O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti



Download 195,06 Kb.
bet3/6
Sana14.06.2022
Hajmi195,06 Kb.
#670807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston Res-WPS Office 190522150145

Ijro etuvchi hokimiyat organi
Ijro etuvchi hokimiyat organi – davlatning kollegial yoki yakkaboshchilik asosidagi organi. Davlat faoliyatining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish, davlat va xo’jalik-madaniy qurilishi sohalari va tarmoqlarini boshqarishni tashkil etish, bu maqsadda farmoyish berish bilan bog’liq turini amalga oshiradi. Ijro etuvchi hokimiyat organi umumiy vakolatli organlarga hamda maxsus vakolatli organlarga bo’linadi. Umumiy vakolatli organlar ijro etish faoliyatining barcha yoki aksariyat masalalarini hal qiladi (masalan, hukumat, viloyat ma’muriyati va b.). Maxsus vakolatli organlar alohida sohalar va tarmoqlarni boshqaradi (masalan, vazirlik, departament va b.). Ularning tarmoq (boshqaruvning muayyan tarmoqlariga rahbarlik qiladigan) hamda tarmoqlararo (tarmoqlararo boshqaruv, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tartibga solish vazifalarini amalga oshiradigan) turlari farqlanadi.
Ijro etuvchi hokimiyat (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, joylardagi hokimiyat organlari — hokimiyatlar, huquqni himoya qiluvchi organlar) — Oliy Majlisga hisob beradi. Hukumat (Vazirlar Mahkamasi) byudjet mablag’larini rejali ishlatish, milliy iqtisodiyotning holati, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatning natijalariga javob beradi. Huquqni himoya qiluvchi organlar chiqarilgan qonunlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ijroiya hokimiyatning barcha harakatlari amaldagi qonunlar doirasida bo’lishi lozim.O’zbekiston Respublikasida hukumat – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyatining oliy ijrochi va boshqaruvchi organi hisoblanadi. U iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko’rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlik qiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda Ijro etuvchi hokimiyat organini hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi.

IJRO ETUVCHI ORGANLARI – O’zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organlarining umumlashtirilgan nomi. Mazkur organlar tizimiga vazirliklar, davlat qo’mitalari, xizmatlar, agentliklar kiradi.


O’zbekiston Respublikasi vazirligi – belgilangan faoliyat sohasida davlat siyosatini va boshqaruvni amalga oshiruvchi, shuningdek mazkur sohadagi boshqa Ijro etuvchi hokimiyat organining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ijro etuvchi hokimiyat organi vazirlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiruvchi O’zbekiston Respublikasi vaziri boshqaradi.
Davlat qo’mitasi – o’z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan kollegial asosda tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi, shuningdek ma’lum faoliyat sohasida qo’yilgan vazifalarni tartibga soluvchi Ijro etuvchi hokimiyat organi Davlat qo’mitasini rais boshqaradi.
Xizmat, agentlik – belgilangan sohalarda maxsus (ijro etish, nazorat, ruxsat berish, tartibga solish va b.) vazifalarni amalga oshiruvchi Ijro etuvchi hokimiyat organi

Ijro etuvchi hokimiyat organini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Vazir, davlat qo’mitasi raisi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.Mamlakatimizda davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda «Murakkab o‘tish davrida qabul qilingan qonunlarning amalda bajarilishini ta’minlay oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu maqsadda tub ma’muriy islohotlar amalga oshirildi».1992 yil 8 dekabrda Konstitutsiyamiz qabul qilindi va hukumat, uning tarkibi, tarkibiy tuzilmalari, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi faoliyatining huquqiy asoslari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonun bilan mustahkamlandi.Konstitutsiyamizga kiritilgan 2003 yil 24 apreldagi o‘zgartishlar asosida hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunning 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan yangi tahririda Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oid qoidalar yanada aniqlashtirildi. Uning natijasida Vazirlar Mahkamasining tarkibi ixchamlashtirildi hamda hukumat a’zolarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’uliyati oshirildi.


2007 yilda Konstitutsiyamiz Prezident davlat boshlig‘i ekanini va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashini belgilaydigan normalar bilan to‘ldirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i sifatidagi funksiya va vakolatlari saqlab qolindi.«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi bilan hukumat hamda Bosh vazirning ijro hokimiyatini amalga oshirishdagi o‘rni va mas’uliyati oshirildi, shu sababli ularning huquqiy maqomi mazmunan kengayib, yangi bosqichga ko‘tarildi.

Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini aniqlashtirish hamda davlat boshqaruvida uning rolini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qonun mohiyat e’tibori bilan rahbar xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, davlat boshqaruvi organlari hay’atlari tarkibini aniqlash masalalarini hal etish va bu ishlarni takomillashtirish, tezkorlikni oshirishga qaratilgan.


Amaldagi qonunga muvofiq, vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda davlat boshqaruvi organlari bo‘lmish agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, inspeksiyalarning rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari belgilangan tartibda kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi rolining kuchayishi va davlat boshqaruvining qator organlari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish, shuningdek, bu organlar hay’atlari a’zolarini tasdiqlashga oid aniqlik kiritilishi bilan bog‘liqdir. Qonunga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasiga quyidagi holatlarni mustahkamlovchi tegishli o‘zgartishlar kiritildi:
Birinchidan, amaldagi qonunning 6-moddasi to‘rtinchi qismida «Vazirlarning va davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi» belgilab qo‘yildi. Mazkur o‘zgartishning amaldagi Qonun normasidan farqi shundaki, yangi Qonunda tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbar xodimlari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish bilan bog‘liq holatlarning qonun hujjatlarida boshqacha tartibi bo‘lishi mumkinligi ham nazarda tutilmoqda. Amaldagi normada esa vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi mustahkamlangan edi.
Ikkinchidan, «Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlashi» belgilandi. Va nihoyat, davlat boshqaruv organlari hay’atlarining a’zolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruvlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi deb mustahkamlab qo‘yildi.
Rahbar kadrlar va ularning o‘rinbosarlarini tanlash va lavozimga qo‘yishni takomillashtirishga qaratilgan ushbu Qonunning qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda mas’uliyatni kuchaytiradi hamda ijro etuvchi hokimiyatning barcha bo‘g‘inlaridagi rahbar xodimlar va kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berishni taqozo etadi.
Ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy asoslari o’zbekiston respublikasi konstitusiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan. Ijro etuvchi hokimiyat davlat hokimiyatini amalga oshirishning bir shakli bo’lganligi uchun uni tashkil etishning asosiy qoidalari konstitusiyada belgilangandir. Konstitusiyaning 91-moddasi 8-bandiga asosan o’zbekiston prezidentlik respublikasidir, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishga prezident boshchilik qiladi.
1991 yilning 29 dekabrdagi referendumda o’zbekiston xalqi mamlakatimizning mustaqil rivoji uchun ovoz berdi va tariximizda ilk marotaba bevosita, umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo’li bilan respublika prezidentini sayladi.
O’zbekiston respublikasi konstitusiyasi prezident hokimiyatini ancha mustahkamladi. Konstitusiyaning 89-moddasiga muvofiq, o’zbekiston respublikasi prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i, ayni paytda vazirlar mahkamasining raisi hamdir. Prezident davlatning bosh arbobi, millatning ramzi, fuqarolar xavfsizligining kafolatidir. Konstitusiyaning 90-moddasiga binoan respublika prezidenti o’zbekiston respublikasi fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Asosiy qonunga ko’ra, bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq o’zbekiston respublikasining prezidenti bo’lishi mumkin emas.

Download 195,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish