Adabiyot:A1, A5, A9, A15, A29, A34, A60,I-1,I-8........ 18.1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistonga ta’siri. Muvaqqat xukumat faoliyati. Milliy siyosiy partiyalarning faollashuvi.Bol’shevizmning soxta va’dalari va xayoliy tuzumi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blis, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara,o’z-o’zini nazorat.“Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Rezyume”, “Blis-o’yin”, FSMU, “Agar men…”, “Muammo”, 3x4, “Loyiha”, “Labirint”, “Charxpalak”, 3 ta B, “Qora quti”, “Insert”, “Burchaklar”, “5-si ortiqcha”, “Kalit so’zlar”, “Skrabey”, “Sinkveyn” Adabiyot:A1, A5, A9, A15, A29, A34, A60,I-1,I-8........
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni. “O’zbekiston tarixi” buyicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar va konspekt qiladilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu buyicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash seminar mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“O’zbekiston tarixi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 31ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.