O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Gap – kommunikativ birlik sifatida



Download 252 Kb.
bet4/17
Sana03.05.2023
Hajmi252 Kb.
#934608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi to

Gap – kommunikativ birlik sifatida.

Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iboratdir. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo`ladi. Gap - kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko`rinishidir. Gap so`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanaladi.
Kishi ongida fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Bu fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchalardan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchalarning formasi sanalgan so`z va so`z birikmalardan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari so`z birikmalaridir.
Tilning asosiy vazifasi odamlarning bir-birlarini tushunishlari va gaplashishlarida vosita bo`lib xizmat qilishdir. Axborot uzatish va qabul qilish vositasi bo`lish - tilning kammunikativ mohiyatidir.
Kommunikatsiya jarayoni jamoani taqozo qiladi. Aniqrog`i, muayyan tilda axborot uzatish va qabul qilish Shu tilda so`zlashish malakasiga ega kishilarni taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat beradi. Gap sintaktik yaxlitlik bo`lib, bu uning grammatik shakllanganligi tarkibiy uzvlari bir butinlik holiga kelganligi bilan izohlanadi. Demak, gapda bir necha jihat birlashgan bo`ladi. Birinchi jihat gapning moddiy qobig`i bo`lib, bu uni tashkil etuvchi so`z va grammatik shakllardir. Masalan, har qanday gapda kesimlik ko`rsatgichlari bilan shakllangan atov birligi (kesim) ning bo`lishi shart. Ikkinchi jihat ana Shu moddiy qobiqqa singdirilgan aqliy mahsul - fikr - axborotdir. Uchinchi jihat esa so`zlovchining voqelikka munosabati - hissiy holatidir. Bu uch jihat tildagi triada (uchlik)ni - sintaktika, semantika va pragmatika birligini tashkil etadi.
Ma‘lum bo`ladiki, gap kommunikativ birlik sifatida o`zida fikriy (semantik) va hissiy (pragmatik) kommunikatsiyani tashiydi. Bu barcha gaplar mutlaq ham fikriy, ham hissiy kommunikatsiyaning birligidan iboratdir degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Chunki ayrim gaplarda hissiy munosabat sezilarsiz bo`lsa, ayrimlarida sof hissiy kommunikatsiyagina mavjud bo`ladi (Oh! Voy!). His-tuyg`ularni ifodalashda tildan boshqa vositalar (musiqa, raqs, imo-ishora) mavjudligi ham hissiy kommunitsiyaning nisbiy mustaqilligini ko`rsatadi.
Gap, avvalo, sintaktik tugallangan qurilma ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu u orqali ifodalanayotgan fikrning nisbatan tugallanganligi bilan belgilanadi. Sintaktik tugallanganlik gapning kesimlik ko`rsatgichlari bilan shakllanganligi va tugal ohangga egaligidir. Gap kesimga ega bo`lmasdan tugal fikr ifoda eta olmaydi. Masalan, Chiroyli kitob birikuvida so`zlovchi nazarda tutgan axborot yuzaga chiqmagan, Chunki uning kitob haqida nima demoqchiligi ham aytilmagan. Shu bois mazkur qurilma fikrni ifodalaydigan qurilmaning asosiy shakli - kesimlikdan holi. To`g`ri, Chiroyli kitob birikmasida kitobning xususiyati haqida axborot bordek tuyuladi. Ammo u so`zlovchining asosiy maqsadi bo`lgan axborot emas. U ikkinchi darajali axborot bo`lib, asosiy planda gapning yakunidan anglashiladigan kitobning, deylik, borligi, sotilganligi yoxud yo`qolganligi haqidagi axborot yotadi. Demak, gapdan anglashilgan fikr deyilganda, undagi asosiy axborot tushuniladi. Boshqa yordamchi, asosiy bo`lmagan axborotlar uning yuzaga chiqishida vosita bo`lib xizmat qiladi. (To`liqsiz gaplarda sintaktik tugallik bo`lmasa, ham, fikr anglashaveradi. Ulardagi sintaktik tugallik kontekstdan yoki nutq vaziyatidan ma‘lum bo`lib turadi). Sintaktik tugallik sintaktik o`rin bilan ajralmas holdadir, Ya‘ni lug`aviy birlik kesimlik shaklida bo`lishining o`zi uni gap sifatida qarashga asos bo`la olmaydi. Masalan, Aytdim deganing nimasi? gapidagi aytdim so`z shakli kesimlik ko`rsatgichlari bilan shakllangan atov birligidir. Lekin u kesimlik o`rni bilan ta‘mnlanmaganligi bois ushbu qurshovda gap maqomiga ega emas. Kesimlik shaklidagi so`z gap bo`lishi uchun kesimlik maqomiga ega bo`lishi kerak. Sintaktik tugallanganlik kesimlik shakli va o`rni bilan belgilanar ekan, bunda tilning yaxlit vujudligi yana bir karra yaqqol namoyon bo`ladi. Til sathlardan iborat. Til yahlit vujud ekan, bu sathlar gapning asosiy vazifasi bo`lgan axborot uzatish va qabul qilish jarayonida butunlik sifatida ishtirk etish lozim. Buni biz gapda ko`ramiz. Gapning sintaktik tugalligi uchun, dastavval, ma‘lum bir mustaqil so`z va kesimlik shakli talab etiladi. O`qidim birligi o`qi leksemasi va -dim kesimlik shakli birikuvidan iborat. Demak, bunda tilning tarkibiy uzvlari - leksik va morfologik sathlarining birlikdagi
harakati ko`zga tashlanadi. Gap, avvalo, leksik va morfologik sathlar birligidir. Aytilganidek, gap uchun bu ikki (lug`aviy va morfologik) omil hamkorligi yetarli emas. Uning uchun sintaksisning xos omili - sintaktik o`rin zarur bo`ladi. Sintaktik o`rin esa qurilmaning o`ziga xos tugal ohang bilan namoyon bo`lishini taqozo qiladi. Bundan ko`rinadiki, fonetik omil sintaktik tugallikka yakun yasaydi. Demak, gapda tilning barcha sathlari - leksik, morfologik, sintaktik va fonetik sathlar yaxlit vujud sifatida namoyon bo`ladi, voqelanadi.
Gapning eng muhim belgisi uning grammatik-intonatsion va fikriy jihatdan bir butunlikka, tugallikka ega boʻlishidir. Fikriy tugallik (nisbiy) gapning mundarija tomonidir. Bu tugallik tilda turli vositalar bilan ifodalanadi. Gapning grammatik-intonatsion xususiyati uning struktura va intonatsiya jihatidan shakllangan boʻlishi – undagi boʻlaklarning, ularning grammatik bogʻlanishining, tartib va intonatsiyaning birligidan, bir butunlik, yaxlitlik hosil qilishidan iboratdir. Grammatik kategoriya boʻlgan gapning xarakterli belgilari predikativlik va intonatsiyadir. Bu belgilar gap tushunchasining asoslaridan boʻlib, gapni shakllantirishning vositalaridir. Gap bu vositalarsiz boʻlmaydi: u grammatik va intonatsion shakllangan boʻlishi shart.
Gap fikrni ifodalaydi, ma’lum maqsadni bayon qiladi. Bu hodisa shu gapdagi fikrning voqelikka, real holatga munosabati, soʻzlovchining shu jihatdan subyektiv munosabati – modallik (reallik, gumon, taxmin, istak kabilar) bilan, zamon va shaxs bilan bogʻlanadi. Misol uchun, Biz planni bajardik gapini olaylik. Bu misol shu gapdan anglashilgan fikrning voqelikka mos kelishini ifodalaydi. – soʻzlovchi bu faktni real deb biladi (modallik), bu natrsa zamon (yuqoridagi misolda: oʻtgan zamon) va shaxs (birinchi shaxs) kategoriyalarini ham oʻz ichiga olgan. Ertaga,balki, yomgʻir yogʻar misolida hodisa taxmin tusida bayon qilingan, bundagi zamon va shaxs ham avvalgidan boshqacha. Demak, predikativlik modallik, zamon va shaxs-son kategoriyalari bilan bogʻliq, shularni oʻz ichiga oladi.


    1. Download 252 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish