht, sut sanoati, yengil sanoatda mahsulot chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Fermentli preparatlar, shuningdek, kimyo va qora metallurgiya sanoatida, sanoat va kommunal oqova suvlarini tozalash tizimlarida qoʻllaniladi. Mikrobiologiya sanoati mahsuloti boʻlgan lizin, fermentli va oqsilli preparatlar non va non mahsulotlarini, oziq-ovqat kotsentratlarini oqsil bilan boyitish, ularning ozuqalik qimmatini oshirishda foydalaniladi. Mikrobiologiya sanoati imkoniyatlari beqiyos.Ularning yana bir tarmog'i o'simlik qoldiqlaridan (shox-shabba, g'o'zapoya, makkajo'xori poyasi, somon va hokazo.) shakar va uning o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdir.Olimlarning tajriba-sanoat sinovlari va hisoblarining ko'rsatishicha, bir tonna quruq yog'ochdan 450-500 kg ga etkazib shakar yoki bir kubometr zichlangan yog'och qipig'i daraxt parchalari va o'tinidan esa 180-200 kg gacha shakar olish mumkin.Olingan toza shakar moddasi mikrobiologiya sanoati uchun oqsil moddalari achitqilar,vitaminlar, spirt va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarishga yaroqli bo'ladi.


Xuddi shu yo'l bilan glyukoza ishlab chiqarish mumkin.Buning uchun o'simlikning sellyuloza saqlovchi qoldiqlari kimyoviy yoki fermentativ ishlov beriladi va natijada 55% glyukoza va 45% fruktoza dan iborat aralashma olish mumkin.
Bunday aralashma shirinligi bo'yicha biz odatlangan saxarozaga tenglashib sanoat yo'li bilan olinadigan lavlagi shakari o'rnini almashtirishi mumkin.Agar saxarozaning shirinlik darajasi birlik sifatida olinsa, u holda glyukoza shirinligi 0,7 va fruktoza niki 1.2-1.3 ga teng.
Mikrobiologiya sanoatida glyukozaizomerazaning kashf etilishi va uning keng qo'llanishi shakarli moddalar ishlab chiqarish yo'lida katta burilish buldi.Immobilizatsiya qilingan bu ferment yordamida AQSH, Yaponiya ,Daniya, Finlyandiya kabi bir qator mamlakatlarda qand lavlagidan emas, balki ancha arzon va yetarli bo'lgan xomashyo makkajo'xori donidan millionlab tonna shakarli oziqa mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.Keyingi yillarda bu moddaga bo'lgan talab anchagina ortdi.Masalan AQSH da 15ming tonna shu ferment ishlab chiqarilgan holda 1985 yilda bu fermentga bo'lgan talab 65 ming tonnaga yetgan edi.
G'arbiy Afrikada ikkita o'simlik -tavmotokokk daniels va dioskoreofill kammins o'sadi ularning mevasi nihoyatda shirinligi bilan kishini uziga rom etadi.Biokimyogarlar aniqlashicha ular bu xususiyati monellin degan oqsil moddasiga asoslangan ekan.Bu o'simlik lar shakarqamishdan olinadigan o'simlikka nisabatan 1600 va 2500 marta shirin ekan.
Mikrobilogiya sanoatining rivoji bugungi kunda o'ta xavfli hisoblanadigan bir qator kasalliklar oldini olish va ularni davolashning samarali yangicha qudratli manbaiga aylanmoqda.Bulardan biri yuqumli kasalliklardan bir xalq orasida tarqalgan grippdir.Gripp (1918-1921 yillarda ispanka ).
1957-yil martda gripp pandemiyasi Xitoyda paydo bo'ldi va aprelda qo'shni xududlarga ham tarqaldi.
Gripp oldini olishning samarali yo'llaridan biri - oliy sifatli konsentrlangan interferon ni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni uzlashtirishdir.Avvalari intetferon donor qonidan olinar va ancha qimmatga tushardi.Hozirga davrda interferon ishlab chiqarish uchun javobgar genni bakteriyalarga utkazish orqali bakterial interferon ishlab chiqarildi va bir qator davlatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.Olimlar interferon sintez qiluvchi odam genini achitqi hujayrasi xromasomalariga kiritishga muvaffaq buldilar va bu mikrob hujayrasi interferon ishlab chiqara boshladi.
Interferonga bo'lgan talab ortib, uni qo'llashning yangi yo'nalishlari aniqlanmoqda.Xususan xavfli o'simtalarni davolashda ham umidli natijalar olinmodqa.Professor G.D.Zasuxina rahbarligida mutaxasisslar interferonning organizm hujayrasining uzgarishiga olib keluvchi ayrim kuchli mutagen moddalar hamda xavfli o'simtalarni vujudga keltiruvchi kanserogen moddalardan himoya qilish qobiliyatini aniqladilar.Hozirgi paytda chorva mollarining quturish va boshqa bir qator virusli kasalliklarga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish texnologiyalari ham yaratilgan va amalda ishlatilmoqda. Mikroorganizmlarning xayratlanarli xususiyatlaridan biri-ularning inson miyasi oligopeptidlarini (yoki neyropeptidlarini ) ya'ni uncha katta bo'lmagan miqdordagi aminokislotalardan iborat molekulalarni sintez qilish imkoniyatlaridir.Oligopeptidlar nerv tolalaridan ajraladigan hujayralar aro va to'qimalar aro signalizator rolidagi hujayralar faolligini boshqarib turadigan fiziologik moddalar bulib ularning dastlabki 50 dan ortiqrog'ining birlamchi tuzilishi o'rganilgan.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish