Kurs ishining dolzarbligi:Ushbu kurs ishi hozirgi kunda kompyuterda berilgan masalalarni dasturlash tillari orqali yechish va C# dasturlash tilida console application , windows application bo`limlarini o`rganisga olib keladi.
Kurs ishining maqsadi: C# dasturlash tilida hayotimizdagi muammoli vaziyatlarni matematik yechimini topish va ularni dasturlash tilida cosole app va windows app bo`limlaridanfoydalanib dasturini tuzish.
Kurs ishining obyekti:C# dasturlash tilida consola application va windows application bo`limlari.
I BOB Console application bo`limida dasturlar yaratish. 1.1 C# dasturlash tili haqida umumiy tushuncha.
Hozirgi kunda ko`plab dasturlash tillari mavjud. Bu tillar orasidan hozirda dunyoning eng kuchli dasturlash tillaridan biri deb tan olinayotgani C# dasturlash tilidir. Uning Console Application qismida qora oynali muloqot oynasi yaratiladi va shu qora oyna dastur ishga tushganda paydo b`ladi. C# tilining sintaksisi uning C va C++ tillaridan “nusxa” ekanligini bildiradi. Ya`ni C# dasturlash tili C va C++ tillarini asos qilib qurilgan. C# dasturi 90-yillarning oxirida ishlab chiqilib Microsoft .NET ning bir qismiga aylandi. Birinchi versiya sifatida 2000 yildan boshlab ishlatila boshladi .C # dasturlash tili butun dunyo dasturchilari ichida birinchilar qatorida turgan va butun dunyo tomonidan tan olingan dasturlash tilidir. Asoschisi Anders Hejlsberg bo`ldi. Uning 1980 yillarda chiqarilgan Turbo Paskal dasturi orqali ham tanishimiz mumkin. C# bevosita C, C++ va Java bilan bog`liq. Chunki bu uchta til dasturlash olamida eng mashhur tillardir. Bundan tashqari profisanal dasturchilarning juda ko`pi C, C++ va Java tilida ish yuritadi. C# ning kelib chiqishi quyidagicha:
Chizmada C va C++ tillari C# ning asosini tashkil qiladi. Lekin C# va Java o`zaro o`zgacha ravishda bog`langan. Ularning kelib chiqishi C va C++ bo`lsada o`zaro bir biridan farq qiladi. C# tili ham obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillar oilasiga kiradi. VS 2012(Visual Studio) da C# tili yordamida 28 xil loyiha yaratish mumkin.MS VS 2012 da C# tili yordamida 28 xil loyiha yaratish jadvali:
C# tili o`zining interfeysi va sintaksisi uning yuqori sathli dasturlash tillariga kirishiga olib keladi. Uning butun dasturlash tanasi bo`ylab boshqarishni EHM ga topshirishi va faqat bajarilishi lozim bo`lgan shartnigina dasturchi tomonidan yozilishi va shu bilan birga, u tomonidan qo`llaniladigan "aqlli" dasturlash (ya`ni har bir kodning boshlang`ich harfi yoki belgisi kiritilganida u kodning qolgan ismini o`zi namoyish etadi ) ham bu dasturlash tilining keng ommaga ma`qul kelishini ta`minlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |