Ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan proyeksiyalovchi tekislikning kesishgan chizig’ini topish.
Ikki to’g’ri chiziq o’zaro bir to’g’ri chiziq bo’yicha kesishadi. To’g’ri chiziqning vaziyatini uning ikki nuqtasi aniqlashini oldindan bilamiz. Shunga ko’ra ikki tekislikning kesishgan to’g’ri chizig’ini topish uchun shu chiziqning ikki nuqtasini topish kifoyadir. Proyeksiyalovchi tekislik bilan ixtiyoriy vaziyatdagi tekislikning o’zaro kesishish chizig’ini topish uchun proyeksiyalovchi tekislik bilan ixtiyoriy vaziyatdagi tekislikning har qanday ikki to’g’ri chizig’ining kesishgan nuqtalarini topib, ular o’zaro birlashtiriladi. 3-shakl, a va b da kesishuvchi ikki to’g’ri chiziq bilan berilgan F tekislikning proyeksiyalovchi G tekislik bilan o’zaro kesishish chizig’ining topilishi fazoviy tasvirda ko’rsatilgan. Avvalo a va b to’g’ri chiziqlarning G tekislik bilan kesishgan M va N nuqtalari aniqlab olinadi. So’ngra bu nuqtalar o’zaro birlashtiriladi. MN chiziq F (ab) va G tekisliklarning kesishish chizig’idir. Shu masalaning epyurda yechilishi 4-shaklda ko’rsatilgan. Bunda G1, G2 tekislik frontal proyeksiyalovchi tekislikdir. Shunga ko’ra A1B1C1, A2B2C2 ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan bu tekislik kesishish chizig’ining frontal proyeksiyasi G2 da bo’ladi (proyeksiyalovchi tekisliklarning xususiyatiga asosan). Shuning uchun, A2B2 A2 va C2 larning G2 bilan kesishgan M2 va N2 nuqtalarini topamiz, so’ngra M1 va N1 nuqtalarni aniqlab, ularni o’zaro birlashtiramiz. Hosil bo’lgan M1N1, M2N2 to’g’ri chiziq berilgan tekisliklarning o’zaro kesishgan chizig’idir. 5-shakl, a da ixtiyoriy vaziyatdagi (12) tekislik bilan gorizontal proyeksiyalovchi F tekislikning o’zaro kesishish chizig’i ko’rsatilgan. Bu yerda EK tekisliklarning kesishish chizig’idir. K nuqta F2 va 2 larning kesishish nuqtasi, Ye nuqta esa F1 va 1 larning o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan nuqtasidir. 5-shakl, b da F va tekisliklarning kesishish chizig’ining topilishi epyurda ko’rsatilgan. E1K1, E2K2 chiziq izlanayotgan chiziqning proyeksiyalaridir. Proyeksiyalovchi tekisliklarning xususiyatiga asosan kesishgan chiziqning gorizontal E1K1 proyeksiyasi F1 bilan bir joyda bo’ladi.
3. To’g’ri chiziqning ixtiyoriy vaziyatda joylashgan tekislik bilan kesishgan nuqtasini topish. Agar to’g’ri chiziq tekislikka tegishli yoki parallel bo’lmasa, ular o’zaro kesishishadi. Ularning kesishgan nuqtalarini topish masalasi chizma geometriya kursida asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki bunday masalalarni yechish tizimi bo’yicha turli masalalarni, ya’ni to’g’ri chiziq bilan tekisliklarni kesishgan nuqtasini, to’g’ri chiziq bilan sirtlarni kesishgan nuqtalarini va sirtlarni o’zaro kesishgan chizig’ini va shunga o’xshash masalalarni yechishda foydalaniladi.
Ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan to’g’ri chiziqni kesishgan nuqtasini topish uchun yordamchi kesuvchi tekisliklardan foydalaniladi. Agar yordamchi tekislik proyeksiyalovchi bo’lsa masala osonlik bilan yechiladi.
6-shaklda d to’g’ri chiziq bilan (ab), ixtiyoriy vaziyatdagi tekislikning kesishish nuqtasini topish tizimi ko’rsatilgan.
1. Berilgan d to’g’ri chiziq orqali yordamchi proyeksiyalovchi F tekislik o’tkaziladi, ya’ni (FdF1)(d1F1).
2.Berilgan tekislik bilan yordamchi o’tkazilgan F tekisliklarning kesishishgan chizig’i q topiladi.
Bu chiziq, tekislikni ifodalovchi a va b kesishuvchi to’g’ri chiziqlarning F tekislik bilan kesishgan M va N nuqtalari orqali o’tadi, ya’ni: M=bF; N=a< demak, q=
3. Berilgan d to’g’ri chiziq bilan va tekisliklarning kesishishgan chizig’i q ning kesishgan nuqtasi K aniqlanadi, ya’ni: K=qd.
K nuqta d to’g’ri chiziq va tekislik uchun umumiy bo’lib, izlanayotgan nuqtadir.
7-shaklda yuqoridagi masalaning epyurda yechilishi berilgan. Buning uchun:
1. D1d2 to’g’ri chitziq orqali 1,2 tekislik o’tkaziladi.
2. O’tkazilgan tekislik bilan berilgan tekisliklarni kesishgan (M1, M2 va N1 N2 nuqtalar orqali o’tuvchi) q (q1, q2) chizig’i topiladi. Bu yerda q=F, ya’ni:
a1F1=N1; N2a2
b1F1=M1; M2a2
3. Topilgan q (q1, q2) chiziq bilan d (d1, d2) chiziqlar kesishgan K(K1, K2) nuqtasi belgilanadi. Shu nuqta izlanayotgan nuqta bo’ladi, ya’ni
q2d2=K2; K1q1
K(K1K2)=d(d1d2)
(ab); K=dq
4. Ixtiyoriy vaziyatda joylashgan ikki tekislikning kesishish chizig’ini topish. Ikki to’g’ri chiziqning o’zaro kesishgan chizig’i to’g’ri chiziqdan iborat bo’lib, bu to’g’ri chiziqni topish uchun uning ikki nuqtasini yoki bitta nuqtasi bilan uning yo’nalishini topish yetarlidir. Ixtiyoriy vaziyatdagi tekisliklarning o’zaro kesishish chizig’ini topish uchun shu tekisliklarni kesib o’tuvchi yordamchi tekisliklardan foydalaniladi. Yordamchi tekisliklarni proyeksiyalovchi qilib olinsa masala osonlik bilan yechiladi.
Bu masalani yechilish tartibi quyidagicha bo’ladi (8-shakl):
1. Berilgan har ikki tekislikni kesuvchi 1 tekislik o’tkaziladi.
2. O’tkazilgan yordamchi tekislik bilan berilgan (G va F) tekisliklarning keishgan chiziqlari (12,34) aniqlanadi, ya’ni, 1G=K1
1G=1,2VK1
1F=t1V3,4
3. Aniqlangan K1 va t1 chiziqlarning kesishgan M nuqtasi topiladi, ya’ni k1t1=M.
4. Ikkinchi yordamchi kesuvchi 1 tekislik o’tkaziladi.
5. 2 tekislik bilan G va tekisliklarning kesishgan k2 va t2 chiziqlari topiladi, ya’ni:
2G=K2V 5,6; 2=t2V 7,8.
6. K2 va t2 chiziqlarning kesishgan N nuqtasi belgilanadi, ya’ni
k2t2=N
7. Topilgan M va N nuqtalarni o’zaro tutashtirilsa, izlanayotgan chiziq l ga ega bo’linadi, L=(MN)
Ikki to’g’ri chiziq fazoda kesishgan, parallel, uchrashmas (ayqash) holarlarda bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |